Telegram Web Link
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida joriy yilning 17-aprel kuni soat 10:30 da navbatdagi metodik to‘garak zoom platformasi orqali (online va offline) tarzda o‘tkaziladi.

💢O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmatining “Axborot-kutubxona fondlarini jamlashdagi asosiy muammolar va ularning yechimlari” mavzusida o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tadi.

👩‍💻 Mashg‘ulotni onlayn — ZOOM platformasi orqali kuzatish uchun link: https://us06web.zoom.us/j/81167818360?pwd=ByDtuM0ur37bJuXuvryI0XOcPjSkKD.1

Konferensiya identifikatori: 811 6781 8360
Kod: UnKQ4G

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Navoiy_583
#Kutubxona_va_Navoiy

Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni ulug‘ bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan #Navoiy_583 va #Kutubxona_va_Navoiy xeshtegi ostida ulug‘ bobomiz g‘azallarida qayd etilgan Navoiy lug‘atidan o‘rin olgan so‘zlarning sharhi bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

➡️ Navbatdagi so‘zimizni...

👆Yuqoridagi rasm orqali bilib olishingiz mumkin.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Kutubxona_OAV_nigohida

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Texnik va texnologik qo‘llab quvvatlash xizmati, veb-ma'muriylashtirish bo'yicha mutaxassis Glikeriya Xaytiyevaning Rossiyada chiqadigan “Вестник БАЕ” jurnalining 2023-yil 2-sonida “От фантастики к реальности: искусственный интеллект в библиотечном мире” (Fantastikadan reallik tomon: kutubxona olamida sun'iy intellekt) nomli maqolasi chop etildi.

📝 Taqdim etilgan maqolada sun'iy intellekt fenomeni va uni hozirgi zamonda qo‘llashning asosiy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Muallif mushtariylarni sun'iy intellekt tushunchasi bilan va bu sohada muhim rol o‘ynaydigan eng mashhur neyron tarmoqlari bilan tanishtiradi. Maqola sun'iy intellekt tushunchasini yaxshiroq tushunishga yordam beradi va soha mutaxassislarini kutubxonalarni rivojlantirish va modernizasiya qilish bo‘yicha yangi g‘oyalarga ilhomlantiradi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#Ozbekiston_2030

O‘zbekiston–2030” strategiyasining ramzi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan ishlab chiqildi. Ramzda Mustaqillik monumenti mamlakatimiz tarixi, bugungi kuni va kelajakning o‘zaro uyg‘unligi ifodalangan, uning negizida xalqimizning birligi va birdamligi, O‘zbekistonning dunyo davlatlari bilan hamjihatligi, tinchliksevar siyosati mujassamlashgan. Humo qushi,  yuksaklikka bo‘y cho‘zgan ustunlar va ular muhofazasida tasvirlangan xalqimiz yurtimizda totuvlik, tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik hukm surayotganidan dalolatdir.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
Joriy yilning 17-aprel kuni ISBN xalqaro agentligi bilan onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.
📝 Onlayn suhbat jarayonida kitoblarning ISBN raqamlari uchun barkod taqdim etish imkoniyati haqida ma'lumot taqdim etildi. Xalqaro ISBN agentligining ISBN raqamlar uchun barkod generatsiya qiluvchi Agamik ilovasidan foydalanish bo'yicha amaliy ko'nikmalar berildi. Suhbatda O'zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari ham ishtirok etdilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2024-yil 17-aprel kuni "Axborot-kutubxona fondlarini jamlash" xizmati tomonidan tashkil qilingan “Axborot-kutubxona fondlarini jamlashdagi asosiy muammolar va ularning yechimlari” mavzusida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

♻️ Metodik to‘garak Milliy kutubxona va hududiy AKM, TAKM mutaxassislari ishtirokida zoom platformasi orqali o‘tkazildi. Mazkur o'quv mashg'ulotida "Axborot-kutubxona fondlarini jamlash" xizmati rahbari A.Abidova va xizmat xodimlari tomonidan fondlarni jamlashdagi asosiy tushunchalar, mavjud kamchiliklar va ularning yechimlari haqida atroflicha ma'lumotlar berildi. Mazkur mashgʻulot qiziqarli muzokaralarga, savol-javob va takliflarga boy tarzda bo'lib o'tdi. Unda Milliy kutubxona hamda hududiy AKM, TAKMlardan 650 nafarga yaqin mutaxassislar ishtirok etdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#Kun_hikmati

Aziz kitobxonlar, biz sizlarga buyuk shaxslar tomonidan qayd etilgan hikmatli fikrlardan berib borishda davom etamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Qoshğariy_Devonu_luğotit_turk

📔 Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni #Qoshğariy_Devonu_luğotit_turk rukni ostida kutubxona kitob javonlaridan o‘rin olgan Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan ma’lumotlar bilan tanishtirib boramiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
2024/09/24 19:28:31
Back to Top
HTML Embed Code: