Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qoshğariy_Devonu_luğotit_turk

📔 Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni #Qoshğariy_Devonu_luğotit_turk rukni ostida kutubxona kitob javonlaridan o‘rin olgan Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan ma’lumotlar bilan tanishtirib boramiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#Muvaffaqiyat_sirlari

Teodor Ruzvelt shtat deputatligidan АQSh prezidentigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. U ko‘plab dadil takliflarni olg‘a surib, hukumat faoliyatida bir qator islohotlarni amalga oshirdi, shu bilan birga Qoʻshma Shtatlar xalqiga xizmat qilishni hech unutmadi. Hozirgi kungacha Teodor Ruzvelt mamlakatda eng mashhur liderlardan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu kitobda Ruzveltning liderlik bo‘yicha yetti qonuni hamda 136 bebaho sabog‘ini topasiz. Saboqlar liderlar uchun foydali bo‘lib, ularni yangidan-yangi muvaffaqqiyatlarga ilhomlantiradi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Joriy yilning 20-iyun kuni IFLA ning umumiy yig’ilishi bo’lib o’tdi.

💢 Unda O’zbekiston Milliy kutubxonasi IFLA a’zosi sifatida ishtirok etdi. Umumiy yig’ilishda 2023-yil davomida qilingan ishlar, natijalar va yutuqlar haqida hisobotlar taqdim etildi. Shu bilan birga IFLA nizomini tahrirlangan va o’zgartirishlar kiritilgan variantini tasdiqlash IFLA a’zolarining ovoz berish yo’li bilan ma’qullandi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024-yil 21-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Kitobxon onalar kuni” o‘tkazildi. Tadbirda yozuvchi, shoira, olimalar bilan bir qatorda Sirg‘ali tumani Oqila ayollar harakati a’zolari ishtirok etdilar.
🔊Tadbir Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyat va tuman AKMlarida ham tashkil etildi.
Tadbirni shoira Gulchehra Ibragimova olib bordi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari Nasiba Xoldorova tadbir ishtirokchilarini qutladi va kitobxonlikning ahamiyatini e'tirof etdi. Tadbirda Oila va xotin qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Guljamol Asqarova, filologiya fanlari doktori Hulkar Hamroeva, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi,  shoira  Zamira Zarrinlar so‘zga chiqdilar.
📚 Sirg‘ali tumani kitobxonlari Gulshan Abdunazarova,  Mavjuda Tursunova, Karomat Jabborovalar o‘zlari o‘qigan kitoblarning tavsiya taqdimotini o‘tkazdilar.
Estrada xonandasi Ismigul Abdullaeva qo‘shiqlari tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat bag‘ishladi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining "Istiqbol" o'quv zalida 23-iyun– Xalqaro Olimpiada kuni munosabati bilan “Olimpiya mamlakatida” “В стране Олимпии” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024/09/28 08:15:18
Back to Top
HTML Embed Code: