Telegram Web Link
#Sandiqdan_sadaf

📝 Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni #Sandiqdan_sadaf xeshtegi ostida kutubxona kitob javonlaridan o‘rin olgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ona tilimizda uchraydigan jozibador so‘zlarning sharhi bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Yoshlar_ijodi

***


Mendan ketdi, yuragimni tildi u,
Bilib bilmay bevafolik qildi u,
O‘yin qilib yurgan ekan sevmasdan,
Eh ustimdan qotib qotib kuldi u.

Sevganimga endi afsus tortaman,
Kuyganimni bir onamga aytaman,
Bilmadinga sen deb shuncha yongandim,
Uzr gulim men ortimga qaytaman.

Soyang qoldi biz ko‘rishgan yo‘llarda,
Afsus endi sen begona qo‘llarda,
Nega oson tark etasan qalbimni,
Soxta mehring sabab qoldim cho‘llarda.

Malikasi bo‘lgan eding qalbimni,
Mana endi kimga aytay dardimni,
Buni senga so‘ngi bora aytaman.
Hali juda sezgaydirsan qadrimni.

Chin sevgimni tushunmagan eh dildor,
Bilib qo‘ygin senga aytar gapim bor,
Senga faqat baxtni ravo ko‘rguvchi,
Shahzodbekdek bo‘lolmaydi hech bir yor.


✍️ Shahzodbek Hamidov

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
29%
Hurjun
71%
Xurjun
#Navoiy_583
#Kutubxona_va_Navoiy

Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni ulug‘ bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan #Navoiy_583 va #Kutubxona_va_Navoiy xeshtegi ostida ulug‘ bobomiz g‘azallarida qayd etilgan Navoiy lug‘atidan o‘rin olgan so‘zlarning sharhi bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

➡️ Navbatdagi so‘zimizni...

👆Yuqoridagi rasm orqali bilib olishingiz mumkin.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#Bu_qiziq

🌸 NAVRO‘Z (fors. - yangi kun) shamsiya (quyosh) yil hisobida yilning birinchi kuni (q. Kalendar);
📌 O‘rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida yashovchi xalqlarning qadimiy an’anaviy bayrami. Bahorgi teng kunlikka (21 yoki 22 mart), ya’ni Quyoshning Hamal burjiga kirishiga to‘g‘ri keladi. Navro‘z bayramida ommaviy xalq sayillari uyushtirilgan, yangi ungan ko‘katlardan tansiq taomlar pishirilgan, ba’zi ekinlarni ekish boshlangan. Dastlab, Navro‘z bayramini o‘tkazish o‘troq dehqonlarda rasm bo‘lgan, so‘ng ular orqali yarim o‘troq va ko‘chmanchi turkiy xalqlarning ham urf-odatlariga aylangan.
📜 Tarixiy manbalarga ko‘ra, Navro‘zni bayram qilish axomaniylar davridan boshlangan va O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston xalqlarida eng katta bayramlardan biri hisoblangan. O‘rta Osiyo va Eron xalqlari arab xalifaligi hukmronligidan qutulgan davr (9-10-а.)dan boshlab, Navro‘z bayramini o‘tkazish rasmiy tus olgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jadidlar

🎧 Jadidlar yetishmayapti, jadidlar


✍️ Iqbol MIRZO she’ri;
🎶 Sharofiddin MURODOV musiqasi;
🎤 Toshkent viloyati filarmoniyasi xonandalari ijro etishdi.

📌 Manba: @Iqbol_Mirzo_ijodi

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
E’ L O N
 
21-mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Qaroriga asosan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida
2024-yil 20-mart kuni foydalanuvchilarga soat 20:00 ga qadar xizmat ko‘rsatiladi;
21, 22, 23, 24-mart kunlari foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.

Ma’muriyat
 
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
2024/09/24 13:23:19
Back to Top
HTML Embed Code: