Telegram Web Link
#Bilasizmi

Nimaga kitob o‘qishimiz shart?

1. Kitob miya uchun GYM. Kitob orqali sizda “critical thinking” (tanqidiy fikrlash) va “problem-solving” (muammolarni tezroq yechish) kabi ko‘nikmalar rivojlanishni boshlaydi. Bu esa XXI asrda hammada ham bo‘lmagan ko‘nikmalarni o‘zingizda shakllantirish imkonini yaratadi. ❇️

2. Kitob stressni kamaytiradi. Stress vaqtida eng asosiy narsa bu chalg‘ish. Kitob bilan siz chalg‘iysiz va bu sizdagi stressni kamayishiga sezilarli ta’sir qiladi.
🧠

3. Yozish qobiliyatingizni yaxshilaydi. “Copywriting” ya’ni yozish san’ati kelajak sohasi hisoblanadi. O‘qish yozish qobilyatingizni oshishiga sabab bo‘ladi.
✍️

4. O‘qish uyqu sifatini yaxshilaydi. Kitob o‘qiganda insonda sokinlik kuzatiladi va organizm dam oladi. Bu esa o‘z-o‘zidan uyquga sabab bo‘ladi. Yotishdan oldin kitob o‘qish chindan ham stress va boshqa charchoqlarni oldini olgani sababli uyqu sifatigayam ta’sir o‘tkazadi. Faqat o‘qilayotgan kitob qog‘oz bo‘lishi shart.
😴

📱
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#taziya

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi jamoasi Sirdaryo viloyati axborot-kutubxona markazi direktori Alijon Boymatovning vafoti munosabati bilan uning oila a'zolari, yaqinlari va axborot-kutubxona markazi jamoasiga chuqur ta'ziya izhor etadi.
Baymatov Alijon Azimjonovich 1961-yilda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida tug‘ilgan, 1986-yilda Toshkent davlat madaniyat institutini “Kutubxonachi-bibliograf” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
1978-1994 - yillarda turli lavozimlarda, 1994-yildan kutubxona sohasida ishlab keldi. 1997-2000-yillarda Sirdaryo viloyati bolalar kutubxonasi direktori,  2000-yildan hozirgi kunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati axborot-kutubxona markazi direktori lavozimida ishlab keldi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#Kitobdan_parcha

📖 Kulishga haqqingiz bor, chunki o‘ch olasiz, lekin siz ifloslik natijasida kulasiz, men to‘g‘rilik samarasini o‘raman. Siz iflos vijdon bilan g‘olibsiz, men sof vijdon bilan mag‘lubman.

✍️ ABDULLA QODIRIY

📕 “Mehrobdan chayon” kitobidan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#Navoiy_583
#Kutubxona_va_Navoiy

Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni ulug‘ bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan #Navoiy_583 va #Kutubxona_va_Navoiy xeshtegi ostida ulug‘ bobomiz g‘azallarida qayd etilgan Navoiy lug‘atidan o‘rin olgan so‘zlarning sharhi bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

➡️ Navbatdagi so‘zimizni...

👆Yuqoridagi rasm orqali bilib olishingiz mumkin.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#Kichik_hikoya

📝 Kunlarning birida sichqon ferma xo‘jayini qo‘ygan qopqonni ko‘rib qoldi. U bu haqda qo‘yga, tovuqqa hamda sigirga aytib berdi. Ammo ular: “Qopqon bizning muammoimiz emas. Biz uning nimasidan qo‘rqamiz? Uning bizga hech qanday aloqasi yo‘q”, deb javob qaytarishdi.
Kunlardan bir kun qopqonga ilon tushib qoldi va xo‘jayinning xotinini chaqib oldi. Xotinining tanasidan ilonning zahrini chiqarib tashlash va unga quvvat bo‘ladi, degan umidda fermer tovuqni so‘ydi-da, undan xotiniga tovuq sho‘rva tayyorlab berdi. Kasalmand xotinini ko‘rishga kelayotganlar oldida uyalib qolmasligi uchun qo‘yni so‘ydi hamda uning go‘shtidan turli taomlar tayyorlab, mehmonlarni kutib oldi. Ammo, afsuski, xotini vafot etdi. Marakani o‘tkazish uchun fermer sigirni ham so‘yishga majbur bo‘ldi.
Bu o‘tgan vaqt mobaynida vaziyatni o‘z uyasidan kuzatib turgan sichqon bo‘lib o‘tgan hodisalar haqida fikr yuritardi...
Qissadan hissa: “Bu hayotda hech kim hech narsadan himoyalanmagan, shu sababli boshqaning muammosiga befarq bo‘lmaslik kerak!”


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jadidlar

📖 Hozirgi zamonga muvofiq kishi bo‘lmoq uchun ilm va ma’rifat bilan bir qatorda iqtisod, insof, tuganmas harakat, bitmas g‘ayrat lozimdur.


✍️ Abdulla Avloniy


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
60%
Zamharir
40%
Zamxarir
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
65%
Xosiyatli
35%
Hosiyatli
#Kun_hikmati

Aziz kitobxonlar, biz sizlarga buyuk shaxslar tomonidan qayd etilgan hikmatli fikrlardan berib borishda davom etamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
2024/09/27 04:16:24
Back to Top
HTML Embed Code: