✅ O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Madina Muxtorova bilan ijodiy uchrashuv
💢 2024-yil 26-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Madina Muxtorova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda aktrisaning ustozlari, hamkasblari, shogirdlari va uning ijodi ixlosmandlari ishtirok etdilar.
💢 Tadbirda M.Muxtorovaning hayoti, ijodi, o‘zbek teatr va kino san'atida u yaratgan obrazlar haqida hikoya qiluvchi hujjatli fil'mdan lavhalar namoyish etildi. So‘zga chiqqanlar aktrisaning teatr sohasiga kirib kelishi, uning ilk rollari, hamkorlikdagi spektakllari, gastrollar va muhlislar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar haqida gapirdilar.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt

#Yoshlar_ijodi
MENING YOLG‘IZIM
Yuragim qiynoqda vujudim yonib,
Seni sevdim faqat, har nedan tonib.
Tilimdan tushmagan marvarid gulim,
Sen mening borimsan, mening yolg‘izim!
Har nedan qizg‘onib, ardoqlab yonib,
Ta’rifing kuylasam, qo‘shiqqa solib.
Gullarning ichinda mushki ambarim,
Sen mening borimsan, mening yolg‘izim!
Shirin so‘zlaringdir yurak darmoni,
Pokiza qalbingdir, qalbim armoni.
Men uchun boqiydir bir haqiqatim,
Sen mening borimsan, mening yolg‘izim!
Qaniydi eplolsam, yor ko‘ngling olib,
Har onda ko‘rsaydim ko‘zlarim qonib.
Qizg‘aldoq gulidek mastona yorim,
Sen mening borimsan, mening yolg‘izim!
Mening go‘zalimning husnidir tanho,
Alloh hadya etgan menga bebaho.
Kunduz quyoshimsan, tunda yulduzim,
Sen mening borimsan, mening yolg‘izim!
Ko‘kdagi hilolning narxi bo‘lmaydi,
Yulduzning hilolda haqqi bo‘lmaydi.
Oqshomda ko‘ringan misoli oyim,
Sen mening borimsan, mening yolg‘izim!
✍️ Jasur Tursunov

#Kichik_hikoya
📝 Uch kishi tosh tashiyotgan edi. Ularning biridan so‘rashdi:
— Umuman olganda, bu yerda nima qilayapsan?
U peshonasidagi terni artib tashladi-da, javob berdi:
— Mana shu mehnatim tufayli qaddim bukilib, og‘ir kunlarga qolib ketdim.
Ikkinchisining oldiga borib undan so‘rashdi:
— Sen nima qilayapsan?
U yenglarini shimardi-da, tumshug‘ini ko‘tarib, g‘urur ila javob berdi:
— Pul ishlayapman. Bu yerda boshqa nima ham qilardim?
Keyin uchinchi kishidan so‘radilar:
— Sen nima ish qilayapsan?
U jilmaydi-da, javob berdi:
— Ibodatxona qurayapman.
Qissadan hissa. Qachonki oldinga oliy maqsad qo‘yarkansan, har qanday vaziyatda ham yashayotgan umringda ma’no bo‘ladi.

Telegram
Milliy kutubxona | Rasmiy
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining rasmiy telegram kanali
Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws
Murojaat uchun: @infonatlib_bot

#Kun_tarixi
📅 Bugun, 29-yanvar – Rus yozuvchisi Anton Pavlovich Chexov tugʻilgan kun.
🔹 Anton Pavlovich Chexov — rus yozuvchisi. U 1860-yil 29-yanvarda Rossiyaning Taganrog shahrida tug‘ilgan. Moskva universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1884), shifokor boʻlib ishlagan. 1892 — 1898-yillarda Moskva yaqinidagi Melixovo qishlogʻi (hozirgi Chexov shahri)da yashab, mahalliy dehqonlarga tibbiy yordam koʻrsatgan, ularning bolalari uchun maktablar ochgan.
📚 Chexov 80-yillarning 2-yarmida teatr uchun “Ivanov” (1887 — 1889), “Alvasti” (1889, keyinchalik “Vanya amaki” nomi bilan qayta ishlangan) pyesalari, “Toʻy” (1889) bir pardali pyesasi, shuningdek, “Tamakining zarari haqida” (1886), “Ayiq” (1888), “Yubiley” (1891 — 1892) singari vodevillar yozgan.
🎭 90-yillar oxiriga borib, Chexovning dramaturglik mahorati yuksak choʻqqiga erishdi. “Chayka”, “Vanya amaki” (1896), “Uch opa-singil” (1900 — 1901), “Olchazor” (1903 — 1904) pyesalari 1898-yil Moskva Badiiy teatrida sahnalashtirildi.
✔️ 1898-yil sil kasali bilan ogʻrib, Yaltaga koʻchgan. Salomatligi yomonlashgach, 1904-yil iyunida Badenveyler (Germaniya)ga borgan va u yerda vafot etgan.
📖 @natlibuz