Telegram Web Link
EIFL xalqaro konsorsiumining elektron bazalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotchilarga seminar o‘tkazildi

📌
Joriy yil 20-sentyabr kuni Yangi O'zbekiston universiteti ilmiy xodimlari uchun O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati mutaxassisi Husniya Boysunova tomonidan xorijiy ilmiy-ta’limiy bazalar haqida seminar-trening o‘tkazildi.

📌 Seminarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining EBSCO Information services, ProQuest Dissertations & Theses, PressReader, EastView, EBS Znanium, Web of Science Core Collection, Springer Nature hamda EIFL xalqaro konsorsiumining elektron bazalari haqida ma’lumot berildi.

📌 Shuningdek, mazkur bazalardan foydalanish, platforma bilan ishlashning samarali usullari, to‘liq matnli resurslarni yuklash, ilmiy ma’lumotlar qidirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun platforma imkoniyatlari bilan tanishtirish kabi mavzularda batafsil ma’lumot berildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024/09/25 15:20:37
Back to Top
HTML Embed Code: