Telegram Web Link
Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Urumchi shahridan xitoy bolalar yozuvchisi Odil Abdurahmon O‘zbekiston Milliy kutubxonasida.

🤝 Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, unda uyg‘ur tilida mavjud adabiyotlar bilan tanishishdan iborat.
📚 Shuningdek, mehmon yozuvchi bobokalonimiz, mutafakkir Alisher Navoiy ijodiga dahldor kitoblar bilan tanishish niyati borligini izhor etdi. Odil Abdurahmonning aytishicha, uning shaxsiy kutubxonasida Hazrat Alisher Navoiyning uyg‘ur tiliga o‘girilgan kitoblari bor bo‘lib, anchadan buyon ularning o‘zbek tilidagi nusxalarini o‘qish ishtiyoqi bo‘lgan.
Xitoy bolalar yozuvchisi Odil Abdurahmon kutubxona o‘quv zallari bilan tanishar ekan, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar va zamonaviy imkoniyatlardan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Tojikiston Respublikasi Milliy kutubxonasi va nashriyot, matbaa xodimlari O'zbekistonda.

💢 O'zbekiston va Tojikiston Respublikalari o'rtasidagi ikki tomonlama madaniy- gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish, o'zaro tajriba almashish va hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida Tojikiston Respublikasining nashriyot, matbaa xodimlari hamda soha mutaxassislarini O'zbekistondagi nashriyotlar va matbaa korxonalari bilan tanishdi.

♻️ Qolaversa mehmonlar O'zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari tomonidan tashkillashtirilgan ekskursiya orqali axborot-kutubxona faoliyati bilan ham yaqindan tanishtirildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🗣 E'LON

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Joriy yilning 23-may kuni soat 15:00 da “Do‘stlik” ordeni hamda “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli yozuvchi Jo‘ra Fozil asarlari haqida mualliflar - Gʻayrat Murodov va Sayyora Latipovalar tomonidan yozilgan “Epik ijodda tasvirlash mahorati” nomli kitobining taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

💢 Ushbu ijodiy uchrashuvga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz. Tadbir: Milliy kutubxonaning 5-qavat, katta majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
76%
Xurrak
24%
Hurrak
#Kichik_hikoya

Ona va o‘g‘il suhbati


— Oʻgʻlim, agar mening koʻzlarim nurini yoʻqotsa, nima qilasan?
— Sizni yurtimizdagi eng yaxshi shifoxonaga olib boraman, onajon.
— Agar meni u yerda davolay olishmasa-chi, bolam?
— U holda sizni dunyodagi eng yaxshi shifoxonaga olib boraman, onajon.
— Ular ham meni davolay olishmasa-chi, oʻgʻlim?
— U holda sizga umr boʻyi gʻamxoʻrlik qilaman, onajon!
— Seni yaxshi koʻraman, rahmat, bolajonim!
— Agar meni koʻzlarim nurini yoʻqotsa, nima qilardingiz, onajon?
— Senga koʻzlarimni berardim, bolam...


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024/09/22 16:43:16
Back to Top
HTML Embed Code: