Telegram Web Link
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi "O‘zbekiston" o‘quv zalida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Hamid G‘ulom tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan “Ox,  sening yoshliging menda bo‘lsaydi!” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Hamid G‘ulom 1919-yilda Toshkentda tug‘ilgan.
📰 1941-yilda Toshkent pedagogika institutini bitirb, 1935-1944-yillarda o‘zining ilk she'rlari, 1934-yilda esa gazeta maqolalari bilan tanildi.
📚 Hamid G‘ulom “Mash'al”, “Mirzacho‘l”, “Senga intilaman”, “Toshkentliklar” kabi o‘z romanlarini rus tiliga tarjima ham qilgan.
📖 Shuningdek, u Pushkinning “Bog‘chasaroy fontani” va “Tosh mehmon”, Vil'yam Shekspirning “O‘n ikkinchi mehmon”, Lope de Veganing “Kuy chashmasi” kabi asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. U serqirra ijodkor: romanlar,  qissalar, turkum hikoyalar, ocherk, publisistik maqola va musiqali dramalar yozgan,  tarjimalar qilgan.
🎼 "Toshbolta oshiq" musiqali dramasi adib ijodida alohida o‘rin tutadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida

Kitobxonlik haftaligi doirasida akademik Akmal Saidovning “Lev Tolstoy hikmatlari” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTube
Facebook l Twitter l Web Sayt
#KITOBXONLIK_HAFTALIGI_2024

Kitobxonlik haftaligi doirasida  "Erudit-tanlov"  o‘tkazildi.

💢 2024-yil 25-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Kitobxonlik haftaligi-2024" doirasida "Sehriyo" maktabining 9 - "A"," B"," C"," G "va" D" sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Erudit-tanlov"  o‘tkazildi.

♻️ BATAFSIL

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTube
Facebook l Twitter l Web Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz Vatandoshlar!

💢 Sizlarni 27-28-aprel kunlari "Kitobsevar millat" shiori ostidagi IV Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida poytaxtimizdagi “Dream park” istirohat bog‘ida kitob savdo yarmarkasiga taklif qilamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTube
Facebook l Twitter l Web Sayt
#KITOBXONLIK_HAFTALIGI_2024

2024-yil 25-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Kitobxonlik haftaligi-2024" doirasida "Yangi O‘zbekistonning yosh ijodkorlari" mavzusida  she'riyat kechasi bo‘lib o‘tdi.
Unda yosh yozuvchi va shoirlar,  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Begali Eshonqulov,  Suhrob Ziyo,  Iroda Ahmadalieva hamda Javlon Jovlievlar ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari Nasiba Xoldorova yig‘ilganlarni qutlar ekan,  ularni haftalikning mohiyati va ahamiyati bilan tanishtirdi,  respublikamiz axborot-kutubxona markazlarida bo‘lib o‘tayotgan tadbirlar haqida ma'lumot berdi.
She'riyat kechasida shoirlar yig‘ilganlarga o‘z ijodidan Vatan,  ona,  muhabbatni madh etuvchi she'rlaridan armug‘on etdilar.  O‘z o‘rnida tadbir ishtirokchilari ham o‘zlarining sevgan she'rlarini o‘qib berdilar. Yosh ijodkorlarga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.
Bu kabi she'riyat kechalari mamlakatimizning barcha go‘shalarida davom etmoqda.
2024/09/23 09:19:56
Back to Top
HTML Embed Code: