Telegram Web Link
JUMBOQ

Inson bu ishni 100 ming yillar burun bajara boshlagan. Bu ishda dastlab insonga dengiz chigʻanoqlari yordam bergan ekan. Zamonaviy satiriklardan birining fikriga koʻra, erkak miyasi shu paytda bexato ishlashga harakat qilar ekan.
Savol: Qachon erkaklar miyasi chalgʻimay ishlaydi?

Ushbu savolning javobini bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti profilaktika katta inspektorlari tashabbusiga asosan universitetga qarashli 56-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.
«XAVFSIZ HAYOT UCHUN» MARAFONI

Sirdaryo viloyati IIB tashabbusi bilan Gulistonda «Xavfsiz hayot uchun» shiori ostida marofon tashkil etildi. Unda ikki yuzdan ortiq turli yosh vakillari qatnashdi. Soʻgʻlom turmush tarzi targʻib qilingan marafonda gʻoliblar tashkilotchilar tomonudan munosib ragʻbatlantirildi.
Oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
ЛИЦЕЙ ЎҚУВЧИСИ – ЧЕМПИОН!

Фарғона вилоятида катталар, ёшлар ва ўсмирлар ўртасида спортнинг таэквон-до ИТФ тури бўйича Ўзбекистон чемпионати бўлиб ўтди.
Спорт вазирлиги томонидан уюштирилган мусобақада ИИВ Қашқадарё академик лицейи ўқувчиси Қувонч Эшмўминов ўз ёш тоифасида фаол қатнашиб, массоги йўналишида 52 кг вазн тоифасида тенгдошлари орасида мутлақ ғолибликни қўлга киритди.
Ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.
Targ'ibot tadbirlari

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan avtomashina yuvish shoxobchalari va avtoservislarida fuqarolar bilan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ'ibot va tashviqot ishlarini olib borilmoqda. Bu kabi targ'ibot tadbirlari poytaxtimiz bo'ylab davom etmoqda.
O'z muxbirimiz,
Toshkent shahri.
JUMBOQ

Bugungi savolimizga birinchi bo‘lib Inomxo‘ja Rahimxo‘jayev to‘g‘ri javob yo‘lladi. Raxshona Rozabayeva, Muslima Rasulova, Ulug‘bek Qurbonovlar ham javobni to‘g‘ri topishgan.

Javob: Bu paytda insonni hayoli chalgʻimasligi kerak, agar boshqa ishlarga xayoli ketib qolsa lat yeb qolishi mumkin. Keyin bu ish bilan asosan erkaklar shugʻullanishadi. Bu ish soqol olish.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Ҳар куни бир пиёла кўк чой ичиш, кунлик йўқотиладиган ёғ миқдорини 5,36 граммга оширишга ёрдам беради

Бу шуни англатадики, ҳар куни уч пиёладан кўк чой ичиш бир йилда 5-6 кг ёғ йўқотиш имконини беради ва бунга кундалик машқлар ва рационга ўзгаришлар киритмасдан ва бошқа ёғдан халос бўлишга ёрдам берувчи қўшимчалардан фойдаланмасдан эришиш мумкин.
O'QUV-SEMINAR DAVOMIDA

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 41-sonli umumta'lim maktabida yo'l harakati qoidalari yo'nalishida dars beruvchi o'qituvchilariga nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarni shakllantirish maqsadida o'quv-seminar tashkil etildi. Seminarda Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari ishtirok etib, yo'l harakati qoidalari va yo'l harakati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari yuzasidan tushuntirish olib borishdi va ijtimoiy rolik namoyish etildi.
O'z muxbirimiz,
Toshkent shahri.
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tinglovchilari Xitoy Xalq Respublikasida malaka oshirib qaytdi

▶️ Batafsil
———
Ички ишлар вазирлиги Академияси тингловчилари Хитой Халқ Республикасида малака ошириб қайтди

▶️ Батафсил

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
2024/10/01 22:39:45
Back to Top
HTML Embed Code: