Telegram Web Link
2024-yil 6-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati, xodimlari ishtirokida davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyani oldini olish mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.

💢 Unda ushbu masala yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. So‘zga chiqqanlar "korrupsiya", "manfaatlar to‘qnashuvi" atamalarini sharhlagan holda, korrupsion jinoyatlar turkumlari, ularga qarshi kurashish prinsiplari, korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan qonunchilik tizimi to‘g‘risida ma’lumot berdilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
43%
Xushsuhan
57%
Xushsuxan
#Muvaffaqiyat_sirlari

📖 Ushbu kitobda mashhur milliarder Ilon Maskning onasi Mey Mask oʻzining murakkab, lekin mazmunli hayoti toʻgʻrisida soʻzlaydi. Asarni oʻqib, Mey Mask naqadar mustaqil va jasur ayol ekanidan hayratlanasiz. U oʻzining boy hayotiy tajribasidan kelib chiqib, goʻzallik, sogʻlik, baxt va farzand tarbiyasi sirlarini biz bilan baham koʻradi. Boy kasbiy va hayotiy tajribaga ega Mey Mask nafaqat ayollar, balki erkaklar uchun ham muvaffaqiyatli inson namunasidir. Uning hikoyasi bizni toʻkis va erkin yashashga, dunyo koʻrishga hamda mudom yangi imkoniyatlar izlashga ilhomlantiradi.

📓 Mey Mask, REJALI AYOL


Kitob keng doiradagi o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#tibbiyot
#immunologiya
#Dissertatsiya

📚 2024-yil 7-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining "Istiqbol" o‘quv zalida "Sog‘lom farzand - oila quvonchi" deb nomlangan tibbiy adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi.
🔍 Ko‘rgazmada immunologiya borasidagi foydali tibbiy faktlar bilan tanishtiruvchi kitoblar taqdim etilgan. Ular onkologik kasalliklarni tashxislash va davolash usullari haqida hikoya qiladi. Maxsus nashrlarda havfli o‘smalarning rivojlanish sabablari batafsil ko‘rib chiqiladi, saraton belgilari va unga qarshi kurashishning eng samarali usullari keltiriladi, hafli o‘smalar va dinamikadagi o‘limlar haqidagi statistik ma'lumotlar tahlil qilinadi.
Kitoblar o‘quvchilarni radiologik va normal anatomiya bilan tanishtiradi.
📖 Ushbu ko‘rgazma onkologlar, klinik onkologiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun ham foydali bo‘lishi shubhasiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Respublika axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda respublikadagi axborot- kutubxona muassasalari rahbar-xodimlari va kadlrlar bo'yicha mutaxassislarning malakasini oshirish maqsadida, “Axborot-kutubxona faoliyatini boshqaruv asoslari” yo‘nalishi bo‘yicha joriy yilning 3-7-iyun kunlari o‘quv  kursi tashkil etildi.
📝 Ushbu  o‘quv  kursida yangi Mehnat kodeksini targ‘ib qilish, mutaxassislarga ilmiy-metodik hamda kadrlar bilan ishlashda  huquqiy bilim-malakalarini oshirish maqsadida malkali mutxasisslar jalb qilindi.
Tinglovchilar nazariy hamda amaliy bilimlarni Milliy kutubxona tajribasi asosida o'rganib, Respublika bolalar kutubxonasiga ham sayohat uyushtirildi.
🏆 Yakuniy testlardan muvaffaqiyatli o'tgan tinglovchilarga sertifikatlar topshiriildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024/09/22 12:25:56
Back to Top
HTML Embed Code: