Telegram Web Link
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma qo‘yildi

💢 Yoshlar orasida "Yashil makon” shiori ostida ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilish maqsadida 2024-yil 5-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 3-qavat foyesida Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan "Ona tabiat oldida mas’ulmiz" deb nomlangan ko‘rgazma qo‘yildi.

♻️ Ko‘rgazma atrof-muhit ifloslanishi tufayli tahdid solayotgan mislsiz xavf haqida insoniyatni ogohlantirish, qolaversa, atrof-muhit muammolariga dunyo e'tiborini tortishga xizmat qiladi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024-yil 6-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” o‘quv zalida buyuk rus shoiri, dramaturg va nosir Aleksandr Sergeevich Pushkin tavalludining 225 yilligiga bag‘ishlangan “Esimdadir ajib dam hali” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
📚 Ko‘rgazmada A. S. Pushkinning hayoti, ijodi va falsafiy fikrlashini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar, uning asarlari va ilmiy risolalar alohida o‘rin tutadi.
📃 Ko‘rgazmada foydalanuvchilar e'tiboriga Pushkinning tanlangan asarlari, poemalari, hikoyalari, balladalari, xatlari, izohlari, dono hikmatlari, aforizmlari, hamda uning o‘z matnlariga chizgan rasmlari jamlanmasi havola etilgan.
📖 Kutubxona foydalanuvchilari ko‘rgazmada Pushkinning sakkiz jildlik va uch jildlik o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlar to‘plami bilan tanishadilar.
📕 Kichik kitobxonlarni esa Pushkinning yorqin rasmlar bilan boyitilgan ertak kitoblari befarq qoldirmaydi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari tomonidan buyuk rus shoiri, dramaturg va nosir Aleksandr Sergeevich Pushkin tavalludining 225 yilligiga bag‘ishlangan videorolik tayyorlandi.

🎥 Unda adibning jahon va rus adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos xissasi haqida hikoya qilingan.

📝 Shuningdek,  Pushkinning sakkiz jildlik,  uch jildlik asarlar to‘plami va ko‘plab asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingani aytilgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
​​#Kun_tarixi

📅 Bugun, 6-iyun – ulugʻ rus adibi Aleksandr Pushkin tug‘ilgan kun.

🔹 Aleksandr Sergeyevich Pushkin (1799-yil 6-iyun Moskva — 1837-yil 10-fevral Sankt-Peterburg) — ulugʻ rus adibi, yangi rus adabiyotining asoschisi, dramaturg va nasr yozuvchi.
📜 Uning amakisi Vasiliy Lvovich oʻsha davrning koʻzga koʻringan shoirlardan boʻlib Pushkinlarnikiga taniqli shoirlar tez-tez mehmon boʻlib kelardi. Bu muhit Pushkinda sheʼriyatga havas uygʻotdi. 1811-1817-yillarda u Sarskoe selodagi litseyda taʼlim olgan. Pushkinning dastlabki sheʼri matbuotda 1814-yildayoq bosilgan edi. 1833-yil dekabrida Nikolay I Pushkinni kamer-yunker qilib tayinlagan.
📃 Pushkinning dastlabki she’rlari 1913-yilda matbuot yuzini ko‘rdi. U litseyda o‘qib yurgan kezlarida 120 ga yaqin she’r va 2 doston (tugallanmagan) yozadi.
Uning litseyda oʻqib yurgan paytlaridayoq “Shoir doʻstimga” (1814), “Mening doʻstlarimga vasiyatim” (1815), “Mening epitadiyam” (1815), “Mening Aristorximga” (1815), “Hijron”, “Ayriliq” nomli she’rlari odamlarning diqqat-e’tiborini oziga tortgan edi.
🖇 Pushkin janubga surgun qilingan paytlarida litseyda o‘qib yurgan chog‘laridan boshlab qoʻyilgan “Ruslan va Lyudmila” poemasini yozib tugatdi.
✔️ 1837-yilda yosh fransuz ofitseri Jorj Dantes bilan duelda Pushkin ogʻir yaralanib, vafot etadi.

📖 @natlibuz
📚 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining nodir nashrlar fondida shoir, dramaturg, tanqidchi, tarjimon, publisist, tarixshunos Aleksandr Sergeevich Pushkinning hayotlik va undan keyingi davrlarda nashr etilgan “История Пугачёвского бунта”  (1834), “Полтава”(1829), “Бахчисарайский фонтан”(1899) va boshqa asarlari saqlanmoqda. 
📝 Mazkur asarlar adabiyotshunos olimlar,  tarixchilar hamda keng kitobxonlar ommasida katta qiziqish uyg‘otib kelmoqda.
Quyida namuna keltirilgan
📓 "Полтава" poemasi 1829-yilda yozilgan bo‘lib,  unda tarixiy manbalar tilga olingan hamda xalq qo‘shiqlaridan keng foydalanilgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024/09/22 06:20:14
Back to Top
HTML Embed Code: