Telegram Web Link
Тренинг машғулоти

Сурхондарё вилояти ИИБ Эксперт-криминалистика маркази катта экспертлари – катта лейтенантлар Х.Намозов ва Н.Маматқобилов томонидан вилоят АТБ “Микрокредитбанк” ходимлари иштирокида ўқув-тренинг машғулоти ўтказилди. Унда мутахассислар томонидан мавзулар доирасида банк ходимларининг билим ва малакасини оширишга қаратилган назарий ва амалий тушунчалар берилди.
Ўз мухбиримиз.

👉 @postdarasmiy
MINNATDORLIK BILDIRILDI

Andijon viloyati IIB boshlig'ining o'rinbosari, podpolkovnik Jonibek Davronov ishtirokidagi tadbir faxriylarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash hamda ularning IIV tibbiyot muassasalarida sog'lig'ini yaxshilash borasida bo'ldi.
Shuningdek, yosh xodimlarni tarbiyalashda faxriylarning tajribasidan keng foydalanish haqida ham gap bordi. Yig'ilish yakunida yosh avlodni tarbiyalashga munosib hissa qo'shgan faxriylarga minnatdorchilik bildirildi.
Boris KLEYMAN,
o'z muxbirimiz.
Andijon viloyati.
#Kasb_fidoyisi

JINOYATLARNI FOSH ETIB

Bekobod tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tergovchisi, kapitan Shahobiddin Sulaymonov o'n yildan buyon ichki ishlar organlari tizimida samarali xizmat qilib kelmoqda.
Faoliyatining olti yilini tergov sohasi rivojiga bag'ishlagan lavhamiz qahramoni mazkur davr mobaynida 300 dan ortiq jinoyat ishlarini odilona ko'rib chiqib, qonunbuzarlarga nisbatan jazo muqarrarligini ta'minladi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
JUMBOQ


Savol: 1923-yilda Venada Iogann Shober tomonidan qanday tashkilotga asos solingan. Bugunda 160 ga yaqin davlat ushbu tashkilotga a’zo. Eslatib o‘tamiz, Iogann Shober harbiy xizmatchi bo‘lgan.

Ushbu savolning javobini bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
VATANPARVARLIK QALBDAN BOSHLANADI

IIV Malaka oshirish instituti Olmaliq o'quv bazasida tahsil olayotgan tinglovchilarning ona Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat va sadoqatini yanada oshirish maqsadida “Vatanparvarlik qalbdan boshlanadi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda so'z olgan texnika fanlari doktori, professor Abdurashid Hasanov o'z tarixini chuqur bilish, undan g'ururlanish hamda buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy merosni ko'z qorachig'idek asrab, uni kelgusi avlodlarga yetkazish, vatanparvarlikning yuksak namunasi ekanligi, bu haqiqatni insonlar o’z qalbiga singdirishi muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.
Shuningdek notiq mazmunli o'tgan davra suhbati davomida tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga ham javob qaytarib, o'zining qalamiga mansub “Ona sog'inchi” nomli she'rini barchaga o'qib eshittirdi.
O'z muxbirimiz
PROFILAKTIK SUHBATLAR

Toshkent shahar IIBB YHXB va Transport nazorat inspeksiyasi xodimlari hamkorligida jamoat transporti haydovchilari bilan yo'llarda harakatlanganda tezlikni belgilangan me'yorlardan oshirmaslik, o'zlari, yo'lovchilar hayoti va xavfsizligini o'ylagan holda yo'l harakati qoidalariga hamda madaniyatiga qat'iy rioya qilishlari kerakligi to'g'risida profilaktik suhbat o'tkazildi. Shunindek, ularga yo'l harakati qoidalariga amal qilishni targ'ib qiluvchi bukletlar tarqarildi.
Sarvar SOBIROV,
o'z muxbirimiz.
Toshkent shahri.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Психологик самбонинг бузилган пластина техникаси
КАБЕЛЬ ЎҒРИСИ

Бухоро шаҳрининг Намозгоҳ кўчасидаги қурилиши тугалланмаган уйдан номаълум шахс умумий баҳоси 14 миллион 500 минг сўмлик электр сим кабелларини яширин равишда ўғирлаб, воқеа жойидан яширинган. Мазкур ҳолат юзасидан шаҳар ИИОФМБ ходимлари олиб борган тезкор-техник ва суриштирув ҳамда тергов ҳаракатлари давомида гумон қилинувчи аниқланди. У Ғиждувон туманининг “Вазиршоҳ” маҳалласида яшовчи, 1988 йилда туғилган У.А. исмли шахс экан.
Ҳозирги кунда ушбу шахснинг бошқа худди шу турдаги жиноятларга алоқадорлигини аниқлаш юзасидан тергов ҳаракатлари давом эттирилмоқда.
А.ЗАЙНИЕВ,
сафдор.
Бухоро вилояти.
JUMBOQ

Bugungi savolimizga Hamza ismli o‘quvchimiz birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi. Akmal Rahmon o‘g‘li, Hilola, Abduqodir Zokirov, Surayyo Hasanova, Mirshod Ne’matov ham javobni to‘g‘ri topishgan. Bilimdonlarimizga omad tilaymiz.

Javob: Interpol xalqaro politsiya tashkiloti

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
SUDYALAR BILAN UCHRASHUV

IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyida Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyalari O.Jumayev va A.Sattorov ishtirokida tadbir tashkil etildi. Ular harbiy sud faoliyati, moddiy-texnik taʼminoti, shart-sharoitlar haqida batafsil gapirib berishdi. Shuningdek, oʻquvchilar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etishdi va sudyalar ularga atroflicha javob qaytarishdi. Sud faoliyatiga qiziqqan oʻquvchilar uchun ushbu uchrashuv foydadan xoli boʻlmaydi, albatta.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
Халқ бисотидан

Келажак учун ҳисса


Имтиҳондан муваффақиятли ўтганини нишонлаш учун қаҳвахонага кирган талаба бир ўзи ўтиришни истамай, атрофга назар солди ва ёлғиз қарияга кўзи тушди. Йигит унинг ёнидан жой эгаллаб, буюртма қила бошлади. Овқатланиш жараёнида суҳбат қизиб, талаба мақтанишни бошлабди. Кексалар ёшларни тушунмаслигидан ёзғирди.
– Сиз шунчаки тамоман бошқа оламда вояга етгансиз, деярли ибтидоий замонда яшагансиз, – дея овозини баландлатди йигит ва бу билан атрофдагиларнинг эътиборини жалб қилмоқчи бўлди. – Менинг тенгдошларим эса телевизор, реактив самолётлар, космик саёҳатлар, интернет, атом энергияси ва яна кўп нарсалар билан улғайди...
У ичимлик ҳўплаш учун сўзини тўхтатди. Қария бундан фойдаланиб унга шундай деди:
– Биласанми, гапларинг тўғри, ўғлим. Буларнинг бари бизда бўлмаган, шунинг учун ҳам уларни яратишга киришганмиз ва уддасидан чиққанмиз. Энди эса ўйлаб кўр, сен ўзинг келгуси авлод учун нима қилмоқчисан, уларга нималарни қолдирмоқчисан?
Рус тилидан Гулчеҳра АЗИМОВА таржимаси.
Kasb fidoyisi

Shogirdlariga o'rnak


Serjant Dilshodbek Sharipov ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 2006-yildan boshlagan. U «Asaka» bekatidagi tezkor navbatchilik qismida 10 yildan ortiq xizmat qildi. Shundan so‘ng u Andijon viloyati IIB Transport ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasining tezkor navbatchilik qismiga o'tkazildi.
Har kuni «Andijon» markaziy vokzalidan Toshkent, Xiva, Termez, Qo'ng'irot shaharlariga poezdlar jo‘natiladi. Navbatchilik qismiga tashqi kuzatuv kameralaridan olingan tasvirlardan tashqari, vokzalda va uning atrofidagi hududda sodir bo'layotgan voqealar to'g'risida tezkor ma'lumotlar keladi. Qahramonimiz hamkasblari bilan hamkorlikda tunu kun transport ob'ektlarida xavfsizlikni ta'minlaydi.
U bir necha yillik faoliyati davomida serjant D.Sharipov, katta leytenant J.Rahmonov, safdorlar O.Qodirov va Dilshod Qo‘shbaev kabi shogirdlarga ustozlik qildi.
Boris KLEYMAN,
o'z muxbirimiz.
Andijon viloyati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xodimlari oʻrtasida muloqot va muomala etiketini oshirish va targʻibot-tashviqotning yangicha shakllari boʻyicha qisqa muddatli oʻquv darslari tashkil etildi.

👉 @postdarasmiy
Huquqiy targʻibot: samara va natija

Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi “Buzsuv” mahallasida “Firibgarlik jinoyatlarini kelib chiqish sabablari va ularni oldini olish chora-tadbirlari” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Yunusobod tumani IIOFMB huzuridagi Tergov boʻlimi va mahalla yettiligi hamda faollar ishtirok etishdi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
2024/09/28 04:21:40
Back to Top
HTML Embed Code: