Telegram Web Link
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, isteʼfodagi polkovnik Zikrilla Neʼmatovning “Qatag‘on o‘pqoni" nomli pyesalar to‘plami va jajji kitobsevarlar uchun "Olamni angla, bolam" nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi

🔶
Zikrilla Neʼmatovning “Qatag‘on o‘pqoni" nomli pyesalar to‘plami da el-yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusi, milliy an'analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo‘lganlar xotirasi muhrlangan bo‘lib, u teatr sahnalarida qo‘yilishi uchun mo‘ljallangan asarlardan iborat.

🔶 Tadbirda “Olamni angla, bolam” kitobi haqida ham fikr-mulohazalar bildirildi. Unga Yer sayyorasi, oy-yulduzlar, jonli tabiat haqidagi mazmunli she’rlar jam bo‘lgan. Taqdimotda Zikrilla Neʼmatovning ijodiy faoliyati, yangi kitoblarning mazmuni haqida so‘z bordi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#JARAYON

O’zbekiston madaniy merosini o’rganish, saqlash va ommalashtirish bo’yicha Butunjahon jamiyatining “Buyuk ajdodlar merosi — III renessans poydevri” VIII Xalqaro kongresi o’z ishini boshladi

Kongress doirasida milliy ekspertlarning Islom sivilizasiyasi markazi va Imom Buxoriy innovasiya muzeyi ko‘rgazmalari loyihalari bo‘yicha ma'ruzalari tinglandi. Unda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboeva “Islom sivilizasiyasi markazi kutubxonasi” mavzusida ma'ruza qildi.

📌 Eslatib o’tamiz:
Xalqaro kongres 26-avgustga qadar davom etadi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#JARAYON

O’zbekiston madaniy merosini o’rganish, saqlash va ommalashtirish bo’yicha Butunjahon jamiyatining “Buyuk ajdodlar merosi — III renessans poydevri” VIII Xalqaro kongresi doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi tomonidan mavzuga doir adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024/09/25 13:18:37
Back to Top
HTML Embed Code: