Telegram Web Link
O'zbekiston Milliy kutubxonasida IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Bir adib haqida suhbat” rukni ostida “Biz baxtli bo‘lamiz” nomli tadbir bo'lib o'tdi.

💢 O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbir O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlandi.

💢 Tadbirda so‘zga chiqqanlar Muhammad Yusuf ijodida sevgi-muhabbat, insoniylik va fidoiylik, sadoqat va oqibat kabi xislatlarning tarannum etilgani haqida so‘zladilar,  uning she'rlarini o‘qidilar.

💢 Tadbir doirasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

💢 Ko‘rgazmada shoirning turli yillarda chop etilgan kitoblari, she'riy to‘plamlari, zamondoshlari va hamkasblarining xotiralari, gazetalar va jurnallardan maqolalar o‘rin olgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
Haftalik doirasida kitob taqdimotlari

💢 Yozuvchi, shoir, Navoiyshunos olim, tilshunos Bahodir Qabulning "Salom Turkiston" va "Ota chiroq" kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#SAYYOR_TADBIR

“Kitobxonlik haftaligi-2024" doirasida “Mahalla–oila–kutubxona”  loyihasi  amalga oshirildi

💢 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari Haftalik doirasida 22-aprel kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi “Dilbuloq” mahallasiga sayyor tadbir uyushtirdilar. Tadbirda mahalla faollari ishtirok etdilar.

💢 Tadbirda kutubxona mutaxassislari va falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar o'rtasida mutolaa madaniyatini oshirishga davlat tomonidan alohida e'tibor berilib, ko'plab samarali ishlar amalga oshirilayotganligi, kitob mutolaasi va badiiy adabiyot xususida suhbatlashdilar.

💢 Tadbir so‘nggida ishtirokchilar kutubxonaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
2024/09/23 17:18:11
Back to Top
HTML Embed Code: