Telegram Web Link
#Muvaffaqiyat_sirlari

📖 Dunyoning yuzlab mamlakatlarida minglab marta millionlab adadlarda nashr etilgan bu avtobiografik kitobni XX asrning buyuk menejerlaridan biri, ishlab chiqarishda oqim-konveyer yo‘lini joriy etgan, AQSH avtomobil sanoatining “otasi”, milliarder Henri Ford yozgan. Ford muvaffaqiyatining sirlari haqida ko‘plab asarlar bitilgan. Bu kitob uning o‘zi yozgan, yorqin, qat’iyat va ilhom bilan bitilgan asardir. Fordning bu hayotnomasi bugun ham islohotlar o‘tkazayotgan va o‘z ishi hamda hayotini ijodiy o‘zgartirishga chog‘lagan iqtisodchilar, injenerlar, konstruktorlar, ruhshunoslar, sotsiologlar, biznes tashkilotchilari va rahbarlari, hayotda muvaffaqiyatga erishaman degan har bir odam uchun dolzarb asardir.

📔 Henri Ford, MENING HAYOTIM


Kitob keng doiradagi o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
2024-yil 30-may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Oriental universiteti bilan hamkorlikda “Pedagogika va psixologiyaning ilmiy-nazariy muammolari: zamonaviy yondashuvlar va amaliy tadqiqotlar” mavzusida Xalqaro ilmiy–amaliy konferensiya o‘tkazildi.
📃 Konferensiyada ko‘zlangan maqsad va vazifalar "Ontogenezda shaxs rivojlanishining psixologik xususiyatlari",  "Yangi O‘zbekiston  yoshlarini tarbiyalashning pedagogik va psixologik muammolari amaliy tadqiqi", "Bo‘lajak mutaxassislar kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishning zamonaviy texnologiyalari",  "Tarbiya fani mutaxassislarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirish texnologiyalarini  takomillashtirishning pedagogik va psixologik taminoti",  "Uzluksiz ta'limda psixologik xizmat: zamonaviy va amaliy yondashuvlar"  kabi sho‘'balarda sohaning yetakchi mutaxassislari va tadqiqotchilari tomonidan muhokama qilindi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#Qoshğariy_Devonu_luğotit_turk

📔 Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni #Qoshğariy_Devonu_luğotit_turk rukni ostida kutubxona kitob javonlaridan o‘rin olgan Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan ma’lumotlar bilan tanishtirib boramiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024-yil 1-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “O‘zbekiston” o‘qish zalida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Bola kulgusidan munavvar olam” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada dunyo bolalarining hayoti bilan tanishtiruvchi sarguzasht asarlar, bolalar uchun yozilgan ertak, hikoya va she'riy kitoblar o‘rin olgan.
📚 Jajji kitobxonlar bu yerda taqdim etilgan mard, quvnoq va saxiy qahramonlar bilan tanishtiruvchi va ularning sarguzashtlari haqida hikoya qiluvchi ertak kitoblari bilan tanishsalar, sarguzasht hikoyalar ixlosmandlari o‘z tengdoshlari hayoti va ularning boshidan kechirgan voqealar bilan tanishadilar. Bu yerdagi kitoblar bolalar bilimlarini boyitishga, ularni dunyoning, fanning sir-sinoatlaridan, yangiliklaridan boxabar etishga xizmat qiladi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati tomonidan xodimlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida "Parkent ijod uyi" da tashkil etilgan sayohatning birinchi kuni, xodimlarimiz tog' yon bag'rida dam olib, vaqtlarini mazmunli o'tkazishmoqda.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
57%
O‘taketgan
43%
O‘ta ketgan
O'zbekiston Milliy kutubxonasining 2024-yil may oyi uchun foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish ko'rsatkichlari

📚 O'zbekiston Milliy kutubxonasiga 2024-yil may oyida kelib tushgan yangi nashrlar

🤝 Kitoblarni nashr etishdan oldin O‘zbekiston nashriyotlari bilan hamkorlik (2024-yil, may)

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024/09/23 02:32:43
Back to Top
HTML Embed Code: