Telegram Web Link
⚡️⚡️ Янги Ўзбекистонда тиббиёт соҳасида олий маълумотли кадрлар тайёрлаш йўлга қўйилмаган биронта ҳудуд қолмади.

❗️Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 22 июндаги “2021/2022 ўқув йилида Ўзбекистон Республикасининг олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилишнинг давлат буюртмаси параметрлари тўғрисида” ПҚ-5157-сон қарори билан Гулистон, Қарши ва Наманган давлат университетлари, Навоий ва Жиззах давлат педагогика институтлари, Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия ва спорт университетида тиббиёт бўйича олий маълумотли кадрлар тайёрлаш илк бор йўлга қўйилди.

☑️ Тиббиёт йўналишига ўқишга киришни режалаштираётган абитуриентлар учун ёрдам сифатида тиббий йўналишлар рўйхатини ОТМлар ва ҳудудлар кесимида жамладик.

Айтмоқчи, Тошкент тиббиёт академиясида илк бор очилган “Менежмент: соғлиқни сақлаш менежменти” ҳамда “Биотиббиёт муҳандислиги” йўналишларига ҳам алоҳида эътибор қаратишни тавсия қиламиз.
#Қабул2021
@otm_info
Абитуриентлар, шошилманг, етти ўлчаб бир кесинг, яхшилаб ўйланиб, кейин таълим йўналиши ва ОТМларни танланг ⬇️
@otm_info
#Qabul2021
⚡️ Maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

👨🏻‍💻 Tasdiqlangan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Davlat test markazining my.dtm.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda abituriyentlar my.dtm.uz saytining “Qabul-2021” bo‘limi orqali fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

📆 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 22-iyuliga qadar (22-iyul kuni ham) davom etadi.

❇️ Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
​#Қабул_2021 |#Абитуриентлар_диққатига |#Магистратура

⚡️Диққат, магистратурага қабул бошланди!

▶️ 2021 йил 5 июлдан Республика ОТМ магистратура мутахассисликларига қабул қилиш учун ҳужжатларни онлайн рўйхатдан ўтказиш жараёни бошланди.

✔️ 2021/2022 ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига ўқишга кириш учун ҳужжатларни топшириш жараёни Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий http://magistr.edu.uz веб-сайти орқали амалга оширилади.

❗️Эслатма:

Магистратурага қабул имтиҳонлари икки босқичда, мутахассислик фанидан ОТМ томонидан белгилангантартиб бўйича ва чет тили фанидан ДТМ томонидан тест ўтказиш орқали Ўзбекистон Республикаси Президенти қарори билан тасдиқланган давлат гранти ва тўлов-контракт асосида қабул параметрларига мувофиқ амалга оширилади.

👉 @eduuz
Forwarded from Edu.uz
Магистратура_турдош 2021.pdf
1.6 MB
#Қабул_2021 |#Абитуриентлар_диққатига |#Магистратура

⚡️Республика давлат ОТМ МАГИСТРАТУРАСИга қабул бўйича турдош олий таълим йўналишларининг рўйхати тасдиқланди

▪️Сиз, мазкур рўйхатдан қайси таълим йўналиши бўйича давлат ОТМ МАГИСТРАТУРАСИга қабул бўйича турдош олий таълим йўналишлари мослигини билиб олишингиз мумкин.

❗️Эслатма

✔️ 2021/2022 ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига ўқишга кириш учун ҳужжатларни топшириш жараёни Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий http://magistr.edu.uz веб-сайти орқали амалга оширилмоқда.

👉@eduuz
Ҳей, @xpressuz, нимагадир тушунмасангиз, мутахассислардан сўранг, ўқувчиларга нотўғри ахборот берманг:

“5231100-Жаҳон иқтисодиёти ва халқаро иқтисодий муносабатлар (минтақалар ва фаолият турлари бўйича)” таълим йўналиши негизида “5А231101- Жаҳон иқтисодиёти (минтақалар ва фаолият турлари бўйича)” ҳамда “5А231102- Ташқи иқтисодий фаолият (тармоқлар ва фаолият йўналишлари бўйича)” мутахассисликлари мавжуд.
❗️Турдошлар рўйхати бўйича эса, мазкур мутахассисликлар бўйича танловда барча иқтисодий таълим йўналишлари битирувчилари иштирок этиши мумкин.

@otm_info
Forwarded from Tarix | Kun.uz
Магистратура_турдош 2021.pdf
1.6 MB
Magistraturaga kim qaysi yo‘nalishga topshira olishi mumkinligi aniq bo‘ldi

▪️Bu yilgi qabuldan istalgan yo‘nalish magistraturasiga emas, faqat turdosh yo‘nalishga hujjat topshirish mumkin.

Masalan, bu yil yuridik yo‘nalishda magistraturada o‘qishni xohlaganlar yurisprudensiyani tugatgan bo‘lishlari shart. Lekin ayrim mutaxassisliklar uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati kattaroq. Masalan, iqtisod ta’lim yo‘nalishlari uchun.

Ba’zi yo‘nalishlar, masalan, jahon iqtisodiyoti uchun turdosh yo‘nalishlar ko‘rsatilmagan. Bu degani yo‘nalishga faqat jahon iqtisodiyotini tugatganlar hujjat topshira olishini anglatadi.

Ma’lumot uchun: magistraturaga qabul magistr.edu.uz veb-sayti orqali davom etyapti.

➡️ Xpress.uz – Siz kutgan format
Oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun magistr.edu.uz portalidan ro'yxatdan o'tishda muammoga duch keldingizmi @magistrhelp_bot ga murojaat qiling.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAFLFypj1KkaGQU14Dg
magistr.edu.uz portalidan ro'yxatdan o'tishda ko'p beriladigan savollarga javoblar.

1.Savol:
Magistr.edu.uz tizimidan ro’yxatdan o’tish bo’yicha yo’riqnoma mavjudmi?
Javob: Ro’yxatdan o’tish bo’yicha batafsil yo’riqnoma bilan ushbu havolaga o’tish orqali tanishishingiz mumkin.

2.Savol: Roʻyxatdan oʻtish davomida telefonimga sms kelmayabdi.
Javob: Roʻyxatdan oʻtish uchun hisob raqamingizda kamida 40 soʻm miqdorida mablagʻ boʻlishi lozim. Tizimda sms xabar xizmati mavjud boʻlib, ushbu xizmatdan foydalanganlik uchun har bir sms xabariga 40 soʻm miqdorida toʻlov, aloqa operatorlari tomonidan undiriladi.

3.Savol: Tizimga kirish uchun parolni unutib qo’ydim. Qanday qilib parolni qayta tiklashim mumkin?
Javob: Parolni qayta tiklash uchun, kirish menyusiga o’tasiz hamda “Parolni unutdingizmi” havolasi ustiga bosasiz hamda telefon raqamingizni qaytadan yuborasiz. Sizga tizimga kirish uchun yangi parol sms shaklida yuboriladi.

4.Savol:
JSH SHIR nima? magistr.edu.uz portali orqali magistraturaga hujjat topshirish jarayonida pasport ma'lumotlari so'ralmoqda.
Javob: JSHSHIR bu - Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami hisoblanadi. Rasmga qarang

5.Savol: Tizimga kirish uchun login va parolni qayerdan olaman?
Javob:
Tizim orqali roʻyxatdan oʻtish tugmasi yordamida, login sifatida telefon raqamingizni yozasiz va siz uchun eslashga qulay boʻlgan parolni ikki marotaba kiritasiz. Sizga sms xabarnoma orqali kod keladi. Mana shu kod bilan login va parolingiz aktivlashtirasiz.

6.Savol: Diplom ilovamni tizimga yuklash imkoniyati boʻlmayabdi.
Javob: Diplom ilovani pdf formatda 10 mb dan kichik hajmda yuklash lozim. Rasm (jpeg, jpg)ni pdf formatga oʻtkazish boʻyicha video yoʻriqnomaga qarang.

7.Savol: Test sinovlari topshirish hududi deganda nimani tushunish kerak?
Javob:
Test sinovlari topshirish hududi deganda, Davlat test markazi tomonidan olinadigan chet tili test sinovlari boʻlib oʻtadigan hudud nazarda tutilgan. Bunda Siz oʻzingizga qulay boʻlgan test topshirish hududini tanlash imkoniyatiga egasiz. Mutaxassislik fanidan imtihonlar esa, siz tanlagan oliy ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan joylarda tashkil etiladi.

8. Savol:
Ro'yxatdan to'liq o'tib "Ariza yuborish" tugmasini bosdim. Mening arizam qachon ko'rib chiqiladi.
Javob: Arizalar 15 iyuldan boshlab oliy ta'lim muassasasi tomonidan ko'rib chiqiladi. 1-qadamda ariza dastlab siz topshirmoqchi bo'lgan OTM tomonidan turdosh yo'nalishlar ko'rib chiqiladi. 2-qadamda ariza siz tugatgan OTM tomonidan diplom ilovasidagi fanlarning o'rtacha bali kiritilib tasdiqlab beriladi.
Forwarded from Edu.uz
Магистратура_турдош_тасдиқланди_2021.pdf
1.8 MB
#Абитуриентлар_диққатига

⚡️Битирувчилар учун Магистратура турдош йўналишлари рўйхати кенгайтирилди

🔰 Битирувчи ёшлар, уларнинг ота–оналари, кенг жамоатчилик ҳамда олий таълим муассасаларининг қўшимча таклифлари асосида қайта кўриб чиқилиб, республика давлат олий таълим муассасалари магистратурасига қабул бўйича турдош олий таълим йўналишларининг рўйхатига тегишли қўшимчалар ва ўзгартиришлар киритилди.

⚠️ 🩺 Тиббий соҳа бўйича турдош таълим йўналишлари рўйхати ихтисослик хусусиятларидан келиб чиққан ҳолда Соғлиқни сақлаш вазирлиги томонидан ишлаб чиқилганлигини қайд этамиз.
———
👀 Eduuzни кузатишда давом этинг!

👉 @eduuz
Forwarded from Edu.uz
#Эълон | #Ўқишни_кўчириш

⚡️Республика ОТМга ўқишни кўчириш учун онлайн ариза юбориш бошланди

🔘 2021/2022 ўқув йили учун республика олий таълим муассасаларига талабалар ўқишини кўчириш бўйича аризалар қуйидаги электрон тизимлар орқали рўйхатдан ўтказилади:

➡️ республиканинг бир олий таълим муассасасидан бошқа олий таълим муассасасига ёки бир олий таълим муассасаси доирасида – “transfer.edu.uz”;

➡️ хорижий ва нодавлат олий таълим муассасаларидан – “transfer.dtm.uz”.

▶️ Ушбу электрон “transfer.edu.uz” тизими орқали аризаларни қабул қилиш бошланди.

⚠️ transfer.dtm.uz орқали аризаларни 15 июль 22.00 дан бошлаб рўйхатдан ўтиш имконияти яратилади.
———
👀 Eduuz ни кузатишда давом этинг!

👉 @eduuz
Мен жорий йилда ўқишни тамомладим. Диплом файлларини қандай юклаб олишим мумкин ?

Жавоб:
Жорий йилдан бошлаб ОТМларда "Олий таълим жараёнларини бошқариш - HEMIS" ахборот тизими жорий этилмоқда. Ушбу ахборот тизими орқали талаба томонидан диплом файлларини юклаб олишнинг иккита йўли мавжуд:

1) Агар талабага персонал кабинет очилиб унга логин ва пароли берилган бўлса у ҳолда талаба ўз персонал кабинетидаги Талаба маълумоти / Диплом маълумоти менюси орқали диплом файлини юклаб олиши мумкин.

2) Логин ва пароли бўлмаган талабалар учун ҳар бир ОТМ тизимининг талаба қисмида алоҳида ҳавола очилган, масалан: Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети http://student.uzswlu.uz/dashboard/ Талаба шу ҳаволага кириб фуқаролик паспортидаги ёки ID-картасида кўрсатилган ЖШШИР-кодини киритиш орқали диплом файлини юклаб олиши мумкин. (юқоридаги расм)

Диплом файлларини юклаб олиш учун ОТМлар доменлари
magistr.edu.uz portalidan ro'yxatdan o'tishda ko'p beriladigan savollarga javoblar.

1.Savol:
Magistr.edu.uz tizimidan ro’yxatdan o’tish bo’yicha yo’riqnoma mavjudmi?
Javob: Ro’yxatdan o’tish bo’yicha batafsil yo’riqnoma bilan ushbu havolaga o’tish orqali tanishishingiz mumkin.

2.Savol: Roʻyxatdan oʻtish davomida telefonimga sms kelmayabdi.
Javob: Roʻyxatdan oʻtish uchun hisob raqamingizda kamida 40 soʻm miqdorida mablagʻ boʻlishi lozim. Tizimda sms xabar xizmati mavjud boʻlib, ushbu xizmatdan foydalanganlik uchun har bir sms xabariga 40 soʻm miqdorida toʻlov, aloqa operatorlari tomonidan undiriladi.

3.Savol: Tizimga kirish uchun parolni unutib qo’ydim. Qanday qilib parolni qayta tiklashim mumkin?
Javob: Parolni qayta tiklash uchun, kirish menyusiga o’tasiz hamda “Parolni unutdingizmi” havolasi ustiga bosasiz hamda telefon raqamingizni qaytadan yuborasiz. Sizga tizimga kirish uchun yangi parol sms shaklida yuboriladi.

4.Savol:
JSH SHIR nima? magistr.edu.uz portali orqali magistraturaga hujjat topshirish jarayonida pasport ma'lumotlari so'ralmoqda.
Javob: JSHSHIR bu - Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami hisoblanadi. Rasmga qarang

5.Savol: Tizimga kirish uchun login va parolni qayerdan olaman?
Javob:
Tizim orqali roʻyxatdan oʻtish tugmasi yordamida, login sifatida telefon raqamingizni yozasiz va siz uchun eslashga qulay boʻlgan parolni ikki marotaba kiritasiz. Sizga sms xabarnoma orqali kod keladi. Mana shu kod bilan login va parolingiz aktivlashtirasiz.

6.Savol: Diplom ilovamni tizimga yuklash imkoniyati boʻlmayabdi.
Javob: Diplom ilovani pdf formatda 10 mb dan kichik hajmda yuklash lozim. Rasm (jpeg, jpg)ni pdf formatga oʻtkazish boʻyicha video yoʻriqnomaga qarang.

7.Savol: Test sinovlari topshirish hududi deganda nimani tushunish kerak?
Javob:
Test sinovlari topshirish hududi deganda, Davlat test markazi tomonidan olinadigan chet tili test sinovlari boʻlib oʻtadigan hudud nazarda tutilgan. Bunda Siz oʻzingizga qulay boʻlgan test topshirish hududini tanlash imkoniyatiga egasiz. Mutaxassislik fanidan imtihonlar esa, siz tanlagan oliy ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan joylarda tashkil etiladi.

8. Savol:
Ro'yxatdan to'liq o'tib "Ariza yuborish" tugmasini bosdim. Mening arizam qachon ko'rib chiqiladi.
Javob: Arizalar 15 iyuldan boshlab oliy ta'lim muassasasi tomonidan ko'rib chiqiladi. 1-qadamda ariza dastlab siz topshirmoqchi bo'lgan OTM tomonidan turdosh yo'nalishlar ko'rib chiqiladi. 2-qadamda ariza siz tugatgan OTM tomonidan diplom ilovasidagi fanlarning o'rtacha bali kiritilib tasdiqlab beriladi.
Forwarded from Edu.uz
| 📢 ДИҚҚАТ!

⚡️Вазирликнинг CALL CENTER хизмати телефон рақами янгиланди

🔹2021/2022 ўқув йили учун ОТМга қабул жараёни даврида абитуриентлар ва уларнинг ота-оналарига қулайлик яратиш ҳамда уларни қизиқтирган саволларига тезкор жавоб бериш мақсадида Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигида ташкил этилган CALL CENTER хизмати телефон рақами янгиланди.

☎️ Фуқаролар 71-230-64-64 телефон рақами орқали CALL CENTER хизмати билан боғланиб, ОТМда ташкил этиладиган ижодий имтиҳонлар, республиканинг бир ОТМдан бошқа ОТМга ёки бир ОТМ доирасида ўқишни кўчириш, касб-ҳунар мактаблари ва магистратура мутахассисликларига қабул жараёнларига оид ўзларини қизиқтирган саволларига жавоб олишлари мумкин.

❗️Ушбу хизмат ҳафтанинг якшанба кунидан ташқари ҳар куни соат 9:00дан 17:00га қадар фаолият кўрсатиб келмоқда.

Эслатма ўрнида, Олий ва ўрта махсус таълим вазири ҳамда вазир ўринбосарларининг мурожаатлар платформаси орқали ҳам фуқаролар ўз саволларига жавоб олиши йўлга қўйилган.

👉 @eduuz
Forwarded from Edu.uz
Turdosh yo'nalishlar ro'yxati.pdf
1.3 MB
〰️〰️〰️〰️〰️
#Қабул_2021

2021/2022 ўқув йили учун олий таълим йўналишлари ва мутахассисликлари классификатори бўйича турдош таълим йўналишлари РЎЙХАТИ тасдиқланди

———
👀 Eduuz дан йироқлашманг!
1.Savol: Tizimga kirish uchun parolni unutib qo’ydim. Qanday qilib parolni qayta tiklashim mumkin?
Javob: Parolni qayta tiklash uchun, kirish menyusiga kirasiz hamda “Parolni unutdingizmi” havolasi ustiga bosasiz hamda telefon raqamingizni kiritasiz. Shundan so'ng sizga tizimga kirish uchun yangi parol sms shaklida yuboriladi. (Izoh sizning balansingizda kamida 40 so'm bo'lishi kerak)

kanalga ulanish 👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAFLFypj1KkaGQU14Dg
Cавол: Мақсадли қабулда иштирок этмоқчи эдим. Бу қандай амалга оширилади.

Жавоб: Бунинг учун:
1. Сизнинг аризангиз
magistr.edu.uz платформаси орқали юборилган бўлиши ҳамда ариза ҳолати "Ариза қабул қилинди" кўринишида бўлиши лозим;

2. magistr.edu.uz платформаси орқали "Мақсадли қабул" бўлимига кирасиз ва танлаган мутахассислигингизда мақсадли қабул мавжуд бўлса Сиз ушбу танловда қатнаша оласиз.

Мақсадли қабул квоталари ҳақида 2021/2022 қабул йили учун қабул квоталарида танишиб чиқишингиз мумкин.
Forwarded from Sardor Radjabov (MMTV)
Абитуриент рухсатномасини телеграм орқали ҳам олишингиз мумкин.
@mandat2021bot
@mandat2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

@radjabovs
2024/09/28 02:17:30
Back to Top
HTML Embed Code: