Telegram Web Link
“Ustoz” milliy mukofoti tanlovi ishtirokchilaridan mahorat darslari bo'lib o‘tdi

Navro'z bayrami arafasida tashkil etilgan mazkur mahorat darslariga ko'plab pedagoglar qiziqish bildirib, ishtirok etish uchun respublikaning olis viloyatlaridan ham tashrif buyurishdi.

"Biz ushbu mahorat darsiga dovon oshib keldik, ochig‘i ko‘nglimizda biroz hadik ham bor edi, yangiliklar olamizmi, kutganimizdek o‘tarmikan, deb ming xayolda keldik. Mahorat darslari va ma'ruzachilarning taqimotlari kutganimizdan ziyod bo‘ldi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etilgan, bu kabi mahorat darslarini ko'p tashkil etish ta'lim tizimini yana bir yuqori pog'onalarga olib chiqadi," - deb ta'kidladi Andijon viloyati Baliqchi tumani 2-son umumta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi Hulkaroy Qosimova.

👉Mahorat darsi haqida batafsil o'qish

Bizga obuna bo'ling 👇

Telegram| Facebook| Instagram
Qadrli ustoz va murabbiylar!

"O‘qituvchilar Assotsiatsiyasi " jamoat birlashmasi barchangizni ulug‘ ayyom - Ramazon Hayiti bilan muborakbod etadi!

Sizlarga sihat-salomatlik, xonadoningizga fayz-baraka, yaqinlaringizga baxt-saodat tilaymiz. Hayotingiz ezgu amallarga boy bo'lishida tilakdoshmiz!

Kelgusi Ramazonga sog‘-omonlikda, tinchlik va xotirjamlikda yetishishlikni nasib aylasin.
Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan harbiy-vatanparvarlik tadbiri bo‘lib o‘tdi

6-may kuni Toshkent shahridagi 5-umumta’lim maktabida erta tongdan mehmonlar – iste’fodagi polkovniklar, “Vatan” xayriya jamg‘armasi jangchilarga yordam berish jamg‘armasi a’zolari: Sheyko Aleksey Alekseyevich, Djumagulov Tursun Turg‘unovich va Galiyev Alisher Anvarovichni kutib olindi.

Tadbir haqida batafsil

*******
Прошло военно-патриотическое мероприятие, посвящённое Дню Памяти и Почестей

6 мая в средней общеобразовательной школе № 5 города Ташкента с утра встречали гостей - полковников в отставке, членов благотворительного Фонда участников боевых действий "Ватан": Шейко Алексея Алексеевича, Джумагулова Турсуна Тургуновича и Галиева Алишера Анваровича.

Подробно о мероприятии

Telegram| Facebook| Instagram
Hurmatli Toshkent shahri va Toshkent viloyati maktab rahbarlari!

Ko'p sonli iltimoslaringizga ko’ra, 2022-yil 14-may kuni Toshkent shahridagi maktablardan birida maktab direktori va ularning o'rinbosarlari uchun mahorat darsi tashkil qilamiz. Mahorat darsida:
• Talim sifatini oshirishga takliflar
• Maktabni rivojlantirish uchun byudjetdan tashqari mablag'larni jalb qilish yollari
• Qanday qilib maktab jamoasini faollashtirish mumkin?
• Jamoada sog'lom psixologik muhitni qanday yaratish mumkin? kabi mavzular ochib beriladi.

Mahorat darsi yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.

Mahorat darsi o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

📍O‘tkazilish joyi: Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi maktab (Tuzel dahasi).
🕒Vaqt: 09:00 dan 15:00 gacha.

Ishtirok etish uchun 2022-yil 14-maygacha roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Roʻyxatdan oʻtish uchun bu yerga quyidagi maʼlumotlarni taqdim eting: To'liq ismi sharif, lavozim, maktab raqami, maktab manzili.
2024/07/01 14:42:24
Back to Top
HTML Embed Code: