Telegram Web Link
ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 – O'zbekiston uchun IT sohasidagi eng muhim tadbir

📌
Joriy yilning 17–20 sentyabr kunlari oralig’ida o’tkazilishi rejalashtirilgan "ICT WEEK UZBEKISTAN 2024", o‘zining 20 yillik yubileyini nishonlagan holda, yana bir bor O‘zbekistonning IT mutaxassislari va innovatorlarini birlashtirgan asosiy maydon bo‘ldi. 17-sentyabr kuni poytaxtda tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, unda 50 dan ortiq mamlakatdan 200 dan ortiq kompaniyalar qatnashdi.

📌 Ushbu ochilish marosimida O’zbekiston Milliy kutubxonasining IT mutaxassislari ham ishtirok etishdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024-yil 17-sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Kitobxon onalar” kuni o'tkazildi

📌 An'anaviy tarzda har oyning 17-sanasida o'tkaziladigan tadbir ZOOM platformasi orqali respublikamizdagi barcha axborot-kutubxona markazlariga uzatildi.

📌 Navbatdagi “Kitobxon onalar” kuni ma'naviy-ma'rifiy tadbiri 1-oktyabr - “O‘qituvchi va murabbiylar” kuniga bag‘ishlangan bo‘lib, “Ma'rifat bog‘iga bog‘bonsiz-ustoz!” deb nomlandi.

📌 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva tadbir ishtirokchilarini qutlar ekan, yurtimizda kitobxon onalarning ko‘payib borayotgani quvonarli xol ekanligini, yoshlarda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini shakllantirishda ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyosligini ta'kidladi.

♻️ BATAFSIL

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!


Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
She’riy konsert davom etadi!

Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “MUTOLAA’DA SHE’RIYAT” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasini taqdim etadi.

Dastur qahramoni: “Do‘stlik” ordeni sohibi, shoir Shodmonqul SALOM

Mehmon: shoir va aktyor ERKIN BOZOROV

📝 So‘z va adabiyot muxlislarini 20-sentabr (kuni) soat 17:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz.

Ro’yxatdan o’tish uchun ushbu soʻrovnomani to’ldiring:
https://forms.gle/BJeQBMhLreJXnHj29

BU UNUTILMAS KECHA BO‘LADI!

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!


Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
96%
Arzon
4%
Orzon
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
30%
Beahloq
70%
Beaxloq
Assalomu alaykum aziz kuzatuvchilar!

🔹 Barchangizga malumki, #xatosiz_yozing heshtegi muntazam ravishda sahifamiz orqali ulashilmoqda. Ushbu heshteg bilan sahifamizga joylanadigan so'rovnomalar davom etishini xohlasangiz riaksiya qoldiring.

Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Hurmat bilan, O'zbekiston Milliy kutubxonasi Matbuot xizmati.
📝 O’zbekiston Milliy kutubxonasi Turkiya jurnalida📖

🟡Turkiyaning turkiy xalqlarning madaniyati, san'ati va urf-odatlari haqida hikoya qiluvchi “Bengütaş” kutubxona jurnalining 2024-yil 3-sonida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayevaning Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati haqida hikoya qiluvchi maqolasi chop etildi.

🟡Maqolada yurtimizda kitobxonlik, mutolaa madaniyati, kutubxona sohasi hamda uning vakillari bo‘lmish kutubxonachilarga qaratilayotgan yuksak e'tibor alohida ta'kidlangan, mamlakatimizdagi barcha axborot-kutubxona muassasalari uchun muvofiqlashtiruvchi va uslubiy markaz bo‘lgan Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining tarixi va bugunini bog‘lab turuvchi maʼnaviy, madaniy markaz sifatida jamiyatning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirib, intellektual va yuksak ma’naviy mulk manbai sifatida xizmat qilib kelayotgani tilga olingan.

🟡 Shuningdek, U. Teshabayeva o‘z maqolasida bugungi kunda Milliy kutubxonada foydalanuvchilarga zamonaviy xizmatlarni ko‘rsatib kelayotgan Milliy umumta’lim elektron kutubxona markazi, Skanerlash va raqamlashtirish, Multimedia studiyasi, Raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlash, Texnik va texnologik qo‘llab quvvatlash xizmatlarining faoliyati bilan tanishtiradi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/24 11:18:32
Back to Top
HTML Embed Code: