Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kichik_hikoya

📝 Yaqinda xayriya jamg‘armasida berishgan adyol uni issiq saqlar, bugun axlat qutisi ichidan topib olgan poyabzal esa oyog‘iga loyiq kelgandi.
   Ko‘chadagi chiroqlar sovuq tun bo‘lsa-da uning qalbini yoritib turardi.
   Xiyobondagi o‘rindiqqa qulay joylashib olgani unga huzur bag‘ishlardi.
   "Xudoga shukr, - dedi u, hayot naqadar go‘zal!"

✍️ Endryu E.Xant. “Shukrona”

📱
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt‌‌
​​#Kun_tarixi

📅 Bugun, 20-yanvar – Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron tugʻilgan kun.

🔹 X.Davron 1952-yil 20-yanvarda Samarqand shahri yaqinidagi Chordara qishlogʻida tugʻilgan — oʻzbek shoiri, dramaturgi, tarixchisi, yozuvchisi va tarjimoni.
✒️ Oʻzbekiston xalq shoiri (1999),
🏆 Adabiyot sohasida beriladigan Mahmud Koshgʻariy nomidagi Xalqaro mukofot (1989),
✏️ Xalqaro “Oltin qalam” mukofoti (2009),
🎗 Ozarbayjonning “Mikoyil Mushfiq” mukofoti (2013) bilan taqdirlangan.
🏵 1997-yilda «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlangan.


📝 Xurshid Davronning ilk sheʼriy toʻplami ("Sheʼrlarim") nomi bilan 1976-yilda chop etilgan, birinchi kitobi ("Qadrdon quyosh") 1979-yilda bosib chiqarilgan. Shundan soʻng shoirning "Shahardagi olma daraxti" (1979), "Tungi bogʻlar" (1981), "Uchib boraman qushlar bilan" (1983), "Toʻmarisning koʻzlari" (1984), "Bolalikning ovozi" (1986), "Qaqnus" (1987), "Bahordan bir kun oldin" (1989), "Bibixonim" singari kitoblari dunyoga keldi.

📖 @natlibuz
​​*****

Oppoq edi boshda bu dunyo:
Ko‘cha oppoq, kechalar oppoq,
Qanday yaxshi ekan bolalik,
Oppoq ranglar bilan yashamoq…

Yashillandi keyin birma-bir
Dala, chorbog‘, omonat ko‘prik.
Dovuchchadek mo‘ltirab boqdi
Qo‘shni boqqa tushgan bolalik…

Moviylandi keyin barchasi…
Bolaligim termuldi mahzun:
Qorachig‘i – tunning parchasi,
Ilk sevgisi kiprikdek uzun.

Keyin asta xira tortdi nur,
Aralashdi oq, yashil, moviy,
Bolalikdan keyingi umr
Daryolardek oqa boshladi.

Faqat ba’zan bu aziz ranglar
Tushlarimga solar qasirg‘a.
Oppoq bolish ustida yonar
Ko‘zdan oqqan tomchi – isirg‘a.

Xurshid Davron

📖 @natlibuz
#Iqtibos

⚡️ Ma’rifatparvar jadidlarimizdan o‘gitlar

🗞 Jadid bobolarimizning yoshlarga ilm borasidagi o‘gitlari.

TАРҒИБОТ МАТЕРИАЛЛАРИГА КИРИШ УЧУН ҚУЙИДАГИ ҲАВОЛАГА ЎТИНГ
👉https://www.tg-me.com/targibotmaterial
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
63%
Xomush
37%
Homush
#Kichik_hikoya

📝 Bir yosh yigit hikoya qiladi:
Bir kuni onam bilan tortishib qoldik. Ovozlar ko‘tarilishgacha bordi. Oldimdagi kitob-daftarlarimni zarda bilan stol ustiga otdim-da, xonamga kirib ketdim. O‘sha paytda ko‘nglimga qil ham sig‘masdi. Odatda biror narsadan qattiq xafa bo‘lsam, uyqu bilan yozilardim...
Ertasi kuni universitetdan qaytayotib, o‘zimni qo‘yarga joy topolmay, qayerda yurganimni ham bilolmay, bezovtalanib, oxiri mehribon onajonimga hazilnamo bir noma yozdim. Nomada jumladan shunday deyilgandi:
"Eshitishimcha, inson oyog‘ining osti ustiga nisbatan muloyimroq va yumshoqroq bo‘larkan. Muborak oyog‘ingiz shu gaplarning to‘g‘riligini lablarim bilan tekshirib ko‘rishimga ijozat berarmikin?!"
Uyga kelsam, volidam meni ostonada kutib turardilar. Ko‘z yoshlari yanoqlariga oqib tushardi. Dedilar:
“Oyog‘imni o‘pishingga hech qachon ruxsat bermayman. Sen aytgan gapga kelsak, men uning to‘g‘riligini yosh paytingda oyoqchalaringning ustini ham, ostini ham o‘paverib, allaqachon bilib bo‘lganman”.
Ko‘z yoshlarim yuzimni yuvdi! Parvardigorim amri ila ular bir kuni o‘tib ketadilar. Bas, bu kunlarni g‘animat bilib, xizmatlarini qilib qolinglar. O‘tib ketgan bo‘lsalar, duoi xayr ila yod olinglar...


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt‌‌
⚡️ "Jadid" gazetasini elektron holda yangi formatda o‘qib zavq oling:

👉 1-sonni o‘qish uchun bosing.
👉 2-sonni o‘qish uchun bosing.
👉 3-sonni o‘qish uchun bosing.

Gazetaning telegram kanali: @Jadid_media

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt‌‌
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
63%
Xoqon
37%
Hoqon
2024/09/27 07:23:26
Back to Top
HTML Embed Code: