Telegram Web Link
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida I.Krilov ijodiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi

📚 2024-yil 13-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida rus masalnavisi Ivan Andreevich Krilov tavalludining 255 yilligiga bag‘ishlangan “Basnopises na vse vremena” (Hamisha dolzarb masalnavis) deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi.
- U 1816-yildan Imperator jamoatchilik kutubxonasida kutubxonachi sifatida faoliyat yuritadi.
- U “Zritel'” (Tomoshabin) jurnalini nashr etib, teatr uchun komediyalar yozar edi.
Haqiqiy mashhurlikni unga yozgan masallari keltirdi.
- Uning 23 masaldan iborat ilk nashri 1809-yilda paydo bo‘ldi.
- 1843-yilda chop etilgan kitobi 197 masaldan iborat edi.
- I. Krilov jami 205 masal yozgan. Ular dunyoning 60ta tiliga tarjima qilingan.
Uning mashhur Ninachi va Chumoli haqidagi qayg‘uli, lekin ibratli, ayyor Tulki va sodda Qarg‘a haqidagi kulgili masallari barchaga tanish.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Kichik_hikoya

O‘zingizga ishoning!


📖 Darsda o‘qituvchi “Kim bo‘lsam ekan?” mavzusida bolalarga insho beribdi. Bir bola faqat sinfda emas, butun maktab bo‘yicha eng kambag‘al oiladan edi. U bola yetti betli insho yozibdi. Yonida ilova chizmasi ham bor – yilqichilikka mo‘ljallangan kattakon ferma. Insho “0” baho bilan egasiga qaytdi. Bola hayron bo‘libdi. Dars tugagach, nega bunday baho qo‘yganini so‘rabdi. “Sen o‘ylayotgan ferma uchun katta mablag‘ kerak. Oldin yer sotib olish zarur… Inshoni boshqatdan yoz” - debdi. Bola xafa bo‘lib uyiga qaytib uzoq o‘ylanib o‘tiribdi. Ertasiga esa yozganlarini eski holatda o‘qituvchisiga olib borib: “Siz bahongizni o‘zgartirmang, men esa orzularimni…” - debdi.
“Yillar o‘tibdi. Endi nafaqaga chiqqan o‘qituvchi kattakon yilqichilik fermasiga ko‘zi tushib  hayratlangancha qarab turarkan, bir paytlar orzulari uchun “0” baho olgan sobiq o‘quvchisi hashamatli uydan chiqib kelibdi.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Navoiy_583
#Kutubxona_va_Navoiy

Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni ulug‘ bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan #Navoiy_583 va #Kutubxona_va_Navoiy xeshtegi ostida ulug‘ bobomiz g‘azallarida qayd etilgan Navoiy lug‘atidan o‘rin olgan so‘zlarning sharhi bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

➡️ Navbatdagi so‘zimizni...

👆Yuqoridagi rasm orqali bilib olishingiz mumkin.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Kichik_hikoya

Eng qisqa film

📖 "Dunyoning eng yaxshi 10 daqiqalik filmi" unvonini olgan qisqa metrajli filmni ko‘rish uchun kinoteatrga odamlar yig‘ildi. Film boshlandi hamki katta ekranda uyning oppoq shiftidan boshqa hech nima ko‘rinmasdi. To‘rtinchi daqiqada ham shu ahvol, beshinchida ham.

Sakkizinchi daqiqada ham shiftdan boshqa hech narsa yo‘q edi, odamlar betoqatlana boshladi, ba’zilari kinoteatrni tark etdi, ba’zilari ketgan vaqtiga achindi. To‘qqizinchi daqiqada ekranda hastalik tufayli bir umr falajlikka mahkum bo‘lgan bola va uning yotog‘i ko‘rindi.

Ekrandagi yozuv: "Bu bolakay yana necha yillarni shu zaylda davom ettiradi, siz esa 8 daqiqa chidolmadingiz... "


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bobur_541

Davlat uchun ko‘ngulni zor etma,
Izzat uchun o‘zungni xor etma.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Navoiy_583
#Kutubxona_va_Navoiy
#Navoiy_javonlarda

Mir Alisher Navoiy o‘zbek tilining asoschisi sifatida boy she’riy va ilmiy meros qoldirgan bo‘lib, o‘zbek adabiyotini jahonda yuksaklikka ko‘tardi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida Mir Alisher Navoiyning 300 dan ziyod adabiyotlari saqlanadi. Jahonning turli tillarga (nemis, ingiliz, rus, fransuz, xitoy, turk, ozorbayjon) tarjima qilingan 10 dan ziyod asarlari Milliy kutubxonaning “Jahon” zalida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Qo‘lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega nashrlar xizmati fondida Alisher Navoiy asarlarining 18 nomdagi qo‘lyozma va toshbosma kitoblari hamda 50 dan ortiq turli davr va mintaqalarda chop etilgan nashrlari saqlanadi.
Navoiy asarlarini navoishunos, tilshunos, adabiyotshunos olimlar o‘zbek va lotin yozuvlarida hozirgi zamon kitobxonlari tushuna oladigan qilib, mahorat bilan mazmuni ochib berganlar. Mazkur xeshteg ostida sizga Navoiy asarlarining kutubxona fondida saqlanayotgan ayrim nashrlarini havola etib boramiz.
#Navoiy_583
#Kutubxona_va_Navoiy
#Navoiy_javonlarda

“Hayrat ul-abror” dostoni “Xamsa”ning birinchi dostoni bo‘lib, ushbu falsafiy ruhdagi asarda muallifning hayoti hamda insoniyat, davr va zamonlar, mashhur tarixiy shaxslar, saltanatlar va vorislik, komil insonlar to‘g‘risidagi qarashlar o‘z ifodasini topgan.

Hayrat ul-abror [Matn] / Alisher Navoiy ; nashrga tayyorlovchi va mas'ul muharrir V. Rahmonov. — Toshkent : G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020. — 384 b. — 5000 nusxa.
ISBN 978-9943-6106-4-4


Bu kitob bilan siz quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://www.natlib.uz/search/media/img/CAT000003582752?metsno=000000075187&fileid=M000000075187_FILE000002

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Navoiy_583
#Kutubxona_va_Navoiy
#Navoiy_javonlarda

“Farxod va Shirin” haqiqiy sevgi-muhabbat, vafo va sadoqat, do‘stlik va insonparvarlik g‘oyalari qatorida, kasb-hunar o‘rganishning foydalari, shohlar va ularning saltanatlari, shohlik tartib-qoidalari haqidagi keng qamrovli, ibratli rivoyatlarga boy dostondir.

Farhod va Shirin [Matn] : doston / Alisher Navoiy. — Toshkent : G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020. — 528 b. — 5000 nusxa.
ISBN 978-9943-6106-0-6


Bu kitob bilan siz quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://www.natlib.uz/search/media/img/CAT000003582761?metsno=000000075729&fileid=M000000075729_FILE000002

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Navoiy_583
#Kutubxona_va_Navoiy
#Navoiy_javonlarda

“Layli va Majnun” dostoni shunchaki sevgi haqidagi asar emas, balki insonning insonga bo‘lgan muhabbati haqidagi muhtasham obidadir. Pokiza va samimiy muhabbat dostoni.

Layli va Majnun [Matn] : doston / Alisher Navoiy ; nаshrga tayyorlovchi va mas'ul muharrir V. Rahmonov. — Toshkent : G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2020. — 344 b. — 5000 nusxa.
ISBN 978-9943-6105-9-0 (muqovada)
.

Bu kitob bilan siz quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://www.natlib.uz/search/media/img/CAT000003582770?metsno=000000075188&fileid=M000000075188_FILE000002

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Navoiy_583
#Kutubxona_va_Navoiy
#Navoiy_javonlarda

Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” sarguzasht dostonida ham shoirning adolati shoh haqidagi qarashlari, haqiqiy muhabbat va insoniylik g‘oyalari tarranum etilgan.

Sab'ai sayyor [Matn] : doston / A. Navoiy ; nashrga tayyorlovchi va mas'ul muharrir V. Rahmonov. — Toshkent : G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2020. — 404 b. — 5000 nusxa.
ISBN 978-9943-6106-5-1 (muqovada).


Bu kitob bilan siz quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://www.natlib.uz/search/media/img/CAT000003582777?metsno=000000075189&fileid=M000000075189_FILE000002

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Navoiy_583
#Kutubxona_va_Navoiy
#Navoiy_javonlarda

Asarda Iskandarning nabiy, hakim va haqiqiy ma’nodagi malik- “adolatli shoh” ekanligini takidlagan. Uning hikmat egasi ham bo‘lganligi asarning badiiy ko‘lami kengligini ta’minlagan. Navoiy uni ideal obraz sifatida talqin etgan.

Saddi Iskandariy [Matn] : doston / Alisher Navoiy ; nashrga tayyorlovchi va mas'ul muharrir V. Rahmonov. — Toshkent : G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2020. — 640 b. — 5000 nusxa.
ISBN 978-9943-6106-0-8 (muqovada).


Bu kitob bilan siz quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://www.natlib.uz/search/media/img/CAT000003582763?metsno=000000075147&fileid=M000000075147_FILE000002

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Navoiy_583
#Kutubxona_va_Navoiy
#Navoiy_javonlarda

Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasida bir qator tarixiy-badiiy obrazlar, timsollar muayyan darajada tahlil etilgan. 770 nafar shayxlar, orif insonlar haqida fiqralar bitilgan.

Насойим ул-муҳаббат [Матн] : ҳикоятлар ва ҳидоятлар / Алишер Навоий ; Олимжон Давлатовнинг насрий баёни. — иккинчи нашри. — Тошкент : O'zbekiston, 2018. — 232 б. — 5000 нусха.
ISBN 978-9943-28-082-3 (муқовада).


Bu kitob bilan siz quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://www.natlib.uz/search/media/img/CAT000003571634?metsno=000000085252&fileid=M000000085252_FILE000002


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
2024/09/25 11:21:20
Back to Top
HTML Embed Code: