Telegram Web Link
2024-yil 18-mart kuni Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk viloyati Berdsk shahrida Rossiya Fanlar Akademiyasining 300 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida “Kutubxonalarda fan, texnologiya va axborot” mavzusida  xalqaro ilmiy- amaliy konferensiya  ish boshladi.
📝 Anjumanda dunyoning ellikdan oshiq davlatlaridan kelgan kutubxona mutaxassislari, mas'ul rahbarlar va shu soha olimlari, ilmiy doira vakillari bilan bir qatorda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ilmiy kotibi Qobiljon Tursunov, Respublika axborot-kutubxona markazi direktori Laziz Tangriyevlar ishtirok etmoqdalar.
📃 Anjuman dasturidan raqamli texnologiyalarni sohaga keng tadbiq qilish, elektron kutubxonalar tarmog‘ini kuchaytirish, abonentlar va mualliflar bilan ishlash samaradorligini oshirish, sohaga sun'iy intellektning kirib kelishi kabi dolzarb mavzular o‘rin olgan.
#Kutubxona_OAV_nigohida

“Jadid” gazetasining 2024-yil 12 –sonida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayevaning “Kitob hayotni bezaydi” nomli maqolasi chop etildi. Maqolada yurtimizda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan xayrli ishlar, saxovatpesha insonlar va O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ko‘magi tilga olingan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Bu_qiziq

🇺🇿 Hozir O‘zbekistonda Navro‘z umumxalq bayramlaridan biri sifatida nishonlanadi, 21-mart dam olish kuni deb e’lon qilingan. Har yili shu kuni respublikaning barcha viloyatlaridagi xiyobon va maydonlarda bayram sayillari tashkil qilinadi, konsertlar beriladi. Bir necha kun mobaynida mahallalarda Navro‘zga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi, sumalak, halim va boshqa tansiq taomlar pishiriladi. Navro‘z kunlari hokimliklar, mahallalarning faollari, xayr-ehson tashkilotlari mehribonlik uylari bolalari, urush va mehnat faxriylari, yolg‘iz keksalar huzuriga tashrif buyurib, ularni qutlab, sovg‘a-salomlar ulashadi.
📌 2009-yil 30-sentyabrda Navroʻz UNESCO tarafidan nomoddiy madaniy meros roʻyxatiga kiritilgan, 2010-yil 23-fevralda esa BMT Bosh Assambleyasining 64-sessiyasida 21-mart “Xalqaro Navroʻz kuni” deb eʼlon qilindi. Hali ham bu bayram xalqlar oʻrtasida keng koʻlamda nishonlanib kelmoqda.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
77%
Xurmo
23%
Hurmo
#Kun_hikmati

Aziz kitobxonlar, biz sizlarga buyuk shaxslar tomonidan qayd etilgan hikmatli fikrlardan berib borishda davom etamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#Kichik_hikoya

ONA

📖 - "Onajonim" nomli she’ringiz shunday yuksak mukofotga loyiq ko‘rilibdi! Tabriklaymiz, - dedi muxbir shoirga.
-Tashakkur! - mag‘rurlandi ijodkor.
Buni televizordan tomosha qilayotgan Onaning shodlikdan ko‘zlariga yosh keldi. O‘g‘li mashhur shoir bo‘libdi! So‘ng Qariyalar uyidagi chiroqlar o‘chirildi. Ona o‘rniga cho‘zildi.

✍️ Nodirabegim Ibrohimova

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
2024/09/24 15:26:30
Back to Top
HTML Embed Code: