Telegram Web Link
#KITOBXONLIK_HAFTALIGI_2024

2024-yil 25-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Kitobxonlik haftaligi-2024" doirasida "Yangi O‘zbekistonning yosh ijodkorlari" mavzusida  she'riyat kechasi bo‘lib o‘tdi.
Unda yosh yozuvchi va shoirlar,  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Begali Eshonqulov,  Suhrob Ziyo,  Iroda Ahmadalieva hamda Javlon Jovlievlar ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari Nasiba Xoldorova yig‘ilganlarni qutlar ekan,  ularni haftalikning mohiyati va ahamiyati bilan tanishtirdi,  respublikamiz axborot-kutubxona markazlarida bo‘lib o‘tayotgan tadbirlar haqida ma'lumot berdi.
She'riyat kechasida shoirlar yig‘ilganlarga o‘z ijodidan Vatan,  ona,  muhabbatni madh etuvchi she'rlaridan armug‘on etdilar.  O‘z o‘rnida tadbir ishtirokchilari ham o‘zlarining sevgan she'rlarini o‘qib berdilar. Yosh ijodkorlarga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.
Bu kabi she'riyat kechalari mamlakatimizning barcha go‘shalarida davom etmoqda.
#KITOBXONLIK_HAFTALIGI_2024

2024-yil 25-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari "Kitobxonlik haftaligi-2024" doirasida Mirzo Ulugbek tumanidagi 190-sonli umumta'lim o‘rta maktabi 2-"B" sinf o‘quvchilari bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda kutubxona mutaxassislari bolajonlarga bu yerda mavjud sharoitlar va imkoniyatlar haqida gapirib berdilar.
Bolajonlar ham uyda shaxsiy kutubxonalari va unda qancha kitob borligi haqida gapirib berishdi. O‘qigan ertaklari asosida viktorina savol-javoblari o‘tkazildi. Topgan-topaloq shartida bolajonlar berilgan topishmoqlarga javob berishdi. Yod olgan she'rlaridan o‘qib berishdi. Tadbir so‘ngida bolajonlarning faolligi inobatga olinib, sinf kutubxonasiga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nomidan kitoblar sovg‘a qilindi.
2024/09/23 23:26:17
Back to Top
HTML Embed Code: