Telegram Web Link
JUMBOQ

Ayrim yuk avtomobillarida vertolyot tasvirini koʻrish mumkin. Buni haydovchilarning oʻzlari nakleyka koʻrinishida yopishtirib qoʻyishadi. Dastlab vertolyotning ehtiyot qismlarini tashiydigan yuk avtomobillariga yopishtirilgan. Keyinchalik bu nakleyka orqali MDH davlatlaridagi haydovchilar yuk avtomobillari haqidagi bir maʼlumotni berishgan.
Savol: Vertolyot tasviri yopishtirilgan yuk avtomashinasi haqida qanday maʼlumot bergan?

Ushbu savolning javobini bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot
JIDDIY TAHLIL VA TANQIDIY RUHDA
Xalq deputatlari Giliston shahar kengashining navbatdagi sessiyasida shahar IIB boshligʻi, podpolkovnik B. Sayitnazarovning hisoboti tinglandi. Unda shaharda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xafvsizligini taʼminlash, jinoyatchlikka qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Sodir etilgan jinoyatlarning sabablari, oldini olish imkoniyatlari ochiq mihokamaga sabab boʻldi.
Sessiya yakuniga koʻra, ushbu yoʻnalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari belgilab olindi.
Oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
Salbiy oqibati tushuntirildi

Toshkent mintaqasi temir yoʻl TXTB HPB xodimlari tomonidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga qarashli “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” AJ korxonasining ishchi-xizmatchilari oʻrtasida “Onlayn qimor” mavzusida profilaktik yigʻilish tashkilashtirildi. Tadbirda bu oʻyinlar qonunlarimizda taqiqlanganligi boʻyicha tushunchalar berib oʻtildi. Shuningdek, “Onlayn qimor oʻyinlarining salbiy oqibatlari” va “Qimor va tavakkalchilikka asoslangan har qanday oʻyinlar uchun qonunlarimizda javobgarlik belgilangan” mavzusida videoroliklar namoyish etildi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
XODIMALAR “OQSAROY”DA BO‘LISHDI

Buxoro viloyati ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining ish samaradorligini oshirish va maʼnaviy hordiq olishlari maqsadida tez-tez sayohatlar uyushtirilmoqda. Yaqinda ichki ishlar organlarida faoliyat olib boruvchi 30 nafar xodima va 20 nafar farzandlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi “Oqsaroy” majmuasi hamda Miraki dam olish maskaniga sayohat qilishdi.
M.YAKUBOVA,
mayor.
Buxoro viloyati.
БОР МЕҲРИМИЗ СЕНГА, БОЛАЖОН!

1 июнь – Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни муносабати билан Қашқадарё вилояти Ички ишлар бошқармаси соҳавий хизматлари ходимлари вилоят Қон қуйиш марказида беғараз донорлик тадбирида иштирок этишди.
Вилоят Қон қуйиш маркази билан ҳамкорликда “Бор меҳримиз сенга, болажон!” шиори остида ўтказилган тадбирда беғараз қон топшириш кўплаб инсонлар ҳаётини сақлаб қолишга хизмат қилиши айтилди.
Тадбирда донорлар “Адолат” социал-демократик партияси ташаккурномалари билан тақдирланди.
Содиқ РАҲИМОВ,
ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.
“HATSAN” ҳужжатлаштириб олинди
Ички ишлар органлари ходимлари Жиззах шаҳрининг “Зилол” маҳалласида яшовчи З.Ж. “HATSAN” русумли 4,5 калибрли пневматик ов қуролини ноқонуний сақлаб келаётганлигини аниқладилар. Худди шундай, Зомин туманининг “Обиҳаёт” маҳалласида истиқомат қилувчи Д.У.нинг турар жойи кўздан кечирилганида қонунга зид тарзда 4 дона ўқ-дори сақланаётгани маълум бўлди. Ушбу ҳолатлар юзасидан терговга қадар текширув ҳаракатлари амалга оширилмоқда.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.

Жиззах вилояти.
JUMBOQ

Bugungi savolimizga Yasmina ismli o‘quvchimiz birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi. Alimardon Rahmonovich, Ulug‘bek Qurbonov ham javobni to‘g‘ri topgan.

Javob: Vertolyot – soʻzi uchmoq, aylanmoq soʻzlaridan hosil boʻlgan. Вертиться va летать soʻzlaridan. Shuning uchun bu yuk mashinasi ilgari aylanib, agʻdarilib ketganligini bildiradi.
MUAMMONING BEGONASI BOʻLMAYDI
Yangiyer shahar sektor rahbarlarining chet elda mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoshlar bilan onlayn muloqoti boʻlib oʻtdi.
Jumladan, Yangiyer shahar IIBga qarashli mahallalarda istiqomat qiluvchi, ayni paytda xorijda mehnat faoliyati bilan shug’ullanayotgan besh nafar yoshlarni qiynayotgan muammolar tinglandi. Koʻtarilgan masalalar shu joining o’zida yechim topdi.
Oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
Гуллар орасидаги “гул”
Самарқанд шаҳрининг “Фидойилар” маҳалласида яшовчи А.Т. Жиззах вилояти Пахтакор тумани “Тошкент” маҳалласи ҳудудида 15 грамм гашишни 3 миллион 600 минг сўмга сотган вақти ички ишлар органлари ходимлари томонидан ушланди. Худди шундай, Шароф Рашидов туманининг “Хайробод” маҳалласида истиқомат қилувчи Г.А.нинг томорқаси кўздан кечирилганда, гуллар орасида 474 туп кўкнори етиштирилаётгани аниқланди. Ҳар икки ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилган.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.

Жиззах вилояти.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Dunyo_ajoyibotlari
PARFENON QASRI
Parfenon - Yunonistondagi mashur tarixiy obida. U eramizdan avvalgi V-asrda Afina maʼbudasi sharafiga barpo etilgan. Qariyb 26 asrdan beri qad rostlab kelayotgan meʼmoriy durdonaning tarixi oʻta gʻaroyib. Dastlab u qadimgi yunon xudolariga ibodat qilish uchun xizmat qilgan boʻlsa, II-III asrda xristianlik kirib kelishi bilan cherkovga aylantirilgan.
Yunoniston usmoniylar imperiyasi tarkibiga kirtilgach, Patfenondan masjid sifatida foydalanila boshlangan. Ulugʻvor qasr XVII asrgacha bus-butun saqlangan. 1767 yilda italyanlar bilan turklar oʻrtasidagi jangda venetsiyaliklar tomonidan oʻqqa tutiladi. Uning ichiga snaryadlar, porox joylashtirilgach portlab ketadi. Hozirda uchbu majmua yarim xaroba shaklida saqlanib qolgan.
Abdurahmon Mustafoqulov tayyorladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MALAKALI KADRLAR SOHA TAYANCHI
Yaqinda Qurolli Kuchlar Akademiyasi “IIV Qoshinlarini tayyorlash kafedrasi” tomonidan “Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga ofitser kadrlarni tayyorlashda ixtisoslik fanlarining ahamiyati mavzusida respublika ilmiy seminari otkazildi.
Unda IIV Qorovul qoshinlari, Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti Mudofaa vazirligi toifalangan obyektlarini qoriqlash qoshinlari qomondonligi, Chirchiq oliy tank qomondonlik muhandislik bilim yurti shuningdek, Qurolli Kuchlar akademiyasi tinglovchi-kursantlari va boshqalar ishtirok etishdi.
Seminardan kozlangan asosiy maqsad ham ofitser kadrlarni tayyorlashda ixtisoslik fanlarini oqitishning ahamiyati haqida fikr yuritish, ilmiy seminarga taklif etilgan mutaxassislarning boy tajribasini organish va undan bolajak ofitserlarni tarbiyalash va oqitish jarayonida keng foydalanishdan iboratdir.
A.RAHIMOV,
podpolkovnik.
2024/10/05 17:38:17
Back to Top
HTML Embed Code: