Telegram Web Link
XIZMAT SAFARI BILAN

IIV Qorovul qo'shinlari qo'mondoni, polkovnik Hasan Botirov boshchiligidagi ishchi guruh xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida joylashgan 7533-harbiy qismda bo'ldi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan yig'ilishda so'z olganlar qo'shinlarda amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuq va yo'l qo'yilgan kamchiliklar hamda shaxsiy tarkibning muammolarini o'rganish va uni bartaraf etish bo'yicha mutasaddilarga bir qator topshiriqlar berishdi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar o'rtasida ko'ngilsiz holatlarning oldini olish borasida ham keng ko'lamli tushuntirishlar olib borildi.
Batafsil o'qing 👉

👉 @postdarasmiy
ДОЛЛАР ЎҒРИСИ УШЛАНДИ

Самарқанд вилоятида яшовчи Х.Ҳошим (исми ўзгартирилди) Бухоро шаҳар ИИОФМБга ариза билан мурожаат қилиб, “Арк қўрғони” автотураргоҳида “Дамас” русумли автомашинасини қаровсиз қолдирилганлиги сабабли салонида бўлган 500 АҚШ долларини ўғирлатганлигини билдирган.
Мазкур ҳолат юзасидан номаълум шахсга нисбатан ЖКнинг 169-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, олиб борилган тезкор-техник ва суриштирув ҳамда тергов ҳаракатлари давомида ушбу жиноятни Бухоро шаҳрида яшовчи, 2001 йилда туғилган М.И. исмли шахс содир қилганлиги аниқланди.
Ҳозирги кунда жиноят ишида гумонланаётган ушбу шахснинг бошқа худди шу турдаги жиноятларга алоқадорлигини аниқлаш юзасидан тезкор суриштирув ҳамда дастлабки тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
А.ЗАЙНИЕВ,
сафдор.
Бухоро вилояти.

👉 @postdarasmiy
Табиатга қулоқ сол

* Ҳаммасини барбод қилиш учун бир сония етарли, аммо тўғирлаш учун абадият ҳам кам.
* Ҳа, вақт даволайди. Асосийси – даволаниш даврида нобуд бўлмаслик.
* Баъзан сени эшитишлари учун сукут сақлаш, ўрнингни ҳис қилишлари учун ғойиб бўлиш зарур.
* Руҳинг тушган пайтда табиатга қулоқ сол. Унинг ёқимли куйи ва сокинлиги миллионта кераксиз сўзлардан кучли.* Инсонга қанчалик боғланиб қолганингни била олмайсан – токи бу боғ узилмагунча.
* Баъзан чўкаётган кема бўлиш лозим, ҳаётингдаги каламушлар сени тарк этиши учун.
Гулчеҳра АЗИМОВА тайёрлади.
👉 @postdarasmiy
KANPIRAK

Markaziy Osiyo mudofaa istehkomlari me’morchiligining nodir namunasi hisoblangan «Kanpirdevol»ning sharq tomoni Karmana tumani markazi chegarasidagi Qoratog‘ etaklaridan boshlanib, Zarafshon daryosining chap qirg‘og‘i bo‘ylab sharq-g‘arb tomonga yo‘nalgan. Kanpirak devori Qiziltepa tumanining shimoli-sharqiy, janubi-g‘arbiy tomonidagi mavzelarda yer sathi tepasidan aniq ko‘rinib turuvchi, uzoq masofalarga cho‘zilib ketgan sun’iy tuproqqo‘rg‘on qoldiqlari bo‘lib, Abu Muslim kanalining chap qirg‘og‘i bo‘ylab Qiziltepa yodgorligi tomon yo‘nalishini davom ettiradi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
#Kun_hikmati

Televizor ko'radiganlarni hamisha kitob o'qiydiganlar boshqaradi.

✍️Uinston Cherchill,
britaniyalik davlat va siyosat arbobi

👉 @postdarasmiy
#Хушхабар

ИИВ ТЕРМА ЖАМОАСИ – ХАЛҚАРО ТУРНИР ҒОЛИБИ


Яқинда Россия Федерациясининг Москва шаҳрида хизмат вазифасини бажариш чоғида ҳалок бўлган осойишталик посбонлари хотирасига бағишлаб, армия ва полиция ходимлари ўртасида спортнинг дзюдо тури бўйича ўтказилган XVIII халқаро турнир ўз якунига етди.
Унда муносиб иштирок этган мамлакатимиз Ички ишлар вазирлиги терма жамоаси вакиллари барча рақибларини доғда қолдириб, кетма-кет иккинчи маротаба шоҳсупанинг энг юқори поғонасидан жой олди.
Бу ҳақда газетамизнинг навбатдаги сонида батафсил танишасиз👉
Тренинг машғулоти

Сурхондарё вилояти ИИБ Эксперт-криминалистика маркази катта экспертлари – катта лейтенантлар Х.Намозов ва Н.Маматқобилов томонидан вилоят АТБ “Микрокредитбанк” ходимлари иштирокида ўқув-тренинг машғулоти ўтказилди. Унда мутахассислар томонидан мавзулар доирасида банк ходимларининг билим ва малакасини оширишга қаратилган назарий ва амалий тушунчалар берилди.
Ўз мухбиримиз.

👉 @postdarasmiy
MINNATDORLIK BILDIRILDI

Andijon viloyati IIB boshlig'ining o'rinbosari, podpolkovnik Jonibek Davronov ishtirokidagi tadbir faxriylarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash hamda ularning IIV tibbiyot muassasalarida sog'lig'ini yaxshilash borasida bo'ldi.
Shuningdek, yosh xodimlarni tarbiyalashda faxriylarning tajribasidan keng foydalanish haqida ham gap bordi. Yig'ilish yakunida yosh avlodni tarbiyalashga munosib hissa qo'shgan faxriylarga minnatdorchilik bildirildi.
Boris KLEYMAN,
o'z muxbirimiz.
Andijon viloyati.
#Kasb_fidoyisi

JINOYATLARNI FOSH ETIB

Bekobod tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tergovchisi, kapitan Shahobiddin Sulaymonov o'n yildan buyon ichki ishlar organlari tizimida samarali xizmat qilib kelmoqda.
Faoliyatining olti yilini tergov sohasi rivojiga bag'ishlagan lavhamiz qahramoni mazkur davr mobaynida 300 dan ortiq jinoyat ishlarini odilona ko'rib chiqib, qonunbuzarlarga nisbatan jazo muqarrarligini ta'minladi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
JUMBOQ


Savol: 1923-yilda Venada Iogann Shober tomonidan qanday tashkilotga asos solingan. Bugunda 160 ga yaqin davlat ushbu tashkilotga a’zo. Eslatib o‘tamiz, Iogann Shober harbiy xizmatchi bo‘lgan.

Ushbu savolning javobini bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
VATANPARVARLIK QALBDAN BOSHLANADI

IIV Malaka oshirish instituti Olmaliq o'quv bazasida tahsil olayotgan tinglovchilarning ona Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat va sadoqatini yanada oshirish maqsadida “Vatanparvarlik qalbdan boshlanadi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda so'z olgan texnika fanlari doktori, professor Abdurashid Hasanov o'z tarixini chuqur bilish, undan g'ururlanish hamda buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy merosni ko'z qorachig'idek asrab, uni kelgusi avlodlarga yetkazish, vatanparvarlikning yuksak namunasi ekanligi, bu haqiqatni insonlar o’z qalbiga singdirishi muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.
Shuningdek notiq mazmunli o'tgan davra suhbati davomida tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga ham javob qaytarib, o'zining qalamiga mansub “Ona sog'inchi” nomli she'rini barchaga o'qib eshittirdi.
O'z muxbirimiz
2024/10/04 15:33:58
Back to Top
HTML Embed Code: