Telegram Web Link
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
26%
Ma’n etiladi
74%
Man etiladi
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
30%
Istima
70%
Isitma
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram bahoriy kayfiyatda  nishonlandi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
🔊🔊🔊 E'lon

🌹 8-Mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 187-moddasiga asosan 2024-yil 7-mart kuni 1 soatga qisqartirilgan ish vaqti belgilanadi va foydalanuvchilarga soat 20:00ga qadar xizmat ko‘rsatiladi.

Ertaga, ya'ni 8-mart kuni foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi. Barcha xodimlar uchun dam olish kuni!
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma

2024-yil 6-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmada namoyish etilgan eksponatlarni mashhur o‘zbek yozuvchi va shoiralari asarlari, mehnatkash va vafodor, sadoqatli va maftunkor ayollarning asarlari tashkil etadi.
Ko‘rgazmada jamiyatimizning barcha sohalarida: ilm-fan, ishlab-chiqarish, sportda ilg‘or, dongdor va zabardast xotin-qizlar bilan tanishtiruvchi kitoblar, o‘z mardligi va jasorati bilan tarixda iz qoldirgan fan, adabiyot, san'at va madaniyat vakilalari haqida hikoya qiluvchi? kitobi, fermer, tadbirkor va ishlab chiqarishning ilg‘or ayollari haqidagi, huquqshunos va tartib posbonlari bo‘lmish ayollar haqida hikoya qiluvchi kitoblar taqdim etilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_ijodi

IKKI QAL’A
(“Xiva she’rlari” turkumidan)

Muhabbat - bu qadim obida,
Ta’mirlaymiz qalbimiz bilan.
Me’morlikda mohirsan juda,
Men ham juda usta erurman.

Ko‘rganimki, bo‘yingni ilk bor,
Xayolimning g‘ishtlari ko‘chdi.
Nigohlaring - cho‘g‘, qator-qator
Bir o‘tidan qalbga naqsh tushdi.

Yuragimiz shogirdi bo‘ldi,
Muhabbatning madrasalarin.
Ishqimiz bir qal’adir, gulim,
Sen ikkiga uni bo‘lmagin.

Sirlar qalqmas o‘rnidan ammo,
Oshkor tuyg‘u hamon panada.
Dishondadir kalondimog‘ing,
Sevging esa Ichanqal’ada.

✍️ Xurshid Abdurashid

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#Muvaffaqiyat_sirlari

📖 Bu kitob har qanday biznesda muvaffaqiyat qozonishning ruhiy jihatlariga bag‘ishlangan. Muallif keng kitobxonlar ommasiga muvaffaqiyatga erishish uchun qanday fikr yuritish kerakligini to‘g‘risida hayotiy misollar keltiradi va bu boradagi tavsiyalarni beradi.

📔 Jon Kexo, PUL, MUVAFFAQIYAT VA SIZ

Kitob keng doiradagi o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Kitobdan_parcha

OQ VA QORA

(Huquqshunos ukamga tilagim)

📖 Qora qog‘oz harchand yuvgan bilan oq bo‘lmaydi. Oq qog‘ozni qora qilish uchun bir chiziq tortish kifoya. Qorani oqlash emas, Oqni qoralamaslik adolatdir!

✍️ O‘TKIR HOSHIMOV
📘 “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobidan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
2024/09/24 15:31:06
Back to Top
HTML Embed Code: