Telegram Web Link
E’LON !

2024-yil 31-may kuni Milliy kutubxonada «Tozalik kuni» e’lon qilinadi.

Ushbu kun foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.

Ma’muriyat



ОБЪЯВЛЕНИЕ !

31 мая 2024 года объявляется «Санитарный день».

В этот день библиотека пользователям услуги не предоставляет.
Администрация

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SAYYOR_TADBIR

1-iyun " Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni " munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasining bir qator mutaxassislari "Bolalarga bering dunyoni" shiori ostida Sergeli tumanidagi 599 -Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida sayyor tadbir o‘tkazdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi kitob ko‘rgazma-yarmarkasiga marhamat!

💢 Joriy yilning 30–31 may hamda 1-iyun kunlari Toshkent shahridagi “Dream Park” madaniyat va istirohat bog‘ida "1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan  “Kitobsevar millat” shiori ostida “Beg‘ubor bolalik” kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

💢 Ko‘rgazma-yarmarka doirasida shou dasturlar, viktorinalar, kitob aksiyalari hamda turli qiziqarli tanlovlar o‘tkazilmoqda.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
📢 E’LON

30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Tengdoshimga tavsiya” tanlovini e’lon qiladi!

🏆 Munosib topilgan faxrli 3 ta o‘rin uchun Milliy kutubxona ma’muriyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar 🎁 topshiriladi!

📜 TANLOV SHARTLARI:

📚 Siz sevib o‘qigan, do‘stingizga tavsiya qila oladigan kitobingizni qisqacha mazmunini yozishingiz kerak;

🔢 Matndagi so‘zlar soni 400 tadan oshib ketmasligi shart;

🗂 Ijodiy ishlar Word formatda, 14 shriftda, lotin alifbosida (@Tengdoshimga_tavsiya_bot) telegram manziliga yuborilishi lozim.

📞 Siz bilan bog‘lana olishimiz uchun telefon raqamingizni va ism-sharifingizni yozib qoldiring.

📆 Qabul muddati: 31.05.2024-15.06.2024

🎯 Tanlovning asosiy maqsadi kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, mutolaa madaniyatini shakllantirish va siz o‘qib ta’sirlangan, hayotingizni o‘zgartira olgan o‘zbek va jahon adabiyotlaridan boshqalarni ham boxabar qilish hamda uni o‘qishga undashdir.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#Muvaffaqiyat_sirlari

📖 Dunyoning yuzlab mamlakatlarida minglab marta millionlab adadlarda nashr etilgan bu avtobiografik kitobni XX asrning buyuk menejerlaridan biri, ishlab chiqarishda oqim-konveyer yo‘lini joriy etgan, AQSH avtomobil sanoatining “otasi”, milliarder Henri Ford yozgan. Ford muvaffaqiyatining sirlari haqida ko‘plab asarlar bitilgan. Bu kitob uning o‘zi yozgan, yorqin, qat’iyat va ilhom bilan bitilgan asardir. Fordning bu hayotnomasi bugun ham islohotlar o‘tkazayotgan va o‘z ishi hamda hayotini ijodiy o‘zgartirishga chog‘lagan iqtisodchilar, injenerlar, konstruktorlar, ruhshunoslar, sotsiologlar, biznes tashkilotchilari va rahbarlari, hayotda muvaffaqiyatga erishaman degan har bir odam uchun dolzarb asardir.

📔 Henri Ford, MENING HAYOTIM


Kitob keng doiradagi o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
2024-yil 30-may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Oriental universiteti bilan hamkorlikda “Pedagogika va psixologiyaning ilmiy-nazariy muammolari: zamonaviy yondashuvlar va amaliy tadqiqotlar” mavzusida Xalqaro ilmiy–amaliy konferensiya o‘tkazildi.
📃 Konferensiyada ko‘zlangan maqsad va vazifalar "Ontogenezda shaxs rivojlanishining psixologik xususiyatlari",  "Yangi O‘zbekiston  yoshlarini tarbiyalashning pedagogik va psixologik muammolari amaliy tadqiqi", "Bo‘lajak mutaxassislar kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishning zamonaviy texnologiyalari",  "Tarbiya fani mutaxassislarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirish texnologiyalarini  takomillashtirishning pedagogik va psixologik taminoti",  "Uzluksiz ta'limda psixologik xizmat: zamonaviy va amaliy yondashuvlar"  kabi sho‘'balarda sohaning yetakchi mutaxassislari va tadqiqotchilari tomonidan muhokama qilindi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#Qoshğariy_Devonu_luğotit_turk

📔 Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni #Qoshğariy_Devonu_luğotit_turk rukni ostida kutubxona kitob javonlaridan o‘rin olgan Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan ma’lumotlar bilan tanishtirib boramiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024-yil 1-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “O‘zbekiston” o‘qish zalida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Bola kulgusidan munavvar olam” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada dunyo bolalarining hayoti bilan tanishtiruvchi sarguzasht asarlar, bolalar uchun yozilgan ertak, hikoya va she'riy kitoblar o‘rin olgan.
📚 Jajji kitobxonlar bu yerda taqdim etilgan mard, quvnoq va saxiy qahramonlar bilan tanishtiruvchi va ularning sarguzashtlari haqida hikoya qiluvchi ertak kitoblari bilan tanishsalar, sarguzasht hikoyalar ixlosmandlari o‘z tengdoshlari hayoti va ularning boshidan kechirgan voqealar bilan tanishadilar. Bu yerdagi kitoblar bolalar bilimlarini boyitishga, ularni dunyoning, fanning sir-sinoatlaridan, yangiliklaridan boxabar etishga xizmat qiladi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati tomonidan xodimlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida "Parkent ijod uyi" da tashkil etilgan sayohatning birinchi kuni, xodimlarimiz tog' yon bag'rida dam olib, vaqtlarini mazmunli o'tkazishmoqda.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024/09/22 06:25:04
Back to Top
HTML Embed Code: