Telegram Web Link
Кун ҳикмати

Ҳаёт велосипед ҳайдашга ўхшайди. Мувозанатни сақлаш учун ҳаракатда давом этиш керак.
Альберт Эйнштейн
Гумонланувчига нисбатан...
Шароф Рашидов туманининг “Яккақайрағоч” маҳалласида яшовчи Л.Р. ички ишлар органларига мурожаат қилиб, Жиззах шаҳрининг “Олмазор” маҳалласида истиқомат қилувчи таниши Б.Ҳ. фириб берганлигини билдирган. Маълум бўлишича, Б.Ҳ. шерикчилик асосида автомобиль савдоси билан шуғулланишни таклиф қилиб, Л.Р.дан 80 миллион сўм ҳамда 4 минг АҚШ доллари олган ва ўз шахсий эҳтиёжлари учун ишлатиб юборган. Ҳолат юзасидан гумонланувчига нисбатан жиноят иши қўзғатилди.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.

Жиззах вилояти.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#NO_COMMENT

Fuqarolar xavfsizligi kun-u tun taʼminlanmoqda


©️IIV JXD Axborot xizmati
———
Фуқаролар хавфсизлиги кун-у тун таъминланмоқда

©️ИИВ ЖХД Ахборот хизмати

👉 @postdarasmiy
FARG'ONADA XAYRIYА KONSERTLARI

IIV Madaniyat saroyi Ashula va raqs ansambli jamoasi tomonidan Farg'ona viloyati bo'ylab xayriya konsertlari namoyish etildi.
Farg'ona shahrida tashkil etilgan mazkur kechada ushbu hududda xizmat qilayotgan osoyishtalik posbonlari, ularning oila a'zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Bartaraf etilmoqda

Poytaxtimizning Uchtepa hamda Chilonzor tumanlarida hududiy Yo'l patrul xizmati xodimlari tomonidan sun'iy tirbandliklarga sabab bo'lib, yo'l harakati xavfsizligiga tahdid solayotgan yo'l yoqasidagi noqonuniy savdolar bartaraf etilib, fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar amalga oshirilmoqda.
O'z muxbirimiz.
Toshkent shahri.

👉 @postdarasmiy
TOPQIRLIGINGIZNI SINAB KO‘RING

Savol:
Quyida siz qadimgi eshik tutqichini ko‘rib turibsiz. Eshiklarga bunday tutqichlar qanday maqsadda o‘rnatilgan?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SAMARADORLIKNI OSHIRISH YO'LIDA

Toshkent viloyati IIBB xodimlari uchun navbatdagi amaliy o'q otish mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad ham shaxsiy tarkibning jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini yanada oshirishdan iboratdir.
O'z muxbirimiz.
ЛИЦЕЙДА «УЧ АВЛОД» УЧРАШУВИ

ИИВ Қорақалпоқ академик лицейида «Уч авлод» учрашуви бўлиб ўтди.
Унда Қорақалпоғистон Республикаси ИИВнинг маслаҳатчиси, истеъфодаги полковник О.Турдақов, вазирликнинг Фахрийлар кенгаши раиси Ф.Санкибаев, Шимоли-Ғарбий ҳарбий округи фахрийлар кенгаши раиси, истеъфодаги подполковник А.Юсупов, округ фахрийлар кенгаши аъзоси, истеъфодаги подполковник Б.Юлдашевлар иштирок этди.
Учрашувда сўзга чиққанлар ўзларининг меҳнат фаолияти, узоқ йиллар давомида тўплаган бой тажрибаси билан ўртоқлашиб, бугунгидек дориломон кунларга етишиш йўлида фидокорна хизмат қилган ходимларнинг хотирасини ёдга олишди.
Тадбир давомида бир қатор фахрийларга Ўзбекистон Республикаси ИИВ Фахрийлар кенгашининг кўкрак нишонлари, шунингдек, ўқиш ва жамоат ишларида тенгдошларига намуна бўлиб келаётган академик лицей ҳамда Нукус «Темурбеклер мактаби» ўқувчиларига «Фахрий ёрлиқ»лар тантанали равишда топширилди.
Азамат ПИРНИЯЗОВ,
ўз мухбиримиз.
Қорақалпоғистон Республикаси.

👉 @postdarasmiy
Migrantlar yurtga qaytarilmoqda

Pop tuman IIB, prokuratura va tuman hokimligi bilan hamkorlikda mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari bilan muloqot o‘tkazildi.
Bugungi kunda Pop tumanida 5 737 nafar mehnat migrantlari mavjud bo‘lib, ular asosan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya, Turkiya davlatlarida ish bilan band.
Tadbir davomida ish topolmay sarson bo‘lib yurgan migrantlar bilan telefon orqali muloqot qilinib, shu yerda ham oylik ish haqi yaxshi bo‘lgan 1 500 dan ziyod bo‘sh o‘rinlari borligi, qolaversa, 420 gektar yer maydoni auksionga chiqarilib, shartnoma asosida berilayotgani aytildi hamda yurtga qaytish tavsiya qilindi.
Migrantlar va ularning oila aʼzolari tomonidan qilingan murojaatlar alohida nazoratga olindi.
O’z muxbirimiz,
Namangan viloyati.

👉 @postdarasmiy
ЛИЦЕЙДА ТАРҒИБОТ ТАДБИРИ

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 3 февралда “Интернет тармоғида содир этилаётган ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олишга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори қабул қилинган эди. Ушбу қарор ижросини таъминлаш мақсадида ИИВ Хоразм академик лицейида тарғибот тадбири бўлиб ўтди. Унда Вилоят ИИБ ТҚХ Киберхавфсизлик бўлими ходимлари ўқувчиларга фуқароларнинг банк пластик карталарида мавжуд бўлган маблағларни жиноий тажовузлардан ҳимоя қилиш, ахборот технологиялари ва ахборот хавфсизлиги соҳасидаги жиноятларнинг олдини олиш ва унга қарши курашиш, кибермаконда содир этилаётган жиноят ва ҳуқуқбузарликлар бўйича тушунтиришлар беришди.
Batafsil o'qing 👉
👉 @postdarasmiy
TOPQIRLIGINGIZNI SINAB KO‘RING

Savol:
Quyida siz qadimgi eshik tutqichini ko‘rib turibsiz. Eshiklarga bunday tutqichlar qanday maqsadda o‘rnatilgan?

Ushbu savolning javobini NORMUROD MARDONOV to‘g‘ri topdi. Ofarin! Abror G'afforov, Bilol Mirislamov, Adolat kabi o'quvchilarimiz ham to'g'ri javob yo'llashgan. Bilimdonlarga omad tilab qolamiz.
Javob:
Bunday tutqichlardan erkak mehmonlar foydalanishgan. Qattiq tovush chiqargani bois, mehmonni xonadondagi erkaklar qarshi olishi lozim bo‘lgan

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Yakka tartibda suhbat

Davlatodob tumanida bir necha marotaba sudlangan, hozirda ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan shaxslar bilan yakka tartibda muloqot o‘tkazildi. Ular bilan ushbu suhbatda yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlik va uning sodir etilish sabablari ko‘rib chiqildi hamda bu kabi holatlarga qayta qo‘l urmaslik yuzasidan ogohlantirildi.
Shuningdek, nizoli oilalar bilan ham yakka tartibda ishlanib, muammolari o‘rganildi va hal etish choralari ko‘rildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.

👉 @postdarasmiy
2024/10/03 15:22:25
Back to Top
HTML Embed Code: