Telegram Web Link
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, isteʼfodagi polkovnik Zikrilla Neʼmatovning “Qatag‘on o‘pqoni" nomli pyesalar to‘plami va jajji kitobsevarlar uchun "Olamni angla, bolam" nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi

🔶
Zikrilla Neʼmatovning “Qatag‘on o‘pqoni" nomli pyesalar to‘plami da el-yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusi, milliy an'analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo‘lganlar xotirasi muhrlangan bo‘lib, u teatr sahnalarida qo‘yilishi uchun mo‘ljallangan asarlardan iborat.

🔶 Tadbirda “Olamni angla, bolam” kitobi haqida ham fikr-mulohazalar bildirildi. Unga Yer sayyorasi, oy-yulduzlar, jonli tabiat haqidagi mazmunli she’rlar jam bo‘lgan. Taqdimotda Zikrilla Neʼmatovning ijodiy faoliyati, yangi kitoblarning mazmuni haqida so‘z bordi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#JARAYON

O’zbekiston madaniy merosini o’rganish, saqlash va ommalashtirish bo’yicha Butunjahon jamiyatining “Buyuk ajdodlar merosi — III renessans poydevri” VIII Xalqaro kongresi o’z ishini boshladi

Kongress doirasida milliy ekspertlarning Islom sivilizasiyasi markazi va Imom Buxoriy innovasiya muzeyi ko‘rgazmalari loyihalari bo‘yicha ma'ruzalari tinglandi. Unda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboeva “Islom sivilizasiyasi markazi kutubxonasi” mavzusida ma'ruza qildi.

📌 Eslatib o’tamiz:
Xalqaro kongres 26-avgustga qadar davom etadi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#JARAYON

O’zbekiston madaniy merosini o’rganish, saqlash va ommalashtirish bo’yicha Butunjahon jamiyatining “Buyuk ajdodlar merosi — III renessans poydevri” VIII Xalqaro kongresi doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi tomonidan mavzuga doir adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#qutlov

2024-yil 24-avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san'at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni axborot-kutubxona sohasining barcha vakillarini quvontirdi.
Sababi, sohada uzoq yillar samarali mehnat qilib, O‘zbekistonda kutubxonachilik sohasini yangi pog‘onaga chiqishida, viloyat va tumanlarda axborot-kutubxona muassasalari ko‘payishida, ularning zamonaviy jixozlar bilan ta'minlanishida, kutubxonalarda yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda ko‘plab ahamiyatli loyihalarni joriy etgan 2012-2016-yillarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Xodjaev Asadjan Azatbekovich ham «Shuhrat» medali bilan munosib taqdirlandi.
Biz, kutubxonachilar Xodjaev Asadjan Azatbekovichni yuksak Davlat mukofoti bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ishlarida rivoj, istiqbolli tashabbuslar va g‘oyalar ijobatini tilab qolamiz.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
23-26 август кунлари Тошкент ва Самарқанд шаҳарларида VIII халқаро конгресси ва унинг доирасидаги тадбирлар бўлиб ўтмоқда.

Тадбир CNN, Euronews, “Россия-Культура”, “Мир”, “Россия-24”, шунингдек, Марказий Осиё давлатларидан телеканаллари , 20 га яқин хорижий журналист ҳамда маҳаллий ОАВлар томонидан кенг ёритилмоқда.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
21%
Barxam bermoq
79%
Barham bermoq
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
12%
Alambalo
88%
Allambalo
2024/09/25 09:22:44
Back to Top
HTML Embed Code: