Telegram Web Link
Qurbon xayiti arafasida keksa avlod vakillariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida  O‘zbekiston Milliy kutubxonasida uzoq yillar faoliyat yuritgan va hozirda nafaqada bo‘lgan bir guruh mehnat faxriylari holidan xabar olindi
🙏 Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilatdir.
🤲 Sohada uzoq yillar xizmat qilgan faxriylar yoshlarga uzrlari xizmat qilgan davri haqida so‘zlab berdilar, hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, sohaning yetuk kadrlari bo‘lib yetishishda o‘zlarining beminnat maslahatlarini berdilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024-yil 15-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Fanlari akademiyasi akademigi, tarixchi-olim, tarix fanlari doktori, astrometriya va astronomiya tarixi mutaxassisi, professor Vladimir Petrovich Sheglov  tavalludining  120 yilligiga bag‘ishlangan “Ilm-fan zahmatkashi” deb nomlangan adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi.
📚 Unda Vladimir Shcheglov hayoti va ilmiy faoliyatiga doir adabiyotlar o‘rin olgan.
Vladimir Sheglovning asosiy ilmiy ishlari noyob astronomik asboblar yordamida yuлduzlarni kuzatib, aniq vaqtni belgilash va ular orqali joylardagi geografik uzunliklarning oʻzgarib borishini tekshirishga bagʻishlangan.
📝 U Ulugʻbek rasadxonasining geografik koordinatalarini va asosiy asbobi oʻqining azimutini aniqlagan.
📝 Vladimir Sheglov Xalqaro astronomiya ittifoqi aʼzosi. Kichik sayyoralardan biriga Vladimir Sheglov nomi berilgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#Kun_hikmati

Aziz kitobxonlar, biz sizlarga buyuk shaxslar tomonidan qayd etilgan hikmatli fikrlardan berib borishda davom etamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024-yil 19-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari Sergeli tumani MMTB tasarrufidagi 317-IDUMda tashkil etilgan "QO’NG’IROQCHA"nomli yozgi bolalar sog’lomlashtirish maydonchasida Jahon bolalar futboli kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazdilar.
⚽️ Tadbir davomida bolajonlarga futbol tarixi haqida malumot berildi. Bolajonlar jamoalarga bo‘linib futbol o‘ynadilar,  sport va xususan,  futbol mavzusiga bag‘ishlangan adabiy viktorinada bellashdilar va o‘zlari o‘qigan kitoblari asosida o‘tkazilgan savol-javobda o‘z bilimlarini namoyish etdilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024-yil 19-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” o‘quv zalida Jahon bolalar futboli kuniga bag‘ishlangan “Futbol…Futbol…Futbol!” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
📚 Jahon bolalar futboli kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazmada mashxur futbol jamoalari, mahoratli futbolchilar, jahon chempionatlari hodisalari, futbol o‘yinlari chog‘ida bo‘lib o‘tgan qiziqarli voqealar, futbol o‘ynash texnikasi bilan tanishtiruvchi kitoblar namoyish etilgan. Ko‘rgazmadan o‘rin olgan kitoblar futbol tarixi, ilk futbol jamoalari va o‘yinlari, taniqli sport sharxlovchilarining, futbol hakamlarining, futbolchi va futbol ishqibozlarining o‘zbek va jahon futbolida yorqin iz qoldirgan mashhur sport sharxlovchilari, hakamlar va futbolchilar haqidagi xotiralari, hozirgi mohir o‘zbek futbolchilari, trenerlari va hakamlarining kasbiy faoliyati, mahorati va insoniylik xususiyatlari haqida hikoya qiladi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024/06/19 19:33:22
Back to Top
HTML Embed Code: