Telegram Web Link
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Madina Muxtorova bilan ijodiy uchrashuv

💢 2024-yil 26-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Madina Muxtorova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda aktrisaning ustozlari, hamkasblari, shogirdlari va uning ijodi ixlosmandlari ishtirok etdilar.

💢 Tadbirda M.Muxtorovaning hayoti, ijodi, o‘zbek teatr va kino san'atida u yaratgan obrazlar haqida hikoya qiluvchi hujjatli fil'mdan lavhalar namoyish etildi. So‘zga chiqqanlar aktrisaning teatr sohasiga kirib kelishi, uning ilk rollari, hamkorlikdagi spektakllari, gastrollar va muhlislar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar haqida gapirdilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
32%
Shayhulislom
68%
Shayxulislom
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
80%
Xotima
20%
Hotima
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
56%
Shaxdam
44%
Shahdam
​​#Yoshlar_ijodi

MENING YOLG‘IZIM


Yuragim qiynoqda vujudim yonib,
Seni sevdim faqat, har nedan tonib.
Tilimdan tushmagan marvarid gulim,
Sen mening borimsan, mening yolg‘izim!

Har nedan qizg‘onib, ardoqlab yonib,
Ta’rifing kuylasam, qo‘shiqqa solib.
Gullarning ichinda mushki ambarim,
Sen mening borimsan, mening yolg‘izim!

Shirin so‘zlaringdir yurak darmoni,
Pokiza qalbingdir, qalbim armoni.
Men uchun boqiydir bir haqiqatim,
Sen mening borimsan, mening yolg‘izim!

Qaniydi eplolsam, yor ko‘ngling olib,
Har onda ko‘rsaydim ko‘zlarim qonib.
Qizg‘aldoq gulidek mastona yorim,
Sen mening borimsan, mening yolg‘izim!

Mening go‘zalimning husnidir tanho,
Alloh hadya etgan menga bebaho.
Kunduz quyoshimsan, tunda yulduzim,
Sen mening borimsan, mening yolg‘izim!

Ko‘kdagi hilolning narxi bo‘lmaydi,
Yulduzning hilolda haqqi bo‘lmaydi.
Oqshomda ko‘ringan misoli oyim,
Sen mening borimsan, mening yolg‘izim!

✍️ Jasur Tursunov

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#Kichik_hikoya

📝 Uch kishi tosh tashiyotgan edi. Ularning biridan so‘rashdi:
— Umuman olganda, bu yerda nima qilayapsan?
U peshonasidagi terni artib tashladi-da, javob berdi:
— Mana shu mehnatim tufayli qaddim bukilib, og‘ir kunlarga qolib ketdim.
Ikkinchisining oldiga borib undan so‘rashdi:
— Sen nima qilayapsan?
U yenglarini shimardi-da, tumshug‘ini ko‘tarib, g‘urur ila javob berdi:
— Pul ishlayapman. Bu yerda boshqa nima ham qilardim?
Keyin uchinchi kishidan so‘radilar:
— Sen nima ish qilayapsan?
U jilmaydi-da, javob berdi:
— Ibodatxona qurayapman.
Qissadan hissa. Qachonki oldinga oliy maqsad qo‘yarkansan, har qanday vaziyatda ham yashayotgan umringda ma’no bo‘ladi.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
34%
Hotirjam
66%
Xotirjam
​​#Kun_tarixi

📅 Bugun, 29-yanvar – Rus yozuvchisi Anton Pavlovich Chexov tugʻilgan kun.

🔹 Anton Pavlovich Chexov
— rus yozuvchisi. U 1860-yil 29-yanvarda Rossiyaning Taganrog shahrida tug‘ilgan. Moskva universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1884), shifokor boʻlib ishlagan. 1892 — 1898-yillarda Moskva yaqinidagi Melixovo qishlogʻi (hozirgi Chexov shahri)da yashab, mahalliy dehqonlarga tibbiy yordam koʻrsatgan, ularning bolalari uchun maktablar ochgan.

📚 Chexov 80-yillarning 2-yarmida teatr uchun “Ivanov” (1887 — 1889), “Alvasti” (1889, keyinchalik “Vanya amaki” nomi bilan qayta ishlangan) pyesalari, “Toʻy” (1889) bir pardali pyesasi, shuningdek, “Tamakining zarari haqida” (1886), “Ayiq” (1888), “Yubiley” (1891 — 1892) singari vodevillar yozgan.

🎭 90-yillar oxiriga borib, Chexovning dramaturglik mahorati yuksak choʻqqiga erishdi. “Chayka”, “Vanya amaki” (1896), “Uch opa-singil” (1900 — 1901), “Olchazor” (1903 — 1904) pyesalari 1898-yil Moskva Badiiy teatrida sahnalashtirildi.

✔️ 1898-yil sil kasali bilan ogʻrib, Yaltaga koʻchgan. Salomatligi yomonlashgach, 1904-yil iyunida Badenveyler (Germaniya)ga borgan va u yerda vafot etgan.

📖 @natlibuz
Garov(hikoya) - Anton Pavlovich Chexov
@kitoboqiuz
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Garov”
👤 Muallif: Anton Pavlovich Chexov
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 26.8 Mb
Davomiyligi: 00:29:18
🎤 O‘qidi: Abdug‘ani Ro‘ziyev

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#Navoiy_583
#Kutubxona_va_Navoiy

Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni ulug‘ bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan #Navoiy_583 va #Kutubxona_va_Navoiy xeshtegi ostida ulug‘ bobomiz g‘azallarida qayd etilgan Navoiy lug‘atidan o‘rin olgan so‘zlarning sharhi bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

➡️ Navbatdagi so‘zimizni...

👆Yuqoridagi rasm orqali bilib olishingiz mumkin.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
2024/09/26 21:48:40
Back to Top
HTML Embed Code: