Telegram Web Link
Azal-azaldan yurtimizda bahor va tabiat uyg‘onishining timsoli, sharqona yangi yilning boshlanishi bo‘lgan Navro‘zi olamni katta shodiyona bilan nishonlash uchun go‘zal an'anaga aylangan. Navro‘z ayyomi qalblarda saxovat, mehr-muruvvat hisini uyg‘otishini alohida e'tirof etish lozim.

🤝Bayram bahonasida ko‘makka, mehr va e'tiborga muhtoj insonlar holidan xabar olish azaliy qadriyatlarimizdan. Shu an'anaga sodiq qolgan holda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijtimoiy himoya” reestri, "Ayollar daftari", "Temir daftar"da ro‘yxatga olingan 10 nafar xodimga kutubxonaning kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan Ramazon hayriya qutilarini taqdim etdi.

🙏 Zero, muqaddas Ramazon oyi — ezgu amallar davri!

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
2024- yil 18-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida umumxalq bayrami - Navro‘zga bag‘ishlangan va mazkur ayyom bilan bog‘liq milliy udumlar va urf-odatlar bilan tanishtiruvchi “Navro‘z – qadim qadriyatlar tarovati” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi.

📚 “Navro‘z – qadim qadriyatlar tarovati” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasida Navro‘z milliy bayramining qadim tarixi, milliy qadriyatlarimiz, madaniy-ma'rifiy hayotimizda tutgan o‘rni, unig o‘ziga xosligi haqida hikoya qiluvchi kitoblar, jurnallar va risolalar taqdim etilgan. Ko‘rgazmadan joy olgan rasmlarda tabiatning uyg‘onishi, bahorning faslining kelishi, bayram tantanalari, xalq sayllari, bayram toamlari tayyorlanish jarayoni, xalq musobaqalari va boshqa lahzalar muhrlangan. Shuningdek ko‘rgazmada Navro‘z haqida she'riy to‘plamlar, badiiy va publisistik asarlar o‘rin olgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAVRUZ_2024

💐Sharqona yangi yil muborak bo'lsin💐

🌸O‘zbekiston Milliy kutubxonasi jamoasi yangilanish ayyomi bo'lmish Navro‘zi olam bilan barchangizni muborakbod etadi.

💐 Ma’naviy hayotimizning ko‘rk-u ziynati bo‘lgan ushbu ajoyib, xosiyatli bayram shukuhi qalblarni yanada pok niyatlarga toʻldirsin.

🌷 Oilangizdan baxt-u saodat, xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik hamda fayz-u baraka arimasin.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BAYRAM_MUBORAK

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva sharqona yangi yil, Navro‘z bayrami bilan xalqimizni qutladi!

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Bu_qiziq

📌 Umar Xayyomning nodir asari “Navro‘znoma” Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TAVALLUDKUN

💐Bugun O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayevaning tavallud kunlari!

Hurmatli Umida Alimdjanovna! Ayol kishi borki, ular har doim 18 yosh. 18 yoshingiz muborak bo'lsin! Hamisha shunday g'ayratli, go'zal va lobar ayol bo'lib yuring, ayollik baxti har doim sizga yor bo'lsin!

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Istiqbol” o‘quv zalida buyuk o‘zbek astranomi va matematigi, davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay) tavalludining  630 yilligiga  bag‘ishlab, “Yulduzlar ilmidan osmon qadar yuksalgan alloma”  nomli kitob-rasmli koʻrgazma tashkil qilindi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/24 05:19:48
Back to Top
HTML Embed Code: