Telegram Web Link
Yoshlar har bir mamlakatning kelajagi va ertangi kun poydevoridir

Bugun  yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar ularni o‘qish-o‘rganish, doimiy izlanish, ilm-fan, taraqqiyot cho‘qqilarini egallashga bo‘lgan qiziqishlarini oshirmoqda.

Yoshlar taraqqiyotning buyuk kuchlaridan biridir. Ular uchun barcha imkoniyatlar eshigi keng. Urgut tumanidagi 154-umumta’lim maktabida viloyat 3-sektor rahbari va yoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan tadbir doirasida bu jihatlar o‘z ifodasini topmoqda.

Keng ko‘lamli va rang-barang tadbir kun tartibidan maxsus harbiy texnikalar, hunarmandchilik va rasmlar ko‘rgazmasi, sport musobaqalari, kitob taqdimoti va teatrlashtirilgan tomoshalar o‘rin olgan. Tadbir yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini shakllantirish, ularni kitobxonlikka, sport va san’atga bo‘lgan qiziqiishlarini oshirishi bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.

Dastlab yoshlar tumandagi Urgut Erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lib, bu yerdagi sharoitlar, ishlab chiqarish jarayonlari  bilan tanishdilar. Probatsiya nazoratida turgan 5 nafar shaxslarning doimiy ish bilan bandligi ta’minlandi.

Shundan so‘ng tadbir tantanavor harbiy orkestr sadolari bilan boshlandi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari, Rahmat Mamatov va Urgut tuman hokimligi, sektor rahbarlari tadbir doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmalar bilan tanishar ekan, mavjud imkoniyatlar yoshlarning yutuqlari, muvaffaqiyatlari bilan samara berishi lozimligini ta’kidlashdi.

Boshqarma boshlig‘i kitobsevar yoshlarga badiiy kitoblar jamlanmasini tuhfa etdi. O‘quvchilar maktab faoliyati va bu yerda yaratilgan sharoitlar xususida ingliz, rus tillarida gapirib berishdi.

O‘zaro muloqot chog‘ida o‘quvchilarga yurtni sevish, ilmga intilish, ko‘ngilda vatanparvarlik tuyg‘usi ustun bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

5 nafar yoshlarga ID-kartalari topshirildi.

Intizor Abdusattorovaga esa O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat berildi.

Havaskor yosh rassomlarning ijodiy ishlari olqishlandi. Ijro etilgan badiiy-musiqiy raqslar, qo‘shiqlar yig‘ilganlar qalbiga ko‘tarinkilik ulashdi.

Boshqarma boshlig‘i sportchi yoshlar bilan muloqotda muvaffaqiyat sirlari, g‘alabaga intilish xususida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Voleybol musobaqalari do‘stlik o‘yinlariga aylandi.

Yoshlik ertangi kun uchun yangi rejalar, ilm-fan cho‘qqilarini egallash uchun berilgan imkoniyatdir. Kelajak bunyodkorlari shunga muvofiq doimo harakatda bo‘lmog‘i zarur.

Rahbar va yoshlar uchrashuvida Dinara Xudoynazarova ichki ishlar yo‘nalishida tahsil olish istagi borligini bildirgan bo‘lsa, Rayhona Xursanova tikuvchilik faoliyatini boshlashi uchun kredit ajratishda, SamDU talabasi Ibrohim Abdumo‘minov esa to‘lov- shartnoma pulini to‘lashda amaliy yordam berishni so‘radi.

Murojaat va takliflar ijrosi nazoratga olindi. Yoshlar bebaho xazina ekanligi, ular aql zakovati, iqtidori bilan  jahon miqiyosida yurtimiz nufuzini dunyoga tanitishi kerakligi qayd etildi.

Tadbir doirasida talabalar ijrosidagi Abdulhamid Cho‘lpon spektakli namoyish etildi. Bu yoshlarning jadidlar hayoti va faoliyatini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirdi.

Maxsus harbiy texnikalar va jangovar ko‘rgazmali chiqishlar tadbirning  unutilmas va yorqin lahzalarga boy bo‘lishini ta’minladi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

👉@samiibuz
Чествовали ветеранов
В преддверии праздника Дня памяти и почестей в зале для проведения занятий по духовности и просветительству УКД ОВД по городу Андижану состоялось торжественное мероприятие посвященное празднику. На него были приглашены ветераны органов внутренних дел. Председатель ветеранской организации подполковник в отставке Давронбек Юсупов вручил ряду ветеранов нагрудные знаки «Узбекистон ИИВ фахрийси», почетные грамоты и памятные подарки.
Б. Клейман.
Жиноят қуроли бўлмиш...
Зомин туманининг “Нурафшон” маҳалласида яшовчи С.В. ички ишлар органларига мурожаат қилиб, банк пластик картасидан 13 миллион сўм ечиб олинганлигини маълум қилган. Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилиб, олиб борилган тезкор қидирув тадбирлари натижасида ушбу қонунбузарлик Сурхондарё вилояти Термиз шаҳри “Гулистон” маҳалласида яшовчи С.Х. томонидан содир қилингани аниқланди. Ундан жиноят қуроли бўлмиш уяли алоқа воситаси ҳужжатлаштириб олинган.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.

Жиззах вилояти.
SURATLI LAVHALAR
Buxoro shahrida 3–5-may kunlari II Xalqaro zardo'zlik va zargarlik festivali o'tkazilmoqda. Jarayonlarda viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jamoat tartibini saqlash, fuqarolar salomatligini asrash, sodir bo'lishi mumkin bo'lgan turli ko'ngilsiz hodisalarga barham berish, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida xizmat olib borilmoqda.
O'z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi 154-umumtaʼlim maktabida viloyat 3-sektor rahbari va yoshlar ishtirokida tadbir oʻtkazildi

▶️ Batafsil
———
Самарқанд вилояти Ургут туманидаги 154-умумтаълим мактабида вилоят 3-сектор раҳбари ва ёшлар иштирокида тадбир ўтказилди

▶️ Батафсил

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
2024/10/03 17:22:34
Back to Top
HTML Embed Code: