Telegram Web Link
#Jadidlar

Agarda til va adabiyotimizni muhofaza qilmay, anga ajnabiy lug‘at va so‘zlarni qo‘sha bersak, bir oz zamonda til va milliyatimizni yo‘qoturmiz. Milliyatimizni yo‘qotganda diyonatimiz o‘z-o‘zi ila albatta, yo‘qolur.

Bas, bizg‘a tilimizni ajnabiy so‘zlardan muhofaza qilmoqlik eng birinchi muhim bir vazifadur!

✍️ Mahmudxo‘ja Behbudiy

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Urumchi shahridan xitoy bolalar yozuvchisi Odil Abdurahmon O‘zbekiston Milliy kutubxonasida.

🤝 Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, unda uyg‘ur tilida mavjud adabiyotlar bilan tanishishdan iborat.
📚 Shuningdek, mehmon yozuvchi bobokalonimiz, mutafakkir Alisher Navoiy ijodiga dahldor kitoblar bilan tanishish niyati borligini izhor etdi. Odil Abdurahmonning aytishicha, uning shaxsiy kutubxonasida Hazrat Alisher Navoiyning uyg‘ur tiliga o‘girilgan kitoblari bor bo‘lib, anchadan buyon ularning o‘zbek tilidagi nusxalarini o‘qish ishtiyoqi bo‘lgan.
Xitoy bolalar yozuvchisi Odil Abdurahmon kutubxona o‘quv zallari bilan tanishar ekan, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar va zamonaviy imkoniyatlardan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Tojikiston Respublikasi Milliy kutubxonasi va nashriyot, matbaa xodimlari O'zbekistonda.

💢 O'zbekiston va Tojikiston Respublikalari o'rtasidagi ikki tomonlama madaniy- gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish, o'zaro tajriba almashish va hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida Tojikiston Respublikasining nashriyot, matbaa xodimlari hamda soha mutaxassislarini O'zbekistondagi nashriyotlar va matbaa korxonalari bilan tanishdi.

♻️ Qolaversa mehmonlar O'zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari tomonidan tashkillashtirilgan ekskursiya orqali axborot-kutubxona faoliyati bilan ham yaqindan tanishtirildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024/09/22 11:41:08
Back to Top
HTML Embed Code: