Telegram Web Link
#tibbiyot
#immunologiya
#Dissertatsiya

📚 2024-yil 7-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining "Istiqbol" o‘quv zalida "Sog‘lom farzand - oila quvonchi" deb nomlangan tibbiy adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi.
🔍 Ko‘rgazmada immunologiya borasidagi foydali tibbiy faktlar bilan tanishtiruvchi kitoblar taqdim etilgan. Ular onkologik kasalliklarni tashxislash va davolash usullari haqida hikoya qiladi. Maxsus nashrlarda havfli o‘smalarning rivojlanish sabablari batafsil ko‘rib chiqiladi, saraton belgilari va unga qarshi kurashishning eng samarali usullari keltiriladi, hafli o‘smalar va dinamikadagi o‘limlar haqidagi statistik ma'lumotlar tahlil qilinadi.
Kitoblar o‘quvchilarni radiologik va normal anatomiya bilan tanishtiradi.
📖 Ushbu ko‘rgazma onkologlar, klinik onkologiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun ham foydali bo‘lishi shubhasiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Respublika axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda respublikadagi axborot- kutubxona muassasalari rahbar-xodimlari va kadlrlar bo'yicha mutaxassislarning malakasini oshirish maqsadida, “Axborot-kutubxona faoliyatini boshqaruv asoslari” yo‘nalishi bo‘yicha joriy yilning 3-7-iyun kunlari o‘quv  kursi tashkil etildi.
📝 Ushbu  o‘quv  kursida yangi Mehnat kodeksini targ‘ib qilish, mutaxassislarga ilmiy-metodik hamda kadrlar bilan ishlashda  huquqiy bilim-malakalarini oshirish maqsadida malkali mutxasisslar jalb qilindi.
Tinglovchilar nazariy hamda amaliy bilimlarni Milliy kutubxona tajribasi asosida o'rganib, Respublika bolalar kutubxonasiga ham sayohat uyushtirildi.
🏆 Yakuniy testlardan muvaffaqiyatli o'tgan tinglovchilarga sertifikatlar topshiriildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida

O'zbekiston Milliy kutubxonasida kitob taqdimotlari davom etadi

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
38%
G‘alamiz
62%
G‘alamis
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
21%
Ho‘randa
79%
Xo‘randa
#Kun_tarixi​​

📆 Bugun, 10-iyun - O’zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad tavallud topgan kun.

🔹 Said Ahmad (Husanxoʻjayev Saidahmad) 1920-yil 10-iyunda tug‘ilgan.
📜 “Tortiq”, “Er yurak”, “Fargʻona hikoyalari”, “Choʻl burguti”, “Choʻl oqshomlari”, “Odam va boʻron” kabi hikoyalar toʻplamlari;
🎭 “Ufq” trilogiyasi, “Jimjitlik” romani, “Kelinlar qoʻzgʻoloni”, “Kuyov” komediyalari;
📚 “Xandon pista”, “Bir oʻpich bahosi” hajviy toʻplamlari, “Yoʻqotganlarim va topganlarim”, “Qorakoʻz majnun”, “Kiprikda qolgan tong” kitoblari oʻquvchilar mehrini qozongan.
✔️ 2007-yil 5-dekabrda 87 yoshida vafot etgan.
🔹 2013-yil 10-iyunda Toshkent shahrida Said Ahmad va rafiqasi shoira Saida Zunnunova xotirasiga bagʻishlangan haykal-kompozitsiya ochildi.

📖 Bolalarni kitobga o‘rgatish kerak. Toki ular ishchi kuchi bo‘lib emas, ongli, katta jamiyatning bilag‘on a’zolari bo‘lib yetishsinlar. Ularning hozirgi turish-turmushi faqat jismoniy mehnatdan boshqaga yaramaydigan qilib qo‘yadi.

✍️ Said Ahmad, JIMJITLIK

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
2024-yil yanvar-may oylarida dissertasiyalar fondida berilgan buyurtmalarning fanlar kesimida ko‘rsatkichlari

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ozbekiston_2030

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalish hamda 100 ta maqsaddan iborat.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024/09/21 20:11:02
Back to Top
HTML Embed Code: