Telegram Web Link
#qutlov

2024-yil 24-avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san'at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni axborot-kutubxona sohasining barcha vakillarini quvontirdi.
Sababi, sohada uzoq yillar samarali mehnat qilib, O‘zbekistonda kutubxonachilik sohasini yangi pog‘onaga chiqishida, viloyat va tumanlarda axborot-kutubxona muassasalari ko‘payishida, ularning zamonaviy jixozlar bilan ta'minlanishida, kutubxonalarda yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda ko‘plab ahamiyatli loyihalarni joriy etgan 2012-2016-yillarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Xodjaev Asadjan Azatbekovich ham «Shuhrat» medali bilan munosib taqdirlandi.
Biz, kutubxonachilar Xodjaev Asadjan Azatbekovichni yuksak Davlat mukofoti bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ishlarida rivoj, istiqbolli tashabbuslar va g‘oyalar ijobatini tilab qolamiz.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
23-26 август кунлари Тошкент ва Самарқанд шаҳарларида VIII халқаро конгресси ва унинг доирасидаги тадбирлар бўлиб ўтмоқда.

Тадбир CNN, Euronews, “Россия-Культура”, “Мир”, “Россия-24”, шунингдек, Марказий Осиё давлатларидан телеканаллари , 20 га яқин хорижий журналист ҳамда маҳаллий ОАВлар томонидан кенг ёритилмоқда.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
21%
Barxam bermoq
79%
Barham bermoq
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
12%
Alambalo
88%
Allambalo
#Mushohada

🚴 Agar siz o‘sha ishongan odamingiz o‘shanda sizni qo‘yib yubormaganda, velosiped haydashni o‘rganmagan bo‘lar edingiz!

Qayta o‘qing…

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#Mustaqillik_33_yil
#Bir_bõlsak_yagona_xalqmiz_birlashsak_Vatanmiz

🖇 Mustaqillik deklaratsiyasi 1990-yil 20-iyunda Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-sessiyasida qabul qilingan. U Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishida muhim qadam boʻldi. Ana shu hujjat asosida Oʻzbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi va 1991-yil 31-avgustda “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida” qonun qabul qilindi hamda shu qonun doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining bundan keyin Oʻzbekiston SSRni Oʻzbekiston Respublikasi deb atash va 1-sentyabrni Mustaqillik kuni deb e'lon qilish belgilandi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#Navoiy_583
#Kutubxona_va_Navoiy

Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni ulug‘ bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan #Navoiy_583 va #Kutubxona_va_Navoiy xeshtegi ostida ulug‘ bobomiz g‘azallarida qayd etilgan Navoiy lug‘atidan o‘rin olgan so‘zlarning sharhi bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

➡️ Navbatdagi so‘zimizni...

👆Yuqoridagi rasm orqali bilib olishingiz mumkin.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
17%
Anoiy
83%
Anoyi
#Jadidlar

📖 Yutganing o‘zingniki, chaynaganing – gumon.


✍️ Abdulhamid Cho‘lpon

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Zikrilla Neʼmatning “Qatag‘on o‘pqoni” va “Olamni angla, bolam!” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
“Kutubxonashunoslik asoslari” 40 soatlik o’quv kursi tashkil qilindi

📌 Toshkent shahrida bir qator banklar homiyligida 109 ta Mahallada mahalla kutubxonalari tashkil etilgan bo'lib, o‘quv mashg‘ulotlariga ushbu kutubxona xodimlari jalb qilingan, 4 ta guruhga taqsimlab ularning bilim-ko'nikmalari oshirilmoqda.

📌 Joriy yilning 19-avgustidan 23-avgustiga qadar 1-guruhning 25 nafar tinglovchilari 5 kun davomida nazariy hamda amaliy bilim ko’nikmaga ega bo’lib, darsliklar asosida tashkil qilingan testlarni topshirib, sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

♻️ O'quv mashg'ulotlari davom etmoqda.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#Mustaqillik_33_yil
#Bir_bõlsak_yagona_xalqmiz_birlashsak_Vatanmiz

🇺🇿 1992-yil 3-iyulda “Oʻzbekiston Respublikasida bayramlar toʻgʻrisida”gi 669-XII-sonli davlat qonuni qabul qilindi, unda bayram nishonlanadigan kunlar, jumladan, Mustaqillik kuni ham belgilandi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024/09/25 19:20:20
Back to Top
HTML Embed Code: