Telegram Web Link
EIFL xalqaro konsorsiumining elektron bazalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotchilarga seminar o‘tkazildi

📌
Joriy yil 20-sentyabr kuni Yangi O'zbekiston universiteti ilmiy xodimlari uchun O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati mutaxassisi Husniya Boysunova tomonidan xorijiy ilmiy-ta’limiy bazalar haqida seminar-trening o‘tkazildi.

📌 Seminarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining EBSCO Information services, ProQuest Dissertations & Theses, PressReader, EastView, EBS Znanium, Web of Science Core Collection, Springer Nature hamda EIFL xalqaro konsorsiumining elektron bazalari haqida ma’lumot berildi.

📌 Shuningdek, mazkur bazalardan foydalanish, platforma bilan ishlashning samarali usullari, to‘liq matnli resurslarni yuklash, ilmiy ma’lumotlar qidirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun platforma imkoniyatlari bilan tanishtirish kabi mavzularda batafsil ma’lumot berildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Forwarded from Bookerberg
"Non-Fiction" loyihasining 8-soni chiqdi!

Loyihamizning navbatdagi soni Morgan Houselning "Pul psixologiyasi" nomli kitobi haqida.

Ushbu kitob bizga pul bilan qanday muomala qilish kerakligini, moliyaviy savodxonlikka erishish uchun nimalarni bilishimiz kerakligini va insoniyatning pul bilan bog'liq psixologiyasini o'rgatadi.

Do'stlar, kanalga obuna bo'linglar, like bosinglar va izohlarda o'z fikrlaringizni yozib qoldiringlar.

📌 https://youtu.be/46fqZjWrCjE?si=t9tJ0uY2lK3dFAKV

@Bookerberg
#Kutubxona_OAV_nigohida

O'zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan ham O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayevaning Turkiyaning turkiy xalqlarning madaniyati, san'ati va urf-odatlari haqida hikoya qiluvchi “Bengütaş” kutubxona jurnalining 2024-yil 3-sonida chop etilgan Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati haqida hikoya qiluvchi maqolasi e'tirof etilmoqda.

👉 https://uza.uz/posts/638260
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
31%
Bexalovat
63%
Behalovat
5%
Bexalovvat
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
11%
Assosiz
89%
Asossiz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Bizni qaritolmas yillar, zamonlar..."

📌 O'zbekiston Milliy matbuot markazida O'zbekiston jurnalistlar uyushmasi a'zosi, "Do'stlik" ordeni sohibi, taniqli jurnalist, mohir suhandon, istedodli ijodkor Sohibjon Alijonov xotirasiga bag'ishlab, jurnalistlar Laziz Rahmatov va Azizjon Alijonovlar tomonidan to'plab, nashrga tayyorlangan "Bizni qaritolmas yillar, zamonlar..." nomli kitob taqdimoti, hamda serqirra ijodkorning xotira kechasi bo'lib o'tdi.

📌 Sohibjon Alijonovning sermahsul faoliyati faqatgina televideniya bilan cheklanib qolgan emas. U ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa, "Facebook" tarmog'ida faol ijod qildi. har bir chiqishi katta ijtimoiy bahs-munozaralarga sabab bo'lar edi. Uning o'ziga xos uslubi qisqalik, lo'ndalik va masalani o'quvchiga tushunarli va ravon tilda yetkazib berishga asoslanar edi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
66%
Asqotmoq
34%
Asqatmoq
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
73%
Behudud
27%
Bexudud
2024/09/24 11:22:11
Back to Top
HTML Embed Code: