Telegram Web Link
NAFAQAGA KUZATILDI
IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qism seksiya komandiri, III darajali serjant Zebo Yuldosheva hamkasblari e'zozida nafaqaga kuzatildi.
Qo'shinlar safida yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida fidoyilik bilan xizmat qilgan bu insonni qutlash uchun so'z olganlar ham uning boy tajribasi va samimiy xislatlarini e'tirof etishdi.
Tadbir yakunida Z. Yuldoshevaga harbiy qism qo'mondonligining qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.
Hafiza TOHIROVA.
leytenant.

👉 @postdarasmiy
KIBERXAVFSIZLIK – SHAXS VA MA’LUMOT XAVFSIZLIGI

Shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi kunda hayotimizni internetsiz tasavvur qilish juda qiyin. Aksariyat insonlar ko‘p vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazib, dunyoda sodir bo‘layotgan yangiliklardan xabardor bo‘lish va qiziqarli voqea-hodisalarni bir-biriga uzatishga intilishadi.
Bugungi kunda mamlakatimiz va dunyo miqyosida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, voqea-hodisalar, yangiliklar bilan bog‘liq ma’lumotlar barcha ijtimoiy tarmoqlarda aylanmoqda. Bunday imkoniyatlarning ochilishi yaxshi, albatta, lekin g‘arazli niyatdagi kimsalar zararli dasturlardan foydalanib yoki internet foy­dalanuvchilarining ishonchiga kirib, doimo ularning xato qi­lishlari payida bo‘lishadi. Yo‘l qo‘ygan birgina xatoyingiz tufayli qimmatli vaqtingizni, kuchingizni sarflab topgan mablag‘ingiz bir zumda havoga uchadi.
Batafsil o'qing 👉
👉 @postdarasmiy
Zehningizni sinab ko‘ring

Yaponlarda “Qarmoqni 10 marta aylantirib, keyin suvga tashla”, xitoyliklarda “Ekinzorni tekshirib, keying sholipoyaga kir”, Markaziy Afrika mamlakatida esa “Echkemar uyasiga suv quyib, keyin qo‘lingni tiq” mazmunida maqollar bor.
Savol: Ushbu maqollarning o‘zbekcha muqobili qanday?

Ushbu savolga birinchi bo'lib Otabek Abrorov to‘g‘ri javob berdi. Ofarin! Nigora Mamayusupova, Adham, Odiljon kabi o'quvchilarimiz ham to‘g‘ri javob yo'llashdi. Bilimdonlarga omad yor bo'lsin!

Javob: Ushbu maqollarning o‘zbekcha muqobili “Yetti o‘lchab, bir kes”.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Кибербезопасность – личная и информационная безопасность

Кибербезопасность – ключевой аспект современной жизни. В эпоху цифровизации личная и информационная безопасность становятся все более уязвимыми. Зависимость от интернета и цифровых устройств делает нас подверженными киберугрозам. Защита личной информации является необходимостью.
Осведомленность о потенциальных опасностях в онлайн пространстве – первый шаг к безопасности. Регулярное обновление программ и анти­вирусов помогает защитить личные данные. Использование надежных паролей и двухфакторной аутентификации повышает уровень безопасности. Сознательное поведение в интернете – важный аспект кибербезопасности.
Далее 👉
👉 @postdarasmiy
Dillarda Vatan madhi

Andijon va Xonobodda IIV Madaniyat saroyi ashula va raqs ansamblining xayriya konsertlari boʻlib oʻtdi. Ansambl solistlari Zokir Ochildiyev, Shaxnoza Otaboyeva, Firdavs Fazliddinov, Davron Ahmedov, Mashxura Ergasheva va Farhod Kambarov oʻzlarining yorqin chiqishlari bilan tomoshabinlarni mamnun etishdi. Konsertlar “Dillarda Vatan madhi” shiori ostida oʻtdi va koʻp sonli tomoshabinlar qalbiga zavq-shavk ulashdi.
Boris KLEYMAN.
oʻz muxbirimiz.
Andijon viloyati.

👉 @postdarasmiy
Колонияда янги кутубхона

ИИВ ҳузуридаги ЖИЭД 4-минтақавий мувофиқлаштириш маркази 34-сон манзил колониясида шахсий таркибнинг маънавий билимларини мустаҳкамлаш, китобхонлик маданиятини ошириш борасида қатор ишлар амалга оширилмоқда.
Айни шу мақсадда яқинда манзил колониясида ходимлар фойдаланиши учун кутубхона ташкил этилди.
Кутубхонада етти юздан ортиқ ўзбек ва жаҳон адабиёти дурдона асарлари ҳамда ҳуқуқий китоблар жамланган.
Умид АКРАМОВ,
Манзил колонияси бошлиғининг маънавий-маърифий
ишлар бўйича ўринбосари, майор.
Mulohaza

BIZ QADRIGA YETMAYOTGAN NE’MAT


Yaqinda oynai jahonda bir videorolik ko‘rdim. Unda er-xotin har xil qimmatbaho buyumlarni suv tekinga olganini maqtanib, hammaga ko‘z-ko‘z qilardi. Videorolikda shu so‘zga alohida urg‘u berilib, suvning shafqatsizlarcha isrof qilinayotgani tasvirlangandi. Pirovardida suv tanqisligi yuzaga kelib, jannatmonand tasvir rutubat ichra qoldi, er-xotinlarning avlodlari esa bu fojia jabrdiydalariga aylandi...
Videorolikni ko‘rarkanman, «suv tekin» degan so‘z mening yuragimga o‘qdek qadalardi.
Batafsil o'qing 👉

👉 @postdarasmiy
ОИЛАЛАР МУСТАҲКАМЛИГИ УЧУН

Нукус шаҳридаги Республика болалар кутубхонасида 3-сектор ҳудудидаги МФЙларда истиқомат қиладиган намунали оилалар ва кайвони онахонлар, маҳалла хотин-қизлар фаоллари иштирокида "Оила - муқаддас даргоҳ" номли учрашув ўтказилди.
Унда кайвони онахонлар оиладаги муҳитни мустаҳкамлаш, ажримларнинг олдини олиш юзасидан ўз маслаҳатларини берган бўлса, маҳалла хотин-қизлар фаоли оилаларда учраётган муаммолар, уларни бартараф этиш юзасидан қилинаётган ишлар тўғрисида маълумот берди.
Шунингдек, тажрибали психолог оила муносабатларида эътибор қаратилиши лозим бўлган жиҳатларга тўхталди.
Айжамал НАМЕНОВА,
Нукус шаҳар ИИО ФМБ ЖХХ
ҲПБ катта инспектори, подполковник.
Сурбетлик чегарадан ошган жойда...

* Кўнгилчан инсонни иродаси паст, сурбетни эса мард дейдиганлардан, шунингдек, кўп гапирганларни доно, сукут сақлаганларни эса жоҳил деб билгувчилардан йироқ тур.
* Сурбетликнинг ўзи эмас, у очган имкониятлар ҳайратга солади.
* Баъзан одамларга «йўқ» дейишни ҳам ўрганиш керак, чунки улардан айримлари сурбетликка мойил бўлади.
* Менинг ижобий хислатларим сиздаги сурбетлик чегарадан ошган жойда тугайди.
* Сурбетлик – иккинчи бахт. Бироқ у туфайли биринчисини ҳам йўқотиш мумкин.
* Жазосизлик сурбетликни келтириб чиқаради.
* Сурбетликни ёнғиндан ҳам тезроқ сўндириш лозим.
Гулчеҳра АЗИМОВА тайёрлади.
👉 @postdarasmiy
#Kun_hikmati

Davlat uchun ko'ngulni zor etma, izzat uchun o'zungni xor etma.

✍️Zahiriddin Muhammad Bobur

👉 @postdarasmiy
PSIXOLOGIK TEST

IIV Sirdaryo akademik litseyida tahsil olish istagida boʻlgan oʻquvchilar dastlabki sinovdan oʻtkazildi. Ularning ruhiy, maʼnaviy tayyorgarligini tekshirish maqsadida psixologik test olindi. Mingga yaqin talabgorlar ishtirokidagi sinovlar belgilangan tartib, qonunchlik normalari asosida boʻlib oʻtdi.
Oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
👉 @postdarasmiy
#Kasb_fidoyisi

MAHALLANING JONSARAK INSPEKTORI


Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Obod turmush” mahallasiga xizmat ko'rsatuvchi profilaktika inspektori, katta leytenant Muhammadjon Fayziyev hudud aholisi osoyishtaligini munosib ta'minlab, ichki ishlar organlari xodimlariga bo'lgan ishonchning yanada ortishiga sabab bo'layotir.
Hozirda 2200 nafarga yaqin aholi istiqomat qilayotgan mazkur mahallada fuqarolarning xotirjam yashashi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, gavjum joylarga videokuzatuv kameralari o'rnatilgan. Ularning soni borgan sari ortmoqda.
Lavhamiz qahramoni jinoyatchilikka qarshi kurashishda jonbozlik ko'rsatib kelyapti. Masalan, yaqinda uning sa'y-harakati natijasida giyohvandlik bilan bog'liq jinoyat fosh qilindi. Ya'ni, u fuqaro M.U. o'z hovlisida ko'knori yetishtirayotgani haqida xabar topgach, tezkor tadbir o'tkazildi. Tezkor tadbir davomida esa fuqaro 32 to'p zahri qotilni parvarishlab kelayotgani aniqlanib, unga barham berildi.
Mixli SAFAROV,
o'z muxbirimiz.
2024/10/02 06:39:15
Back to Top
HTML Embed Code: