Telegram Web Link
EIFL xalqaro konsorsiumining elektron bazalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotchilarga seminar o‘tkazildi

📌
Joriy yil 26-sentyabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti talaba va ilmiy xodimlari uchun O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati mutaxassisi Husniya Boysunova tomonidan xorijiy ilmiy-ta’limiy bazalar haqida seminar-trening o‘tkazildi.

📌 Seminarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining EBSCO Information services, ProQuest Dissertations & Theses, PressReader, EastView, EBS Znanium, Web of Science Core Collection, Springer Nature hamda EIFL xalqaro konsorsiumining elektron bazalari haqida ma’lumot berildi.

📌 Shuningdek, mazkur bazalardan foydalanish, platforma bilan ishlashning samarali usullari, to‘liq matnli resurslarni yuklash, ilmiy ma’lumotlar qidirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun platforma imkoniyatlari bilan tanishtirish kabi mavzularda batafsil ma’lumot berildi.


Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#Muvaffaqiyat_sirlari

📖Har bir inson tugʼilgandayoq boy boʼlish huquqiga ega boʼladi, degan mashhur qoidaga binoan, muallif pul bilan muomala qilish jarayonlarini keng kitobxonlar ommasiga batafsil tushuntirib beradi: pulni qanday tejash, toʼgʼri sarflash, qarzlarni uzish — xullas, birinchi million dollarni qanday qilib ishlab topishni oʼrgatadi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#Kutubxona_OAV_nigihida

"Yangi O'zbekiston" gazetasining 2024-yil 27-sentyabr kungi 197 (1258)-sonida O'zbekiston Milliy kutubxonasi direkori Umida Teshabayevaning "Kitobxon jamiyat ma'naviy tafakkur ildizi nechog'lik teran?" nomli maqolalari chop etildi.

📄 MAQOLANI O'QISH

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024/09/27 15:28:54
Back to Top
HTML Embed Code: