Telegram Web Link
“Ochiq eshiklar kuni”

Ichki ishlar organlari tomonidan otaliqqa olingan bir million nafar yoshlar bilan tarbiyaviy-profilaktik ishlarini manzilli tashkil etish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Norin tuman IIB tomonidan “Ichki ishlar bo‘limidagi bir kunim” mavzusida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Tadbir davomida tumani ichki ishlar bolimi tomonidan otaliqqa olingan 40 nafardan ortiq yoshlarga xizmat avtomashinalari, qurol-aslahalar va ulardan qanday foydalanish haqida ma’lumotlar berilib, Ichki ishlar tizimiga bo‘lgan qiziqishlari yanada oshirildi.
O’z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
Тўртинчи минтақавий ҳудуд шахсий таркиб ходимлари ўртасида "Танқидий таҳлил, қатьий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик бош мезон" мавзусида маънавият ва маьрифат дарси машғулоти ўтказилди ҳамда ходимларга "Менимча" кўрсатувининг 7-сони намойиш этилди.
SUDYALAR BILAN UCHRASHUV

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga ko‘ra, xotin-qizlar orasida psixologik va huquqiy maslahat kunlarini tashkil etish belgilangan. Ayni shu maqsadda Namangan davlat universitetida uchrashuv tashkil etildi.
Fuqaolik ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi sudyasi Nargiza Ahadova, Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudi raisi Sohibaxon Yulchiyeva ishtirok etgan tadbirda sud tizimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda gender tengligi bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar to‘g‘risidada maʼlumot berildi. Shuningdek, talaba qizlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar batafsil javob berishdi.
Zuhra Karimova,
Namangan davlat universiteti profilaktika inspektori, mayor.
Qisqa

Yaponiya pasporti 195 ta davlatdan 191 tasiga vizasiz kirish imkonini beradi.
ҚЎЛДАГИ НАРСАЛАРНИ АЙЛАНТИРИШ

Инсон нега ҳаяжонланса ёки асабий ҳолатда бўлса қўлидаги нарсаларни айлантиради? Шу тариқа у онгсиз равишда диққатини стрессоген таъсирдан шахсий сенсор сезгига қаратади. Бунда тасбеҳ, соч кокили, мунчоқ, ручка, спиннер ва бошқаларни айлантириш ёки ҳаракатлантириш ҳолати кузатилади. Нима бўлган тақдирда ҳам, мазкур хатти-ҳаракатнинг мақсади ҳиссий қизғинлик даражасини камайтиришдан иборат.
Қўлда турли нарсаларни айлантириш асносида муайян ҳаракатлар ҳам амалга оширилиши мумкин. Масалан, гўдак уйқу олдидан бармоғини сўради ёки тебранади, болалар эса бармоғини тишлайди. Мақсад яна ўша – ички ноқулайлик ҳиссини бартараф этиш. Бироқ шуни ҳам унутмаслик керакки, бу ҳолат асаб бузилиши ёки руҳий касаллик аломатлари ҳам бўлиши мумкин.
Гулчеҳра АЗИМОВА тайёрлади.
Кун ҳикмати

Ҳаёт велосипед ҳайдашга ўхшайди. Мувозанатни сақлаш учун ҳаракатда давом этиш керак.
Альберт Эйнштейн
Гумонланувчига нисбатан...
Шароф Рашидов туманининг “Яккақайрағоч” маҳалласида яшовчи Л.Р. ички ишлар органларига мурожаат қилиб, Жиззах шаҳрининг “Олмазор” маҳалласида истиқомат қилувчи таниши Б.Ҳ. фириб берганлигини билдирган. Маълум бўлишича, Б.Ҳ. шерикчилик асосида автомобиль савдоси билан шуғулланишни таклиф қилиб, Л.Р.дан 80 миллион сўм ҳамда 4 минг АҚШ доллари олган ва ўз шахсий эҳтиёжлари учун ишлатиб юборган. Ҳолат юзасидан гумонланувчига нисбатан жиноят иши қўзғатилди.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.

Жиззах вилояти.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#NO_COMMENT

Fuqarolar xavfsizligi kun-u tun taʼminlanmoqda


©️IIV JXD Axborot xizmati
———
Фуқаролар хавфсизлиги кун-у тун таъминланмоқда

©️ИИВ ЖХД Ахборот хизмати

👉 @postdarasmiy
FARG'ONADA XAYRIYА KONSERTLARI

IIV Madaniyat saroyi Ashula va raqs ansambli jamoasi tomonidan Farg'ona viloyati bo'ylab xayriya konsertlari namoyish etildi.
Farg'ona shahrida tashkil etilgan mazkur kechada ushbu hududda xizmat qilayotgan osoyishtalik posbonlari, ularning oila a'zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Bartaraf etilmoqda

Poytaxtimizning Uchtepa hamda Chilonzor tumanlarida hududiy Yo'l patrul xizmati xodimlari tomonidan sun'iy tirbandliklarga sabab bo'lib, yo'l harakati xavfsizligiga tahdid solayotgan yo'l yoqasidagi noqonuniy savdolar bartaraf etilib, fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar amalga oshirilmoqda.
O'z muxbirimiz.
Toshkent shahri.

👉 @postdarasmiy
TOPQIRLIGINGIZNI SINAB KO‘RING

Savol:
Quyida siz qadimgi eshik tutqichini ko‘rib turibsiz. Eshiklarga bunday tutqichlar qanday maqsadda o‘rnatilgan?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SAMARADORLIKNI OSHIRISH YO'LIDA

Toshkent viloyati IIBB xodimlari uchun navbatdagi amaliy o'q otish mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad ham shaxsiy tarkibning jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini yanada oshirishdan iboratdir.
O'z muxbirimiz.
2024/10/03 00:26:04
Back to Top
HTML Embed Code: