Telegram Web Link
2024-yil 22-may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” o‘qish zalida ingliz yozuvchisi Artur Konan Doyl tavalludining 165 yilligiga bag‘ishlangan “Detektiv janrining benazir ustasi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
📚Ko‘rgazmada adibning asarlari va uning ijodiga bag‘ishlangan kitoblar taqdim etilgan. Uning detektiv, ilmiy-fantastik va tarixiy-sarguzasht asarlari qahramonlari: buyuk izquvar Sherlok Xolms, g‘ayrioddiy professor Chellendjer, kavaleriya polkining jasur ofiseri Jerar barchaga tanish. U muayyan bir janrda ijod qilmaydi, balki o‘z qalamini barcha adabiy yo‘nalishlarda sinab ko‘radi va katta shuhrat qozonadi.
🔍 Ko‘rgazmada foydalanuvchilar ko‘plab harbiy askarlar hayotini saqlab qolgan kema shifokori, jo‘shqin motosiklchi, hayotni sevuvchi inson, tarixchi, ingiz risari va ko‘plab kitobxonlar avlodining sevimli yozuvchisi hayotining yorqin sahifalari bilan tanishdilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Do‘stlik” ordeni hamda “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli yozuvchi Jo‘ra Fozil asarlari haqida Gʻayrat Murodov va Sayyora Latipovalar tomonidan yozilgan “Epik ijodda tasvirlash mahorati” nomli kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

💢 Tadbirda so‘zga chiqqanlar Jo‘ra Fozilnig adabiy faolligini, uning milliy nasr maydonida o‘z o‘niga ega bo‘lgan ijodi, shirali tili, aniq tasvirlari, yaratgan tabiiy insoniy qiyofalarga ega qahramonlari bilan kirib kelganini ta'kidladilar. Yozuvchi epik turning barcha janrlarida qalam tebratib kelmoqda. U o‘z qissa va roman janrlarida moziy va zamona haqiqatlarini badiiy ifodalashga harakat qilib kelmoqda.

♻️ Kitob til va adabiyot yo‘nalishi talabalari, magistrantlari, doktorantlar, shuningdek, so‘z san'ati muxlislariga mo‘ljallangan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Audio
#Kutubxona_OAV_nigohida

Fm 104.0 MHz "Yoshlar" radiokanalida efirga uzatilayotgan "Yoshlar bilan" loyihasining navbatdagi mehmoni O'zbekiston Milliy kutubxonasi Matbuot kotibi Jasur Tursunov bo'ldi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qoshğariy_Devonu_luğotit_turk

📔 Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni #Qoshğariy_Devonu_luğotit_turk rukni ostida kutubxona kitob javonlaridan o‘rin olgan Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan ma’lumotlar bilan tanishtirib boramiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
35%
Huruj
65%
Xuruj
2024/09/24 23:16:14
Back to Top
HTML Embed Code: