Telegram Web Link
☄️Oliy ta'limda islohot

Davlat buyurtmasini shakllantirish bo‘yicha:

davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlash tartibi joriy etiladi.

Manba: Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi.

📌 @oliymaktabakademiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasini qisqartirib, ushbu kvotalarni ustuvor ravishda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalari orasida taqsimlanadi.

Manba: Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi.

📌 @oliymaktabakademiyasi
2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy
ma’lumotli kadrlarni tayyorlash va ularga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi.

Manba: Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi.

📌 @oliymaktabakademiyasi
#ABITURIYENT

☄️O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari oʻzgardi

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish balini 2 bosqichda oshirib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball);

Manba: Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi.

📌 @oliymaktabakademiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️Davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi

Bunda:

ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi;

ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi;

Manba: Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi.

📌 @oliymaktabakademiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:

ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;

soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi;

(Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi)

Manba: Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi.

📌 @oliymaktabakademiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️Oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkaziladi.

Bunda:
— abituriyentlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda:
1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.

Amalda abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda mos 5 tagacha oliygohni (yo‘nalishni) tanlaydi va ushbu oliygohlar (yo‘nalishlar) bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.

Manba: Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi.

📌 @oliymaktabakademiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#abituriyent

Testdan soʻng abituriyentga yoʻnalish tanlashga 10-15 kun vaqt beriladi.

Avval test, keyin yoʻnalish tanlash tartibining texnologik nizomi ishlab chiqilyapti, tez orada eʼlon qilinadi.
Tayyor boʻlgach, tartib tushunarli roliklar tarzida abituriyentlarga taqdim etiladi. Yoʻnalish tanlash uchun abituriyentga 10-15 kun vaqt berilishi mumkin.

📌 @oliymaktabakademiyasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#abituriyent

Ўқишга кириш учун минимал ўтиш баллари қанчага кўтарилади?

Вазир Қўнғиротбой Шарипов маълум қилди.

Жорий йилда барча йўналишлар учун минимал ўтиш бали оширилади, энди аввалгидек 56,7 балл билан ўқишга кириш имкони бўлмайди.

Кейин йилда эса, ўтиш бали янада оширилади.

Жорий йилги, яъни 2024-2025- ўқув йили учун ўтиш баллари:

– соғлиқни сақлаш, ҳуқуқ, бизнес ва бошқарув йўналишлари учун – 75,6 балл;
– бошқа йўналишлар учун – 66,5 балл этиб белгиланади.

Келаси йили, яъни 2025-2026- ўқув йили учун ўтиш баллари:

– соғлиқни сақлаш, ҳуқуқ, бизнес ва бошқарув йўналишлари учун – 94,5 балл;
– бошқа йўналишлар учун – 75,6 балл этиб белгиланади.

📌 @oliymaktabakademiyasi
“Аввал тест, сўнг танлов” тамойили жорий этиладиПрезидент фармони

2024/2025 ўқув йилидан бошлаб давлат олий ва профессионал таълим муассасаларига (касб-ҳунар мактаби бундан мустасно) қабул қилиш бўйича имтиҳонлар “аввал тест, сўнг танлов” тамойилига мувофиқ бир вақтда ўтказиади.

Бунда:

▪️абитуриентлар ўз танловига кўра тест синови натижасида тўплаган балидан келиб чиқиб, дастлаб олий таълимнинг бакалавриат таълим йўналишларига, сўнг профессионал таълим муассасаларига ўқишга кириш учун танловда иштирок этади;

▪️давлат олий таълим муассасалари бакалавриатига қабул жараёни қуйидаги икки босқичда амалга оширилади:

биринчи босқичда абитуриентлар ҳар йили 5 июндан 25 июнга қадар (25 июнь куни ҳам) тест синови топшириш учун рўйхатдан ўтади ҳамда тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси, таълим тили ва тест топшириш ҳудудини ҳамда кириш имтиҳонлари таркибида касбий (ижодий) имтиҳон бўлса, ушбу имтиҳонни топширадиган давлат олий таълим муассасасини танлайди. Бунда бакалавриат таълим йўналишлари бўйича ягона касбий (ижодий) имтиҳонлар дастурлари ва баҳолаш мезонлари тегишли вазирликлар (идоралар) томонидан Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги билан келишилган ҳолда тасдиқланади;

ўқишга қабул қилиш бўйича кириш имтиҳонлари июль–август ойларида ўтказилади;

иккинчи босқичда абитуриентлар тест синовлари тўлиқ якунланганидан сўнг 15 кун давомида олий таълим муассасаси, бакалавриат таълим йўналиши ва таълим шаклини танлайди;

▪️2025/2026 ўқув йили қабулидан бошлаб фанлар мажмуасида чет тили биринчи фан сифатида белгиланган таълим йўналишларига қабул хорижий тилни билиш даражасини белгиловчи миллий ёки халқаро сертификат асосида амалга оширилади;

барча давлат коллеж ва техникумларига “аввал тест, сўнг танлов” тамойилига мувофиқ қабул қилишда абитуриентлар коллеж ва (ёки) техникумни, касб ва мутахассисликни ҳамда таълим шаклини олий таълим муассасаларига қабулнинг якуний натижаси эълон қилинганидан сўнг 10 кун муддатда танлайди.

📌 @oliymaktabakademiyasi
❗️Абитуриентлар диққатига: Олий таълим муассасаларига қабул жорий йилнинг 5 июнидан бошланади — Президент фармони.

📌 @oliymaktabakademiyasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#абитуриент

Абитуриентларга етказинг, жуда керакли маълумотларни олади.

📌@oliymaktabakademiyasi
#abituriyent

Katta ehtimol bilan

❗️Kirish imtihonlari 14 — 28-iyul sanalarida boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda.

14-iyulda (2 smenada ham) boʻlajak huquqshunoslar imtihonni boshlab berishi kutilmoqda.

Imtihonlar 28-iyulda yakunlanadi hamda 30-iyuldan boshlab 15 kun yoʻnalish tanlash imkoniyati yaratiladi. 13-avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin boʻladi) ushbu muddat yakunlanadi.

Keyin 7 kunlik muddatdan soʻng mandat hisoblanadi hamda 21-22-avguvstda mandat eʼlon qilinadi.


📌 @oliymaktabakademiyasi
Rasman: Test sinovlari 14 — 28-iyul kunlari boʻlib oʻtadi.

📌 @oliymaktabakademiyasi
Америкалик режиссёр томонидан суратга олинган ўзбекистонлик фоҳиша қиз ҳақидаги "Анора" деган фильм 77-Канн кинофестивалида “Олтин пальма япроғи” билан тақдирланибди.

Кимлардир дарғазаб бўлаётгандир. Тўғриси, одамга алам қилади. Лекин, ёшларнинг салоҳияти борасида дунёга нимани ҳам кўз-кўз қила олар эдик. Биз буюк давлатмиз деб ўзимизни алдашимиз мумкин, лекин кўплаб давлатларда Ўзбекистон деган давлат борлигини билишмайди ҳам. Масалан, сиз ҳам Гондурас деган давлат борлигини билмайсиз-ку...

Дунёга танитади деб спортга зўр бердик. Лекин на кучайиб кетдик, на бой бўлиб кетдик...

Шунинг учун эътибор қаратилиши керак бўладиган ягона соҳа бўлса, у ҳам таълим!

@adolat_kuychisi
🌱Қурбон ҳайити байрами барчангизга муборак бўлсин.
Бир неча кундан бери ўзбек вайнларини кузатиб, шунга амин бўлдимки, энг савиявиз ва фахш вайнлар бухоролик вайнерлар томонидан қилинар экан.

Очиғи, бунақаларни кўриб, бухоролик эканлигимдан уялиб кетдим. Ҳазиллар шу даражада куракда турмайдиган ифлоски, бир пайтлари Ислом қуввати деб таърифланган шариф шаҳар учун буни тавқи лаънат белгиси деб қабул қилдим.

Бухоро шаънига доғ бўлаётган бу хоинваччаларни номма-ном санаб ўтирмайман. Ушбу постим ҳам уларга етиб бориши ҳам даргумон. Ҳар ҳолда, ёзаётганлимиз бунақа бетайин, тутуриқсизларга ҳеч қачон қизиқ ҳам, тушунарли ҳам бўлмайди.

Шунчаки уларга Аллоҳдан инсоф сўраб қоламиз. Илтимос, ота-оналар фарзандингиз нима билан шуғулланаётганига эътиборли бўлинглар. Уч-тўрт сўм пул топар экан, деб миллат қони булғанишига қўйиб берманг!

© Девонайи Ҳақгўй

📌 @oliymaktabakademiyasi
Joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent test sinovlariga kirgan.

65 ming 243 nafar abituriyent testga kelmagan, 94 nafar abituriyent esa testdan chetlashtirilgan.

Testga kirgan abituriyentlarning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:

Samarqand — 87 570
Qashqadaryo — 84 874
Fargʻona — 73 146
Andijon — 59 951
Surxondaryo — 57 199
Toshkent viloyati — 56 188
Qoraqalpogʻiston — 51 502
Namangan — 46 480
Jizzax — 43 232
Xorazm — 41 854
Toshkent shahri — 39 518
Buxoro — 38 084
Navoiy — 32 725
Sirdaryo — 25 028

📌 @oliymaktabakademiyasi
⚡️ 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida hududlar kesimida o‘rtacha ballar ko‘rsatkichi

1. Buxoro viloyati — 75,9 ball
2. Toshkent shahri — 74,6 ball
3
. Farg‘ona viloyati — 69,9 ball
4. Namangan viloyati — 68 ball
5. Xorazm viloyati — 68 ball
6. Navoiy viloyati — 67,2 ball
7. Samarqand viloyati — 67 ball
8. Qashqadaryo viloyati — 65,9 ball
9. Jizzax viloyati — 65,5 ball
10. Surxondaryo viloyati — 64,7 ball
11. Toshkent viloyati — 64 ball
12. Andijon viloyati — 63,5 ball
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 63,3 ball
14. Sirdaryo viloyati — 62,8 ball


📌 @oliymaktabakademiyasi
❗️Minimal oʻtish bali oʻzgarmadi

Davlat qabul komissiyasi tegishli bayoni bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlandi.

Unda ko‘ra:

🔹 davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%);

🔸 toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.

Minimal oʻtish ballar oshirilgan edi.

Nega oʻtish ballari oʻzgarishsiz qoldirildi?

PS. Katta ehtimol bilan joriy yildagi qabul kvotasi (200 mingga yaqin) ayrim yoʻnalishlarda toʻlmay qolish xavfi boʻlganligi uchun oʻtish ballari oʻzgarishsiz qoldirilgan boʻlishi mumkin.

📌 @oliymaktabakademiyasi
2024/11/15 17:18:27
Back to Top
HTML Embed Code: