Telegram Web Link
O'zbekiston Milliy kutubxonasi kadrlar xizmati rahbari N.Xudoyberdiyev Toshkent shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan 2024-yil 19-aprel kuni Toshkent moliya institutida tashkillashtirilgan Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasida ishtirok etdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
Kutilmagan intervyu
"Yoshlar" FM 104.0 MHz
#Kutubxona_OAV_nigohida

Fm 104.0 MHz "Yoshlar" radiokanalida efirga uzatilayotgan "Talabalar vaqti" dasturining - "Kutilmagan intervyu" sahifasida navbatdagi mehmon O'zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot kotibi Jasurbek Tursunov bo'ldi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Muvaffaqiyat_sirlari

Robin Sharma
Unvonsiz rahbar

Muallifning fikriga ko‘ra, yetakchilik salohiyati har bir insonda mavjud, lekin hamma ham undan foydalana olmaydi.  Biz ko‘pincha muvaffaqiyatli daqiqalarni kutib yashaymiz. Lekin bu daqiqalar ko‘p hollarda kelmaydi... Bunda esa bizga ko‘pincha yomon taqdir, adolatsiz boshliqlar, siyosiy vaziyat va boshqa holatlar aybdordek tuyuladi. Aslida esa, barcha muammolar o‘zimizda. Kitobni o'qisangiz, ana shunday muammolaringizga yechim topasiz!


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Milliy kutubxonasi va respublikamizdagi barcha kutubxonalarda 22-26 aprel kunlari "Kitobsevar millat" shiori ostidagi an'anaviy IV Respublika Kitobxonlik haftaligi bo'lib o'tadi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
​​#Kun_tarixi

📅 Bugun, 20-aprel – Oʻzbekiston xalq hofizi Maʼmurjon Uzoqov tugʻilgan kun.

🔹 Maʼmurjon Uzoqov 1904-yil 20-aprelda Margʻilonda tavallud topgan.
📌 Mamatbuva hofiz, Boltaboy Rajabov, Hamroqul qori singari hofizlar taʼsirida ashula aytishni boshlagan. Hasan qoridan dutor chalish va yallalarni, J. Sultonovdan katta ashulaning murakkab yoʻllarini oʻzlashtirgan.
🎵 Repertuaridan xalq ashula, yalla va katta ashulalar ("Ul kun jonon", "Nasihat", "Keldim", "Jonon kelur", "Koʻzlaring", "Bayet", "Parvo etib ket", "Qalam qoshing", "Aylading", "Yolg‘iz", "Koʻp erdi hasratim jono",  "Sayding qoʻyaber, sayyod"), bastakorlar asarlari (ayniqsa, M. Mirzayevning "Yakka bu Fargʻonada", "Surating", "Dogʻman", "Yor istab", "Bahor", "Qachon boʻlgʻay, kim", "Bir kelib ketsin" kabi), mumtoz ashulalar ("Feruz", "Mustahzod", "Bayet V") o‘rin olgan.

Margʻilon teatrida xonanda (1937—39), Muqimiy teatrida Tohir, Jarchi (S. Abdulla; T. Jalilov, "Tohir va Zuhra") rollarini oʻynagan artist va xonanda (1939—50), Oʻzbekiston radioqoʻmitasi (1950—52), Oʻzbek davlat estradasi (1952—62)da yakkaxon xonanda. Baland, shirador va oʻta taʼsirli ovoz sohibi.
🎙 Oʻzbekiston xalq hofizi (1939).
✔️ M. Uzoqov 1963-yilning 12-iyunida vafot etgan.
🏅 Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni (2000) bilan taqdirlangan.

📖 @natlibuz
#Sandiqdan_sadaf

📝 Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni #Sandiqdan_sadaf xeshtegi ostida kutubxona kitob javonlaridan o‘rin olgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ona tilimizda uchraydigan jozibador so‘zlarning sharhi bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
22-26-aprel kunlari Kitobxonlik haftaligi dasturidan o‘rin olgan tadbirlarning ba'zilari bilan tanishing!

♻️ Imkoningiz bo'lsa albatta O'zbekiston Milliy kutubxonasiga keling!

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
22-26-aprel kunlari Kitobxonlik haftaligi dasturidan o‘rin olgan tadbirlarning ba'zilari bilan tanishing!

♻️ Imkoningiz bo'lsa albatta O'zbekiston Milliy kutubxonasiga keling!

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
2024/09/23 21:30:31
Back to Top
HTML Embed Code: