Telegram Web Link
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
56%
Yakkahol
44%
Yakkaxol
#Muvaffaqiyat_sirlari

📔 Morgan Hauzelning “Pul psixologiyasi” kitobi, pul bilan bo‘lgan munosabatingizni tom maʼnoda o‘zgartirib yuborishga qodir degan umidda sizga ushbu asarni tortiq etmoqdamiz. Asarni mutolaa qilar ekansiz, pulni samarali boshqarishda moliyaviy yoki matematik bilimlar emas, kishining xulq-atvori-yu turli keskin pallalarda o‘zini qanday tutishi muhimroq rol o‘ynashi kundek oydinlashib boraveradi. Qolaversa, kitobda sizga doimiy hamrohlik qiladigan boylikka tejamkorlik, kamtarlik va ehtiyotkorlik singari insoniy xislatlar bilan erishilishi hayotiy dalillar va o‘rinli misollar bilan isbotlab berilgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil etilganligining 23 yilligi munosabati bilan brifing o‘tkazildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QUTLOV

Shanxay hamkorlik tashkilotiga asos solinganligining 23 yilligi munosabati bilan Markazning Muvofiqlashtiruvchi kengashi qaroriga binoan O‘zbekistonda xalq diplomatiyasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan 50 ga yaqin shaxslarga “Xalq diplomati” ko‘krak nishoni topshirildi.

💢 Taqdirlanganlar orasida O'zbekiston Milliy kutubxonasi, Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati rahbari Gulbaxor Kabiljanova ham ushbu "Xalq diplomati" ko'krak nishoniga munosib ko'rildi.

💐Hamkasbimizni ushbu mukofot bilan chin yurakdan muborakbod etamiz💐

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Qurbon xayiti arafasida keksa avlod vakillariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida  O‘zbekiston Milliy kutubxonasida uzoq yillar faoliyat yuritgan va hozirda nafaqada bo‘lgan bir guruh mehnat faxriylari holidan xabar olindi
🙏 Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilatdir.
🤲 Sohada uzoq yillar xizmat qilgan faxriylar yoshlarga uzrlari xizmat qilgan davri haqida so‘zlab berdilar, hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, sohaning yetuk kadrlari bo‘lib yetishishda o‘zlarining beminnat maslahatlarini berdilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024-yil 15-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Fanlari akademiyasi akademigi, tarixchi-olim, tarix fanlari doktori, astrometriya va astronomiya tarixi mutaxassisi, professor Vladimir Petrovich Sheglov  tavalludining  120 yilligiga bag‘ishlangan “Ilm-fan zahmatkashi” deb nomlangan adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi.
📚 Unda Vladimir Shcheglov hayoti va ilmiy faoliyatiga doir adabiyotlar o‘rin olgan.
Vladimir Sheglovning asosiy ilmiy ishlari noyob astronomik asboblar yordamida yuлduzlarni kuzatib, aniq vaqtni belgilash va ular orqali joylardagi geografik uzunliklarning oʻzgarib borishini tekshirishga bagʻishlangan.
📝 U Ulugʻbek rasadxonasining geografik koordinatalarini va asosiy asbobi oʻqining azimutini aniqlagan.
📝 Vladimir Sheglov Xalqaro astronomiya ittifoqi aʼzosi. Kichik sayyoralardan biriga Vladimir Sheglov nomi berilgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024/09/21 23:17:18
Back to Top
HTML Embed Code: