Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida

https://uztv.tv/channels/uzbekiston-tarix

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, shoir Turob Niyozning "Ishtiyoq" nomli yangi sheʼriy toʻplamining taqdimoti bo'lib oʻtdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Muvaffaqiyat_sirlari

📌 Ushbu kitob hayotda qay tarzda muvaffaqiyat qozonish mumkinligi haqida hikoya qiladi. Muallif ibratli misollar keltiradi va birinchi toifali savdogarga xos uslub, idrok, mahoratni rivojlantirish borasida mufassal yo‘llanma beradi. Kitob har qanday sohada sermahsul ishlashni xohlovchi va muloqotda ko‘tarinkilik istovchi kishilarga mo‘ljallangan.

📘 Kecha omadsiz — bugun muvaffaqiyat qozongan savdogar

Frenk BETTJER

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
2024-yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Skanerlash va raqamlashtirish xizmati tomonidan 10 154 ta nashrlar raqamlashtirildi va kutubxonaning www.natlib.uz veb-portali va boshqa ma'lumotlar bazalariga yuklab borilmoqda,
Raqamlashtirilgan resurslar kitobxonlar talabiga binoan  kutubxonaning https://www.tg-me.com/kitoboqiuz va https://www.tg-me.com/natlibuz telegram kanallariga joylashtirib borildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Bobur_541

Soyavor az notavoni jo-bajo meo‘ftam,
Gar nagiram ro‘i devore zi po meo‘ftam.


Mazmuni:
Tushmasam devorlarni har qadam,
Soyadek yer uzra tushgum dam-badam.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
2024-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” zalida Xalqaro bolalar kitobi kuniga bag‘ishlangan “Kitoblarning mo‘jizaviy olami” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.  1967-yildan buyon har yili mashhur ertakchi Gans Xristian Andersen tavallud topgan kun, 2-aprel kuni Xalqaro bolalar kitoblari kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. Bayram maqsadi – bolalarni kichik yoshdan mutolaaga o‘rgatish va bu bilan insonning ma'naviy va intellektual shakllanishida kitobning rolini bolalar kitoblari rolini targ‘ib etish.
G.X. Andersen va aka-uka Grimmlar, N.Nosov, A.Barto, K.Chukovskiy, B.Zaxoder, E.Uspenskiy, G‘.G‘ulom, Z.Diyor, Q.Muhammadiy, P.Mo‘min, X.To‘xtaboev, A.Obidjon, T.Adashboevlar kabi bolalar yozuvchilari va shoirlari asarlari hozir ham sevib o‘qilmoqda.
Ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilar hukmiga o‘zbek, rus va inliz tilidagi turli xalq ertaklari to‘plamlari va bolalar sevimli yozuvchi va shoirlarining hikoya va she'rlari havola etilgan.
#Navoiy_583
#Kutubxona_va_Navoiy

Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni ulug‘ bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan #Navoiy_583 va #Kutubxona_va_Navoiy xeshtegi ostida ulug‘ bobomiz g‘azallarida qayd etilgan Navoiy lug‘atidan o‘rin olgan so‘zlarning sharhi bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

➡️ Navbatdagi so‘zimizni...

👆Yuqoridagi rasm orqali bilib olishingiz mumkin.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#top_10

👤 Dispetcherlik xizmati va adabiyotlarni berish kafedralarida foydalanuvchilar tomonidan 2024-yil mart oyida eng ko‘p buyurtma berilgan adabiyotlar top 10 taligi bilan tanishing:
1.  Mirzakalon Ismoiliy “Farg‘ona tong otguncha ”
2.  Jeyms Klir “Atom odatlar”
3.  Jek London “Martin Iden”
4.  Ahmad Lutfiy Qozonchi “Saodat asri qissalari”
5.  Robin Sharma “O‘lsang kim yig‘laydi?”
6.  Deniel Kiz “Eljernonga atalgan gullar”
7.  Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Baxtiyor oila”
8.  Javlon Jovliyev “Qo‘rqma”
9.  Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A.Robinson “Mamlakatlar tanazzuli sabablari”
10.   Lev Tolstoy “Iqrornoma”

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Kun_hikmati

Aziz kitobxonlar, biz sizlarga buyuk shaxslar tomonidan qayd etilgan hikmatli fikrlardan berib borishda davom etamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi Toshkent qanday bo‘ladi?

Yangi Toshkentda, yangi MILLIY KUTUBXONA ham bo‘ladi!

Manba: Prezident matbuot xizmati

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Qoshğariy_Devonu_luğotit_turk

📔 Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni #Qoshğariy_Devonu_luğotit_turk rukni ostida kutubxona kitob javonlaridan o‘rin olgan Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan ma’lumotlar bilan tanishtirib boramiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari 2024-yil 4-aprel kuni M.I.Rudomino nomidagi Rossiya davlat xorijiy adabiyotlar kutubxonasi va “Rus mutolaa assosiasiyasi” Mintaqalararo jamoat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Mutolaa va ta'lim va madaniyatda savodxonlik” VIII Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdilar.

🎤 Mazkur anjumanda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi o‘qish zallari xizmati yetakchi mutaxassisi O‘ktamova Shahlo ham onlayn tarzda ishtirok etib, “Kitobxon va mutolaaning kutubxona faoliyati in'ikosi sifatida” deb nomlangan ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. O‘z ma'ruzasida u mavzuga doir nazariy ma'lumotlarni tahlil qilish barobarida kutubxonada ushbu jarayonning shaxsiy rivojlanish va ta'limga ta'sirini o‘rganish borasida olib borilayotgan tadbirlar haqida ham ma'lumot berdi.

📱
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
2024/09/24 15:22:19
Back to Top
HTML Embed Code: