Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida

Axborot 24 | IV Respublika kitobxonlik haftaligi
#26apr #uzbekiston24

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTube
Facebook l Twitter l Web Sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KITOBXONLIK_HAFTALIGI_2024
#BUXORO_VILOYATI

Buxoro viloyatida IV Respublika «Kitobxonlik haftaligi» jarayonlari

💢 Haftalik davomida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Hamisha barhayot, asl shoirlar” mavzusida adabiy-musiqiy kecha tashkil qilindi. Adabiy-musiqiy kechada Buxoro davlat universitetinig Filologiya fakulteti, O‘zbekiston Respublikasi IIV qoshidagi  Buxoro akademik litseyi o’quvchilari jalb qilindi.

💢 Patrul post xizmati xodimlari ishtirokida “Kitobxonlik haftaligi”doirasida davra suhbatlari tashkil qilindi.
Shuningdek “Moviy jomadon tashrifi” loyihasi doirasida  joylarda kitob targ’iboti, kitob taqdimotlar o’tkazildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTube
Facebook l Twitter l Web Sayt
#KITOBXONLIK_HAFTALIGI_2024

2024-yil 26-aprel kuni "Kitobxonlik haftaligi-2024" doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Dream School" xususiy maktabining 5-sinf o‘quvchilari ishtirokida "Sevimli kitoblar sahifalarida" nomli adabiy viktorina bo‘lib o‘tdi. Ikki jamoaga bo‘lingan o‘quvchilar o‘zlarining sevimli ertaklaridan anagramlar, topishmoqlarni topishda, pazllardan rasmlar yasashda, tezaytishlar aytishda va berilnan so‘zlardan maqollar yasashda, shuningdek ko‘zlarini yumib rasmlar chizishda baxslashdilar.
Tadbir yakunida o‘quvchilar uchun kutubxona bo‘ylab tanishuv ekskursiyasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Intellektual" klubida xotira kechasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2024-yil 27-aprel kuni bo‘lib o‘tgan "Intellektual" klubning navbatdagi yig‘ilishi Buxoroda tug‘ilgan arxeolog va san'atshunos, islomshunos olim Sergey Nikolaevich Yurenevning ilmiy va ijtimoiy faoliyatiga bag‘ishlandi.
Tadbir avvalida Sergey Yurenevning hayoti haqida hujjatli fil'm va "Eski Toshkent haqida ballada" ashulasiga ishlangan klip namoyish etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Yurenevning o‘rta asrlardagi Paykent qishlog‘i atrofini o‘rganishdagi, yodgorliklarni muhofaza qilish qo‘mitasining Buxoro viloyati bo‘ylab marshrut ekspedisiyasidagi ishtiroki, Janubiy Turkmaniston arxeologik ekspedisiyasi tarkibidagi faoliyati haqida ham aytib o‘tildi. Uning Buxoroda yashab, ijod qilgan ko‘plab rassomlar, musiqachilar va yozuvchilar ijodiga sezilarli ta'siri haqida ham aytib o‘tildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTube
Facebook l Twitter l Web Sayt
2024/09/23 09:19:47
Back to Top
HTML Embed Code: