Telegram Web Link
2024-yil 15-avgust kuni “O‘zbekiston” o‘quv zalida o‘zbek ma'rifatparvar shoiri Avaz O‘tar tavalludining 140 yilligi munosabati bilan “Xush o‘l ko‘nglim, kelur bir kun baxt...” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
📚Ko‘rgazmada buyuk ma'rifatparvar shoiri Avaz O‘tar hayotidan, uning ilm-ma'rifat yo‘lidagi ishlari bilan tanishtiruvchi xotiralar va uning qalamiga mansub asarlar o‘rin olgan. 
📝 U dastlab maktabda, keyin esa madrasada tahsil oldi.
📝 U Sharq adabiyoti mumtoz vakillaridan Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Lutfiy, Alisher Navoiylarning ijodi bilan yaqindan tanishdi va ularga ergashib she'rlar mashq qila boshladi.
📝 Uning she'rlari sozanda va xonandalar tomonidan kuyga solinib qo‘shiq bo‘lib kuylanib kelmoqda.
📝 U g‘azal, muxammas, mustazod, musamman, murabba', mulamma', tarji'band, soqiynoma, ruboiy, qit'a, fard kabi turlarida ijod qildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#Muvaffaqiyat_sirlari

📌 Birinchi millionni ishlab topishning bir nechta imkoniyati mavjud. Ular ushbu kitobda bayon etilgan to‘rt strategiyaga mos keladi:

1. Ishlab topgan pullarning maʼlum bir qismini tejaysiz.

2. Tejalgan pullarni sarmoya sifatida kiritasiz.

3. Daromadingizni oshirasiz.

4. Oshgan daromadlardan maʼlum bir qismini tejaysiz.

🛣 Albatta, moliyaviy erkinlik sari yo‘l har doim ham oson bo‘lmaydi. Biroq, moliyaviy qaramlikda yashash bundan ham og‘ir. Ushbu kitobda keltirilgan tavsiyalarga amal qilsangiz, maqsadingizga albatta erishasiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Forwarded from Bookerberg
"Non-Fiction" loyihasining 6-soni chiqdi!

Loyihamizning 6-soni Hans Roslingning "Factfulness" nomli kitobi haqida. Ushbu kitob bizga dunyodagi umumiy holat aslida biz o'ylaganchalik yomon emasligini va dunyoni anglashda faktlarga tayanish qanchalik muhim ekanligini o'rgatadi.

Do'stlar, kanalga obuna bo'linglar, like bosinglar va izohlarda o'z fikrlaringizni yozib qoldiringlar.

📌  https://www.youtube.com/watch?v=xY5jZTZcr8k

@Bookerberg
O’zbekiston Milliy kutubxonasi, Respublika Oila va xotin-qizlar qo’mitasi va Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Kitobxon onalar kuni” o’tkazildi

🔶 Har oyda muntazam “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan Kitobxon onalar kunining navbatdagi tadbiri Olmazor tuman axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tdi.

♻️ BATAFSIL

📱
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyatining Qoraqalpogʻiston Respublikasiga safari

🔶 2024-yil 16-avgust kuni Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori oʻrinbosari Sobir Djampulatov Qoraqalpog‘iston Respublikasida axborot-kutubxona sohasining faoliyati bilan yaqindan tanishish, joylarda mavjud yutuq va kamchiliklarni o‘rganib chiqib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida hududiy AKMlarining rivojiga doir tashabbus, loyiha va takliflar ishlab chiqish maqsadida xizmat safari bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasida bo‘ldi.

🔶 Kegeyli, Chimbay, Qarauzak tuman axborot-kutubxona markazlari faoliyati bilan tanishish davomida kutubxona rahbariyati va mutaxassislariga kitobxonlar bilan ishlashga doir takliflar hamda xizmat ko‘rsatishning zamonaviy turlarini taqdim etish va shu orqali kitobxon millatni shakllantirishda kutubxonalar oldida targan vazifalar yuzasidan tavsiyalar berildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024/09/25 15:16:34
Back to Top
HTML Embed Code: