Telegram Web Link
2024-yil 3-may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Central Asia – 2024: fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va axborot kutubxona resurslari” XVII  Xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o'tdi.

💢 Joriy yilning 15-18-may kunlari Jizzax shahrida o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan mazkur xalqaro anjumanda yurtimizda faoliyat yuritayotgan 400 dan ziyod kutubxonachilar bilan bir qatorda 11 ta davlatdan 45 nafardan ziyod xorijiy hamkasblar ishtiroki ham kutilmoqda.
Vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida xalqaro konferensiya dasturi, moliyaviy masalalar, sho'ba yig‘ilishlari hamda mahorat darslari,  davra suhbatlari, kitob yarmarkasi va ko‘rgazma o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida

"Dunyo bo'ylab" telekanali tomonidan O'zbekiston Milliy kutubxonasi haqida maxsus ko'rsatuv tayyorlandi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Mushohada

🧠 Fikrlayotgan odam
— o'zining mavjudligini isbotlashga urinayotgan odam.


✍️ Nazar Eshonqul

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Navoiy_583
#Kutubxona_va_Navoiy

Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni ulug‘ bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan #Navoiy_583 va #Kutubxona_va_Navoiy xeshtegi ostida ulug‘ bobomiz g‘azallarida qayd etilgan Navoiy lug‘atidan o‘rin olgan so‘zlarning sharhi bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

➡️ Navbatdagi so‘zimizni...

👆Yuqoridagi rasm orqali bilib olishingiz mumkin.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Yoshlar_ijodi

* * *

So‘qirdan so‘rama dunyo rangini,
Oltindan so‘rama temir zangini,
Bilmoqchi bo‘lsang gar, so‘rgin barini,
Ilmda tengi yo‘q Sultondan ko‘ra,
Boshidan o‘tkazgan insondan so‘ra.

Tabibdan so‘rama dardingga davo,
Jabborga joningni aylama jafo,
Ertaroq topmoqni istasang shifo,
Ilmda tengi yo‘q Sultondan ko‘ra,
Boshidan o‘tkazgan insondan so‘ra.

Vafo qayda ekan, izlama sira,
Dushmaning tanimay ko‘zlaring xira,
Do‘st qayda ekanin, so‘rab ko‘r bira,
Ilmda tengi yo‘q Sultondan ko‘ra,
Boshidan o‘tkazgan insondan so‘ra.

U senga ochadi barcha eshikni,
Behuda tebratma quruq beshikni,
Boshlamasdan turib biror bir ishni,
Ilmda tengi yo‘q Sultondan ko‘ra,
Boshidan o‘tkazgan insondan so‘ra.

Boshidan o‘tganning qoshidan o‘tma,
Ko‘rmaganning ko‘rganin javobin kutma,
Yodingga muhrla, shuni unutma,
Ilmda tengi yo‘q Sultondan ko‘ra,
Boshidan o‘tkazgan insondan so‘ra.

✍️ Qutlug‘ Nigor


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil 7-may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “O‘zbekiston“ o‘qish zalida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qaipbergenov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan “Qoraqalpoq adabiyotining boyteragi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
📖 1929-yil 7-may kuni Kegeyli tumani Sho‘rtanboy qishlog‘ida tavallud topgan.
📝 1951-yilda uning ilk “Tilagim” poemasi, 1955-yilda “Pochtal'on kelganda“ asari, 1956-yilda esa uning “Sekretar'” deb nomlangan ilk qissasi chop etildi.
Uning jami 100 ga yaqin asari qoraqalpoq, o‘zbek, rus, turk va boshqa tillarda dunyo yuzini ko‘rdi.
📚 Yozuvchining qissa va romanlari qatoridan keng kitobxonlar ommasiga manzur bo‘lgan “Rahmat, mualllim“, “Muzdek tomchi“, “Sekretar'“, qoraqalpoq ayoli taqdiri haqidagi “Qoraqalpoq qizi“, “Mamanbiy afsonasi“, “Baxtsizlar“, “Gumrohlar“, “Ko‘z qorachig‘i“, “Qoraqalpoqlar haqida doston“ trilogiyasi shular jumlasidandir.
O‘zbekston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huzuridagi Axborot va Ommaviy Kommunikatsiyalar Agentligining 2024-yil 6-maydagi 10-26-47-sonli topshirig‘i asosida Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlari asosida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 2024-yil 3-maydagi 15/416-sonli xatiga muvofiq, 2024-yilning 8-may kuni “Yangi O‘zbekiston yoshlari - kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori” shiori ostida o‘tkazilgan “Karyera kuni” tadbirida O'zbekiston Milliy kutubxonaning kadrlar xizmati rahbari N. Xudoyberdiyev ishtirok etdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
E’ L O N !

“9-may-Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida:
9-may, dam olish kuni, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.

8-may, 1 soatga qisqartirilgan ish kuni.

Ma’muriyat


О Б Ъ Я В Л Е Н И Е !

9 мая с.г. в связи с праздничным днём “9 мая - День памяти и почестей” Национальная библиотека Узбекистана имени Алишера Навои услуги пользователям предоставлять не будет.

8 мая для всех рабочий день сокращен на 1 час.

Администрация

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Kun_hikmati

Aziz kitobxonlar, biz sizlarga buyuk shaxslar tomonidan qayd etilgan hikmatli fikrlardan berib borishda davom etamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
2024/09/22 19:25:10
Back to Top
HTML Embed Code: