Telegram Web Link
2024-yil 17-sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Kitobxon onalar” kuni o'tkazildi

📌 An'anaviy tarzda har oyning 17-sanasida o'tkaziladigan tadbir ZOOM platformasi orqali respublikamizdagi barcha axborot-kutubxona markazlariga uzatildi.

📌 Navbatdagi “Kitobxon onalar” kuni ma'naviy-ma'rifiy tadbiri 1-oktyabr - “O‘qituvchi va murabbiylar” kuniga bag‘ishlangan bo‘lib, “Ma'rifat bog‘iga bog‘bonsiz-ustoz!” deb nomlandi.

📌 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva tadbir ishtirokchilarini qutlar ekan, yurtimizda kitobxon onalarning ko‘payib borayotgani quvonarli xol ekanligini, yoshlarda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini shakllantirishda ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyosligini ta'kidladi.

♻️ BATAFSIL

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!


Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
She’riy konsert davom etadi!

Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “MUTOLAA’DA SHE’RIYAT” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasini taqdim etadi.

Dastur qahramoni: “Do‘stlik” ordeni sohibi, shoir Shodmonqul SALOM

Mehmon: shoir va aktyor ERKIN BOZOROV

📝 So‘z va adabiyot muxlislarini 20-sentabr (kuni) soat 17:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz.

Ro’yxatdan o’tish uchun ushbu soʻrovnomani to’ldiring:
https://forms.gle/BJeQBMhLreJXnHj29

BU UNUTILMAS KECHA BO‘LADI!

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!


Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
96%
Arzon
4%
Orzon
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
31%
Beahloq
69%
Beaxloq
Assalomu alaykum aziz kuzatuvchilar!

🔹 Barchangizga malumki, #xatosiz_yozing heshtegi muntazam ravishda sahifamiz orqali ulashilmoqda. Ushbu heshteg bilan sahifamizga joylanadigan so'rovnomalar davom etishini xohlasangiz riaksiya qoldiring.

Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Hurmat bilan, O'zbekiston Milliy kutubxonasi Matbuot xizmati.
📝 O’zbekiston Milliy kutubxonasi Turkiya jurnalida📖

🟡Turkiyaning turkiy xalqlarning madaniyati, san'ati va urf-odatlari haqida hikoya qiluvchi “Bengütaş” kutubxona jurnalining 2024-yil 3-sonida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayevaning Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati haqida hikoya qiluvchi maqolasi chop etildi.

🟡Maqolada yurtimizda kitobxonlik, mutolaa madaniyati, kutubxona sohasi hamda uning vakillari bo‘lmish kutubxonachilarga qaratilayotgan yuksak e'tibor alohida ta'kidlangan, mamlakatimizdagi barcha axborot-kutubxona muassasalari uchun muvofiqlashtiruvchi va uslubiy markaz bo‘lgan Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining tarixi va bugunini bog‘lab turuvchi maʼnaviy, madaniy markaz sifatida jamiyatning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirib, intellektual va yuksak ma’naviy mulk manbai sifatida xizmat qilib kelayotgani tilga olingan.

🟡 Shuningdek, U. Teshabayeva o‘z maqolasida bugungi kunda Milliy kutubxonada foydalanuvchilarga zamonaviy xizmatlarni ko‘rsatib kelayotgan Milliy umumta’lim elektron kutubxona markazi, Skanerlash va raqamlashtirish, Multimedia studiyasi, Raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlash, Texnik va texnologik qo‘llab quvvatlash xizmatlarining faoliyati bilan tanishtiradi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘quv zallari xizmati yetakchi mutaxassisi Shahlo O’ktamovaning "Путь к самопознанию. Роль рефлексии в образовательном процессе" nomli maqolasi chop etildi 📔

Библиотека" Rossiya ommaviy jurnalining 2024-yil 7-sonida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘quv zallari xizmati yetakchi mutaxassisi Shahlo O’ktamovaning "Путь к самопознанию. Роль рефлексии в образовательном процессе" nomli maqolasi chop etildi. Unda muallif ta'lim jarayonida mustaqil anglashda refleksiyaning rolini tahlil qildi.

Maqolada maktab o‘quvchilarining tanqidiy fikrlashini rivojlantirishning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Muallifning fikricha, bu shaxsni shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi, xotira va tasavvurni kuchaytiradi, tahlil qilish qobiliyatini shakllantiradi. U o‘qitishga an'anaviy yondashuvni qayta ko‘rib chiqilishi va qayta tashkil etilishi, o‘quv jarayoniga interaktiv modellar kiritilishi kerakligini ta'kidlaydi.

Misol tariqasida u O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilgan tajribalar bilan o‘rtoqlashadi. Turli xil ma'rifiy tadbirlarni o‘tkazish yosh kitobxonlarga nafaqat yangi ma'lumotlarni olishga, balki ularni anglashga ham yordam beradi.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Aziz kitobxonlar, biz sizlarga buyuk shaxslar tomonidan qayd etilgan hikmatli fikrlardan berib borishda davom etamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024/11/15 18:04:55
Back to Top
HTML Embed Code: