Telegram Web Link
FAXRIYLAR HOLIDAN XABAR OLINDI
Vobkent tumani IIB rahbariyati 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan viloyat IIO tizimida uzoq yillar davomida xizmat qilgan faxriylar holidan xabar olishdi. Soha faxriylari ko‘rsatilgan eʼtibor va g‘amxo‘rlik uchun cheksiz minnatdorlik bildirishdi.
Bu kabi ezgu amallar viloyatimiz bo‘ylab davom ettirilmoqda.
N.RAVSHANOV,
kapitan.
Buxoro viloyati.
PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI TEST SINOVLARINI TOPSHIRDI

2024–2025-o‘quv yili uchun hududlarda profilaktika inspektorlarini Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan boshqa davlat oliy taʼlim muassasalari sirtqi taʼlim shakliga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma beriladigan xodimlarni aniqlash maqsadida Buxoro shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Buxoro va Navoiy Ichki ishlar boshqarmalarida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari maxsus test sinovlaridan o‘tkazildi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Ehtirom koʻrsatildi
 
Bayram munosabati bilan Toshkent shahar IIBB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati hamda Mirzo Ulugʻbek tumani IIOFMB rahbariyati va shaxsiy tarkibi urush faxriysi-ichki ishlar organlari sobiq xodimi marhum polkovnik Dadash Inamjonovning yashash xonadoniga tashrif buyurilib, uning turmush oʻrtogʻi Valentina Inamjonovaning holidan xabar olindi. Unga ehtirom koʻrsatilib, sovgʻalar hamda oziq-ovqat mahsulotlari berildi, xonadonida obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Oʻz muxbirimiz
Toshkent shahri.

👉 @postdarasmiy
#JUMBOQ

Birinchi jahon urushi davrida britaniyaliklar o‘z kemalarini oq-qora chiziqlar bilan bo‘yab olishgan. Bu ham ittifoqchilarga uzoqdan kemaning qaysi mamlakatga tegishli ekanini anglatsa, ham dushmanlarga xalal berish maqsadini ko‘zda tutar edi.

Diqqat, savol: kemaning bunday bo‘yalishi ochiq dengizda dushmanga qanday xalal berishi mumkin?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov ishtirokida Buxoro viloyatida jamoat xavfsizligini hamda kriminogen vaziyatning barqarorligini taʼminlash masalalariga oid tezkor yigʻilish oʻtkazildi

▶️ Batafsil
———
Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожонов иштирокида Бухоро вилоятида жамоат хавфсизлигини ҳамда криминоген вазиятнинг барқарорлигини таъминлаш масалаларига оид тезкор йиғилиш ўтказилди

▶️ Батафсил

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
2024/10/03 23:19:45
Back to Top
HTML Embed Code: