Telegram Web Link
​​#Kun_tarixi

📅 Bugun, 9-fevral - So‘z mulkining sultoni, mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

🔹 Alisher Navoiy (9-fevral 1441-yildan 3-yanvar 1501-yilgacha umr koʻrgan) — oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi. Gʻarbda Chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi. Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469-yilda) mansabiga, vazirlik (1472-yilda) va Astrobod hokimligi (1487-yilda)ga tayinlanadi. 1480–1500-yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga "Muqarrabi hazrati sultoniy" ("Sulton hazratlarining eng yaqin kishisi") degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.

📚 "Lison ut-tayr"(1499 y.), "Tarixi mulki ajam"(1488 y.), "Muhokamat ul-lug‘atayn"(1499 y.), “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”(1489 yildan so‘ng), "Xamsat ul-mutahayyirin"(1492 y.), "Holoti Pahlavon Muhammad"(1493 yildan so‘ng), "Xazoyin ul-maoniy"(1498 y.), “Tarixi anbiyo va hukamo”(1485 yildan so‘ng), “Majolis un-nafois”(1491—1492, 1498-1499 y.), “Mahbub ul–qulub” (1500 y.)
📗 Navoiy ijodining yuksak cho‘qqisi
"Xamsa"(1483-1485 yy.) dostoni hisoblanadi.

📖 @natlibuz
#Muvaffaqiyat_sirlari

📘 Noldan birga, Piter Til

Kitob keng doiradagi o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazma

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada
-bobokalonimiz Alisher Navoiyning O‘zbekiston Milliy kutubxonasida saqlanayotgan asarlari taqdim etilgan.
-Alisher Navoiy asarlariga sharhlar, uning hayoti va ijodiy faoliyatiga, uning falsafiy fikrlariga oid turli yillarda chop etilgan ilmiy kitoblar namoyish etilmoqda.
-dunyo tillariga tarjima qilingan Alisher Navoiyning tanlangan asarlari, g‘azallari, ruboiylari, o‘z asarlari izohi, ijtimoiy-falsafiy va axloqiy g‘oyalarga yo‘g‘rilgan xikmatlari va turli aforizm, maqol va matallari taqdim etilgan.
-Oybek, Maqsud Shayxzoda va boshqa shoirlar tomonidan turli davrlarda Alisher Navoiy haqida yozilgan asarlar o‘rin olgan.
-Foydalanuvchilar kutubxona kitob fondida mavjud Alisher Navoiy hayoti va ijodiga oid adabiyotlar bilan tanishadilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Менделеев – учёный и химик" deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi

2024-yil 8-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ilm” o‘quv zalida rus ensiklopedik olimi, kimyogar, fizik, metrolog, iqtisodchi, texnolog, geolog, meteorolog, neftchi, o‘qituvchi Dmitriy Ivanovich Mendeleev tavalludining 190 yilligiga bag‘ishlangan "Менделеев – учёный и химик" (Mendeleev-buyuk olim va kimyogar) deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
-Ko‘rgazmada rus olimi D.Mendeleevning hayoti, uning ilmiy yo‘li haqidagi maqolalar taqdim etilgan.
-Kimyogar sifatida uning asosiy va eng mashhur kashfiyoti - kimyoviy elementlarning davriy jadvali.
-Ko‘rgazmada uning nafaqat kimyo, balki fizika, metrologiya, aeronavtika, navigasiya, iqtisodiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi, pedagogika sohasidagi asarlari ro‘yxatini topishingiz mumkin.
-Uning ilmiy faoliyati nihoyatda keng va ko‘p qirrali.
-Hayoti davomida u turli sohalarga oid 1,5 mingdan ortiq asarlarni nashr etdi.
2024/09/27 13:22:32
Back to Top
HTML Embed Code: